Filosofiya uzb


Tasavvuf va uning tariqatlari



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma`naviy hodisa sifatida islom 
dini doirasida (ko`pgina ichki sabablar va ba`zi tashqi unsurlar - buddaviylik va hindiylikning ilk diniy 
tsavvurlari,  sharqiy  xristian  tarkidunechiligi,  neoplatonizm  kabilarning  ta`siri  ostida)  paydo  bo`ladi. 
Olloh va olamning porlab turishi, fano bo`lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi 
kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini sufiylar, deb 
ataganlar  va  «so`fizm»  atamasi  shundan  paydo  bo`lgan.  Ilk  so`fiylar  aholining  kambag`al  toifasi 
orasida  shakllangan.  Ularning  qarashlari  istilochilar  zulmi,  adolatsizlik,  ijtimoiy  tengsizlikka  qarshi 
norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan. 
Tasavvufning  muhim  jihatlari  yirik  musulmon  ilohietchisi  Abu  Homid  Muhammad  ibn 
Muhammad  al-G`azzoliyning  (1059-1111)  «Diniy  ilmlarning  tiriltirilishi»  asarida  baen  etilgan. 


 
 
20
20
Ollohni  aql  bilan  anglash  mumkin  emasligini  ta`kidlaganlar.  U  faqat  qalb,  maxsus  ruhiy 
harakatlar - iltijo-ibodatlar ko`magida bilib boriladi. 
Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan. 
Kubraviya  tariqatining  asochisi  Najmiddin  Kubrodir  (1154-1226).  Xevada  tug`ilgan,  ezgan 
asarlari  orasida  «Sharhussunna  val-masolih»,  «Usuli  ashara»,  «Favoihul-jamol»  kabilar  mashhurdir. 
Kubraviya  tariqqatining  mohiyati  o`nta  usulda  mujassamlashgan.  Bular  -  tangriga  o`z  xohishi  bilan 
yuzlashish, zuhd fi dune - har qanday lazzatdan o`zini tiyish, tavakkul - Ollohga e`tiqodi pokligi uchun 
barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtier qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr, 
tavajjuh - Haqqda muhabbat qo`yish, sabr - nafs balosidan ozod bo`lish, muroqaba - tafakkurga g`arq 
bo`lish, rizo - tangri xushnudligini qozonishdan iborat. 
Kubro  mo`g`ullar  bilan  bo`lgan  janglarda  jasorat  ko`rsatgan  va  shahid  bo`lgan.  Mug`ullar 
Kubroning  nomi  ulug`ligi,  obro`si  balandligini  hisobga  olib,  unga  ozod  bo`lishi,  omon  qolishi 
mumkinligini,  buning  uchun  esa  qamal  qilingan  qal`adan  chiqib  ketishi  kifoya  ekanini  bildirgan. 
Ammo Kubro bunday jon saqlagandan ko`ra, o`z xalqi bilan birga  yurt himoyasi  yo`lida jon berishni 
afzal  ko`rgan.  Rivoyat  qilishlaricha,  ul  zot  qartayib  qolganiga  qaramay,  jangchilarga  faol  ko`mak 
bergan.  Buni  ko`rgan  shogirdaliridan  biri  «Ustoz,  anchadan  beri  bayroq  ko`tarib  charchadingiz,  uni 
menga  bering»,  deganida,  u  «Agar  kuchim  bulganida  qilich  eki  kamon  olgan  bo`lar  edim.  Bayroqni 
bizga  qo`yingda,  siz  e  qilich  eki  nayza  bilan  eg`iyga  qarshi  kurashing»,  degan  ekan.  U  bayroqni 
shunchalik  mahkam  ushlagan  ekanki,  xalok  bo`lganidan  keyin  qo`lidan  bayroqni  olishning  iloji 
bo`lmaganidan, bir mo`g`ul Kubroning qo`lini kesib olgan ekan. 
Yassaviya  tariqatining  asoschisi  Xoja  Axmad  Yassaviydir  (1166  vafot  etgan).  U  Turkistonnin 
Sayram  muzofotida  tug`ilgan,  mashhur  mutasavvif  Yusuf  Hamadoniyning  (1140  yilda  vafot  etgan) 
ta`lim-tarbiyasi  bilan  voyaga  etgan,  orif  maqomiga  erishgan.  Yassaviy  ustozining  vafotidan  keyin 
muayyan  bir  muddat  uning  maqomiga  turgan,  so`ng  esa  bu  maqomni  Abduholiq  G`ijduvoniyga 
qoldirib,  Yassi  -  Turkiston  shahriga  qaytadi  va  o`z  tariqati,  yo`l-yo`riqlarini  tashviq  etish  bilan 
mashg`ul bo`ladi. 
Yassaviyning  oddiy  xalq  tushunadigan  uslubda  ezilgan,  tassavvufiy  qarashlarini  aks  ettirgan 
hikmatlari devonida o`z  aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga  etishish, uning ishqida parvona 
bo`lish, undan boshqa narsaga ko`ngil qo`ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riezat, chilla, zikrga 
alohida  ahamiyat  berib,  haetining  aksariyatini  chillaxonada  o`tkazgan.  Yassaviy  tariqati  Turkiston 
o`lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shimolda - Qozongacha, G`arbda - Bolqongacha keng tarqalgan. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish