16- mavzu Falsafiy antropologiya
Reja
1. Inson falsafa nuqtai nazaridan
2. Falsafiy antropoloogiyaning paydo bulishi va rivojlanishi
3. Sharq falsafasida inson muammosi
Antropologiya inson mohiyati, uning tabiat va jamiyatdagi o`rnini, o`ziga xos xususiyatlarini
o`rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to`laroq ochish uchun «men», «ong»,
«shaxs», «ruh» tushunchalari qo`llanadi. «Men» - insoning o`zligini tashqi olamdan, real borliqdan
farqlashdir.
Insonning ma`naviy ehtiejlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy
mavjudot sifatida qarash ham bireqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini
to`g`ri tushunishga xalaqit berishi mumkin.
Antropologiya insonning ma`naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish
mumkin, degan g`oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta`rifiga ko`ra, ma`naviyat (ruh) insonni axloqan
poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak
ma`naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g`oya va mafkura muhim
o`rin tutadi. Bozor munosabatlariga o`tish davrida mujudga kelgan muammo va vazifalar yangi
barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov
asarlarida asoslab berilgan.
Bozor iqtisodieti inson ehtiejlarini to`laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada
kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir:
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o`zgarganligi~
- mehnatga yangicha munosabatni rag`batlantirishga erdam beruvchi omillar~
- o`z qobiliyati, qiziqtirishlariga mos bo`lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining
yaratilganligi~
- shaxs tadbirkorligi va ish bilarmonligining qo`llab-quvvatlanishi~
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi~
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi~
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi~
- demokratik qadriyatlar rivoji~
- ma`naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi
kabilardir.
Ular shaxsning moddiy va ma`naviy ehtiejlarini qondirishda, uning komil inson sifatida
rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirishlaetgan barcha islohotlar
inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ruebga chiqishini ta`minlashga, uning barkamol sifatlar kasb
etishiga qaratilgandir.
Insonning jamiyatdagi o`rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o`z oldiga qo`ydagilarni
maqsad va vazifa qilib qo`yadi:
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo`yish~
- inson uchun baxtli haet sharoitlarini yaratish~
- insonning o`zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog`lom avlodlar
uzluksizligini ta`minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e`tiqodi butun
bo`lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |