Filosofiya uzb


-mavzu  Yangi dav va  marifatparvarlik  falsafasi



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

 
8-mavzu  Yangi dav va  marifatparvarlik  falsafasi  
Reja: 
1. Yangi davr falsafasining mohiyati va mazmuni 
2. F.Bekonning  emperizm taliymotining asoschisi  
3. T.Gobbsning ijtimoiy siesiy qarashlari 
4. Marifatparvarlik falsafasi  
 
Ingliz falsafasi. .sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F.Bekon (1561-1626) yuqoridagi 
masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dune, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda keng bo`lgani 
holda  insonlarning  ma`naviy  dunesini  eski  chegaralar  bilan  o`rab  qo`yilishi  sharmandalikdan  boshqa 
narsa  emas»  («Yangi  Organon  kitobi»).  Bekon  ingliz  falsafasining  o`rta  asrlardagi  taraqqietiga  eng 
katta  hissa  qo`shgan  olimlardan  biridir.  Uning  ta`limoticha,  fanning  yangi  binosini  qo`rish  uchun, 
tug`ri  fikrlashga  o`rganish  kerak.  Bekon  ta`limoticha,  tabiatni  bilishda  bir  necha  «idollar»  insonga 
halaqit  beradi.  Ular  inson  aqlini  urab  tashlaydi.  Ular  asosan  to`rtta.  Birinchisi  urug`  idollari,  bular 
inson  zotiga,  butun  odamlarga  xosdir.  Masalan,  Bekon  shunday  deydi:  «insonning  aqli  qiyshiq 
ko`zguga  o`xshaydi.  U  narsalarning  tabiati  bilan  o`z  tabiatini  aralashtirib  yuborib  narsalarni  qiyshiq, 
buzuq  ko`rsatadi.  Ikkinchisi,  g`or  idollari.  Bu  har  bir  odamning  o`z  spetsifik  xususiyatlari  natijasida 
yanglishishi.  Ular  fikrlash  ufqining  cheklanishidan  tug`iladi.  Bu  narsa  hamma  narsani  o`z  nuqtai-
nazari  bilan  ifodalash,  o`zinnig  tor  doirasi  bilan  o`lchash  natijasida  vujudga  keladi.  Uchinchisi, 
maydon  idollari,  bo`lib,  u  ma`lum  bo`lgan  tasavvurlarga  tayanish  odati,  noto`g`ri  eki  noaniq 
termonologiyalarga  tanqidiy  endoshmaslik  oqibatida  vujudga  keladi.  Bu  masalaga  Bekon  juda  ham 
katta  ahamiyat  beradi.  Masalan  ,  u  shuni  ta`kidlaydiki,  real  borliqni  ifodalamaydigan  eki  uni  noaniq, 
mavhum  ifodalaydigan  so`zlar  soxta  tushunchalarni  tug`ridaki,  ular  tafakkurga  teskari  ta`sir  qiladi. 
To`rtinchisi,  teatr  idollari:  ular  avtoritetlar  fikriga  ko`r-ko`rona  ergashib  qadimgilarning  falsafiy 
sistemalarini davom ettiraveradilar. 
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metologik ahamiyatga 
egadir. Bekon bilish nazariyasining birinchi bosqichi esa tajribadir, ikkinchi bosqichi aqldir. U tajriba 
ma`lumotlarini  ratsional  qayta  ishlaydi  va  umumlashtiradi.  Bekon  ta`limoticha,  olim  chumoliga 
o`xshab  faqat  yig`ish  va  yig`ilganlar  bilan  kifoyalanmasligi  kerak,  o`rgimchakka  o`xshab  haetdan 
ajrab,  faqat  o`zining  shaxsiy  aqli  bilan  o`zining  makrli  falsafasini  to`qimasligi  kerak.  Bekon 
ta`limoticha, olim asarlariga o`xshab gullardan olib keyin ularni asalga aylantirishi lozim. 
Bekon  o`zining  ijtimoiy-siesiy  qarashlari  bo`yicha  kuchli  markazlashgan  davlat  tarafdori 
bo`lgan. Jamiyat haetida asosiy rolni Bekon fikricha san`at va savdo rivojlanishi o`ynaydi. 
Uning  ta`limotini  Tomas  Gobbs  (1588-1679)  takomillashtirgan  va  rivojlantirgan.  Gobbs 
modidiylikni asosiy substantsiya deb hisoblagan, materiyaning abadiyligi, harakatning esa mexanistik 
tarzda  amalga  oshishining  tarafdori  bo`lgan  olimdir.  U  matematik  sifatida  borliqning  namoen 
bo`lishini  geometriya fani nuqtai nazaridan tushunturgan. Bilish nazariyasida Gobbs ko`proq empirik 
jihatlarga  o`z  e`tiborini  qaratgan,  sezgilarning  bilimlar  hosil  qilish  jaraenidagi  ahamiyatini  tahlil 
qilgan.  Jamiyat  taraqqieti  va  unda  davlatning  o`rni  hamda  kelib  chiqishi  masalasida  Gobbs  ko`proq 
xususiy  mulkchilikka  asoslanadi.  Shu  bilan  birga  uning  fikricha  davlatning  monarxiya  shakli 
maqsadga muvofiq bo`lib hisoblanadi. 
Ingliz  falsafasida  Jon  Lokk  (1632-1704)  qarashlari  alohida  o`rin  tutadi.  U  tajribani  bilishning 
asosiy  manbai  deb  hisoblaydi.  Bunda  ichki  va  tashqi  tajriba  ajratib  ko`rsatiladi.  1690  yilda  Lokk 
tomonidan  ezilgan  «Inson  aqli  haqida  tajriba»  nomli  asarida  R.Dekartning  «tug`ma  g`oyalar» 
tug`risidagi  qarashlariga  qarshi  chiqadi.  Lokkning  fikricha  bilish  tabiat  va  inson  o`rtasidagi 
munosabatlardan  iborat  bo`lib,  haqiqatlar  esa  kishilarning  bu  jaraenda  hosil  qilgan  tushunchalari, 
g`oyalari va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir. 
Ijtimoiy-siesiy  qarashlariga ko`ra  Lokk davlatning o`ziga xos quyidagi tamoyillarini ta`riflaydi: 
1. Hokimiyatnii qonun chiqaruvchi tizimi 2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari~ 3. Ittifoq fedarativ 
hokimiyati. Ana shu tamoyillar uyg`un bo`lganida davlatning faoliyati samarali amalga oshadi. 
Urta  asrlardagi  evropa  falsafasi  taraqqietida  Frantsiyada  shakllangan  milliy  falsafa  maktabi 
nihoyatda katta o`rin tutadi. Bu boroda R.Dekart, Lametri, Gel`tseviy, Didro, Golbax va Russolarning 
qarashlari nihoyatda muhim. 


 
 
30
30
R.Dekart  (1596-1650)  falsafasida  dualizm  asosiy o`rin tutadi. Uning fikricha materiya va ruh 
borliqning  asosida  etadi  va  xudoga  buysunadi.  Olam,  Dekart  fikricha  cheksiz  va  abadiy,  u  inson 
tafakkuriga  bog`liq  bo`lmagan  holda  rivojlanadi  va  takomillashadi.  R.Dekartning  «Men  fikr 
qilayapman,  demak  men  mavjudman»  degan  fikri  faylasuflar  orasida  mashhur  bo`lib  hisoblanadi. 
Bilishda  fikr  va  sezgilarning  ahamiyatini  nihoyatda  ortiqcha  deb  bilgan  R.Dekart  ratsionalizm 
ta`limotining  asoschisi  bo`lib  hisoblanadi.  Uningcha  insonning  fikrlashi  va  mulohaza  qilishi  shubha 
ostiga  olib  bo`lmaydigan  jaraendir,  undan  boshqa  hamma  narsani  tekshirish  shubha  ostiga  olish 
mumkin.  Dekart  o`sha  zamonning  eng  buyuk  matematiklaridan  biri  bo`lib,  o`z  davrida  aniq  fanlar 
sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduktsiya usulini falsafaga kiritgan olim bo`lib hisoblanadi.  
Lametri va Gel`vetsiy, Didro va Golbax o`z davrida frantsuz haetida nihoyatda katta ahamiyatga 
ega  bo`lgan  milliy  davlatchilik,  inson  erkinligi  va  haq-xuquqlari  muammolariga  alohida  e`tibor 
qaratganlar. Frantsuz millatini ma`naviy jihatdan yuksaklikka ko`tarish va ma`rifatli xalqqa aylantirish 
uchun o`z asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning yo`llari va usullarini ko`rsatib berganlar. 
Ular  tomonidan  yaratilgan  ko`p  tomlik  «Entsiklopediya»  o`sha  zamonning  ma`naviy 
muammolarini  ma`rifatli  yo`l  bilan  hal  qilish  usullari  va  imkoniyatlari  ko`rsatib  berilgan    «evropa 
qomusi»  darajasiga  ko`tarilgan  edi.  Bu  kitobni  yaratishda  boshqa  ko`pgina  ma`rifatparvar  frantsuz 
olim  va  mutaxassislarri  ham  qatnashgan  bo`lib,  o`zining  ahamiyati,  muammolarining  umuminsoniy 
nuqtai  nazaridan  echilishi,  xalqchilligi  va  tilining  frantsuz  millati  haet  tarziga  yaqinligi  bilan 
entsiklopediya  XVIII  asr  evropasining  tengi  yo`q  kitobi  edi.  Aynan  ana  shu  kitob  mualliflari 
o`zlarining  boshqa  asarlari  va  faoliyatlari  bilan  quio-qiir  yillardagi  Frantsuz  inqilobi  qabul  qilgan 
«Inson  va  grajdanlar  huquqlar  dekloratsiyasi»da  ilgari  surilgan  umuminsoniy  qadriyatlarni  jamiyat 
taraqqietining eng ustivor ma`naviy mezonlariga aylantirdilar. 
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish