Aniqlik uchun savdo rentabelligini hisoblash formulasini ko'rib chiqing:
Savdo rentabelligi \u003d sof foyda / savdo x 100%.
Savdo rentabelligi \u003d operatsion daromad / daromad x 100%.
Savdo rentabelligini yaxshiroq tushunish uchun siz quyidagi faktlardan xabardor bo'lishingiz kerak: 1. Savdo rentabelligi asosiy mahsulotlarni real sotuvini ko'rishga imkon beradi. Bundan tashqari, tovarlarni sotishning umumiy sxemasida xarajatlarning ulushi taxmin qilinadi.
2. Savdo rentabelligi narx siyosati va korxonaning xarajatlarini nazorat qilishga yordam beradi. Turli kompaniyalar turli xil strategiyalar va usullardan foydalanadilar, shuning uchun ularning rentabellik koeffitsientlari sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ammo, agar kompaniyalar bir xil daromadga, operatsion daromadga va soliqqa tortilgan daromadga ega bo'lsalar ham, ularning sotish rentabelligi farq qiladi.
3. Savdo rentabelligi yordamida uzoq muddatli investitsiyalarning rejalashtirilgan samarasini ko'rish mumkin emas. Agar kompaniya texnologik tizimni o'zgartirish yoki innovatsion uskunalarni sotib olishni rejalashtirsa, rentabellik darajasi biroz pasayishi mumkin. Ammo, agar siz zamonaviy modernizatsiya strategiyasini tanlasangiz, uning ishlashi tezda tiklanadi va hatto o'sib boradi.
Xulosa. Bozor xo'jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo'lgan va o'ziga qarashli bo'lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo'jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi. Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Mulk shakli bo'yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi: yakka mulk
egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari, xususiy firmalar); hamkorlikdagi mulk egaligi (xo'jalik shirkatlari (to'liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo'jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.); korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).
Yakka mulk egaligi o'z manfaatlari yo'lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli bo'lib, bo'linmasdir.
Hamkorlik biznesni tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar firma tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular firmani ta'sis etish jarayonida o'zlarining moliyaviy mablag'larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog'liq tadbirkorlik xatari hamda foyda yoki zararlarni o'zaro taqsimlaydilar.
Korporasiya biznesni mulk egalaridan aajratilgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar va korporasiya faoliyati bilan bog'liq zarar uchun o'zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar. Korporasiya uning mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi.