Filosofiya uzb



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

 
Ayniyat qonuni 
 
Biror  buyum  yoki  hodisa  haqida  fikr  yuritilganda  ularga  xos  bulgan  barcha  muhim  belgilar, 
tomonlar  qamrab  olinadi.  Predmet  haqidagi  fikr  necha  marta  va  qanday  holatlarda  takrorlanishiga 
qaramasdan  doimiy,  uzgarmas  va  qat`iy  mazmunga  ega  buladi.  Tafakkurga  xos  bulgan  bu  aniqlik 
xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi. 
Ayniyat qonuniga kura ma`lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir 
muhokama doirasida ayni bir vaqtda uz-uziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida « A-A dir» 
formulasi bilan ifodalanadi. 
Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya`ni mulohazalar mantig`i va predikatlar mantig`ida uziga 
xos kurinishda ifodalanadi: 
Mulohazalar  mantig`ida  a 

  a  va  a 

  a.  (Bunda  a  -  har  qanday  fikrni  ifodalovchi  belgi, 

 
implikatsiya belgisi, 

 ekvivalentlik belgisi). 
Predikatlar mantig`ida (

x(R(x)

R(x)). Bu ifoda quyidagicha uqiladi: har qanday  X uchun, agar 
X R belgiga ega bulsa, X shu belgiga ega, degan fikr tug`ri buladi. 
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va 
aksincha, uzaro aynan bulgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakkurning 
muhim  shartlaridan  biridir.  Fikrlash  jarayonida  bu  qonunni,  bilib  yoki  bilmasdan,  buzish  qolatlari 
uchraydi.  Ba`zan,  bu  holat  bir  fikrning  tilda  turli  xil  ifodalanishi  bilan  bog`liq  buladi.  Masalan: 
«dialektika  qonunlari»  va  «tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkurining  eng  umumiy  qonunlari» 
tushunchalari shakliga kura turlicha bulsa ham mazmunan aynandir. 
Tilda  mavjud  bulgan  omonim  va  sinonim  suzlarning  qullanishi  ham  ba`zan  turli  fikrlarning  uzaro 
aynanlashtirilishiga, ya`ni notug`ri muhokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy nuqtai nazardan «sifat» 
tushunchasi,  uziga  xos  mazmunga  ega  bulsa,  biror  hunarmand  tomonidan  bu  tushuncha,  boshqa 
mazmunda (yaroqli, foydali) qullaniladi. 
Shuningdek  u,  bir  tushunchaga  kasb-hunari,  hayotiy  tajribasi  va  dunyoqarashi  turli  xil  bulgan 
shaxslar tomonidan turli mazmun yuklatilishida ham namoyon buladi. 
Bahs-munozara  jarayonida  qanday  qilib  bulsa  ham  raqibni  aldash  va  yutib  chiqish  maqsadida 
ayniyat qonunining talablarini ataylab buzuvchilar sofistlar deb ataladi; ularning ta`limoti esa sofistika 
deyiladi. 
Ba`zan  turli  ma`nodagi  bir  xil  suzlarni  mohirlik  bilan  ishlatish  orqali  ajoyib  she`riy  misralar 
yaratiladi. Sharq adabiyotida «tuyuq» nomi bilan ma`lum bulgan bu she`riy misralar guzalligi, insonga 
uziga  xos  zavq  berishi  bilan  ajralib  turadi.  Bunga  Fozil  Yuldosh  ug`lining  quyidagi  misralari  misol 
bula oladi: 
Kulingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot, 
Nasihatim yod qilib ol farzandim, 
Yolg`iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. 
Yuqoridagi  turtlikda  «ot»  tushunchasining  turli  ma`nolarda  qullanilishi,  ayniyat  qonuni  talabining 
buzilishini emas, balki unga rioya qilinganligini ifodalaydi. 
Shuningdek,  uzbek  xalqiga  xos  bulgan  askiya  san`atida  ayniyat  qonunlari  ataylab  buzilishini, 
tushunchalarning  uz  ma`nosida  emas,  balki  kuchma  ma`nolarda  qullanilishini  kuzatish  mumkin.  Bu 
uziga  xos  suz  uyini  bulib,  unda  qullaniladigan  nozik  qochirimlar  askiya  aytuvchining  mahoratini 
kursatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab buladi. 
Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma`nolarda qullanilishidan g`arazli yoki beg`araz, 
yaxshi yoki yomon maqsadlar uchun foydalanish mumkinligini kuramiz. 


 
 
78
78
Ayniyat  qonuni  predmet  va  hodisalarning  nisbiy 
barqarorligini 
ifoda 
etgan 
holda, 
tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning uzgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu 
qonun fikrning mazmuni predmet va hodisalarni tularoq bilib borishimiz bilan uzgarishini e`tirof etadi 
va uni hisobga olishni taqozo qiladi. 
Ayniyat  qonuni  tafakkurga,  uning  barcha  elementlari,  shakllariga  xos  bulgan  umumiy  mantiqiy 
qonundir.  Bu  qonunning  talablari  tafakkurning  har  bir  shakliga  xos  bulgan  konkret  qoidalarda  aniq 
ifodalanadi.  Tafakkurning  tushuncha,  mulohaza  (hukm),  xulosa  chiqarish  shakllari,  ular  urtasidagi 
munosabatlar shu qonunga asoslangan holda amalga oshadi. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish