23
23
Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiy ijod bilan mashg`ul
bo`ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o`sha davrda Samarqand eng go`zal shahar edi. Ispan
sayehi R.G.Klavixo Samarqandning go`zalligiga qoyil qolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va
tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning
kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va
tasavvufga katta e`tibor berildi.
Usha zamonning eng mashxur tarixchilari
Mirxond (1433-1498) va Xondamir (1475-1535)
edilar. Mirxond Hirotda tavvalud topib, shu erda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jildan iborat
bo`lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai hollari haqida poklik bog`lari» deb ataladi. U olti
jildini ezib vafot etadi, ettinchisini nabirasi Xondamir ezib tugatadi.
Xondamir ham Hirotda tug`ilib, eshligidan tarixnavislikka havas qo`yadi. U Agrada vafot etadi.
Uning muhim risolalari «Makorim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo`llanma» va
boshqalardir. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri
Sa`diddin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso
viloyatiga qarashli Taftazon qishlog`ida dunega keladi. eshligidan ilohiet fanlari, arab tili, nutq san`ati
va mantiq bilan shug`ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom,
“ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va .rta Sharq
mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samarqandga kelib, shu erda umrining
oxirigacha yashadi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom»
(«Mantiq va kalomga sayqal berish») «Muxtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «Qisqacha ma`nolar»),
«Al-irshod al-hodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo`l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid at-
tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o`tmish
olimlarining juda ko`p asarlariga sharhlar ham bitgan.
.sha davrning yana bir atoqli allomasi
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida
tug`ilgan. Jurjoniy Istambul, Qohira, Hirot, Sheroz shaharlarida bo`lib, ulardagi olimlardan ilm
sirlarini o`rganadi. qeiu yildan boshlab Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiet, fiqh va
adabiet, munozara ilmi va boshqalardan dars beradi.
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo`lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh falsafa va
tabiatshunoslikning muhim muammolariga bag`ishlangan. Olimning «Atta`rifot» («Ta`riflar»), «Odob
ul-munozara» («Munozara olib borishining qoidalari haqida risola»), «Sug`ro» («Kichik dalil bo`la
oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo`la oladigan hukm), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o`rta
xulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari,
Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chag`miniy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar
ezganligi ma`lum.
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantiq ilmi sohasida ham o`z fikrlarini baen qilgan. Uzining
qarashlarida mantiq ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaqtda uning huquq va til bilan ham
chambarchas bog`liq ekanligini isbotlab beradi. Shuning uchun ham, XIV-XV asrdan boshlab islom
madrasalarida mantiq ilmini o`qitish huquq va tilshunoslik fanlari bilan bog`liq holda olib borildi.
Jahon ilm-fani taraqqietiga katta ulush qo`shgan buyuk falakietchi olim va davlat arbobi
Do'stlaringiz bilan baham: