93
93
Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bulim shakli sifatida olib qarash zarur. Chin,
ishonchli bilimlar hosil bulgunga qadar quyilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar
kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bulib, ular turli xil
taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud buladi.
Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xaqidagi bildirgan
fikrlari dastlab gipotetik shaklda bulib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan
hodisalar: qattiq jismning suyuqlikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga
asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. «Jismlar mayda, bulinmas zarrachalardan
tashkil topmaganda bunday hodisalar bulmas edi», degan fikr uzining ma`lum bir mantiqiy kuchiga
ega.
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu ma`noda
u bilimlarning mavjud bulishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Gipotezani qurish, urganilayotgan hodisani tushuntiradigan taxminiy fikrlarni ilgari surishdan
iborat buladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun xarakterli bulgan qonuniyatlar haqidagi hukmlar
(mulohazalar) yoki hukmlar sistemasi tarzida buladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy gap mulohazalar
sistemasini hosil qiluvchi element, deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza) da, odatda, gipotezaning
bosh g`oyasi aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida, atrofida quriladi va ma`lum bir ishchi
gipotezalar-vaqtincha quriladigan, muljalni tug`ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari
surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehtimoliy xulosa chiqarish: analogiya,
tuliqsiz induktsiya, turli kurinishdagi ehtimoliy sillogizmlar-eng kamida bitta qoidasi buzilgan,
asoslaridan biri ehtimoliy hukm bulgan sillogizmlar (shartli, ayiruvchi-qat`iy, shartli ayiruvchi
sillogizmlar shakllarida) hisoblanadi.
Shuningdek, gipoteza ba`zi hollarda qat`iy xulosa chiqarish shakllarida hamda turli xil xulosa
chiqarish usullarining kup qavatli mantiqiy qurilmasi tarzida ham shakllantirilishi mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni tahlil qilish, qayta ishlash, tartibga
keltirish, umumlashtirish, talqin etish natijasida paydo buladi. Ana shuning uchun ham gipoteza-bu har
qanday taxmin emas, balki ma`lum bir darajada asoslangan, uzining muayyan mantiqiy kuchiga ega
mulohaza, farazdir.
Gipoteza qurishning murakkab mantiqiy jarayon ekanligini quyidagi misol tasdiqlaydi. Issiqlik
dvigatellari nazariyasi asoschilaridan biri frantsuz injeneri Sadi Karno birinchi bulib, faqat issiqlikning
qattiqroq qizigan jismdan sovuqroq jismga utishidagina foydali ish vujudga kelishi, va, aksincha,
issiqlikni sovuq jismdan qizdirilgan jismga berish uchun ish sarflanishi zarur, degan fikrni ilgari
surgan. Ayni paytda Karno shu davrda keng tarqalgan, issiqlikning namoyon bulish sababi uning
tarkibida alohida vaznsiz suyuqlik-teplorodning bulishidir, degan fikrga tayanuvchi teplorod
kontseptsiyasini ham tug`ri, deb hisoblagan. Teplorodni suvga, haroratlar (temperaturalar) urtasidagi
farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining pastga tushishida ish suv
og`irligining uning darajalari urtasidagi farqga bulinishi bilan ulchangani kabi, bug` mashinasida ish,
ishchi moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan qat`iy nazar, teplorod miqdorining xaroratlar
(temperaturalar) farqiga bulinishi bilan ulchanadi, degan xulosaga keladi. Bu issiqlik mashinasining
ish hajmining (miqdorining) isitgich va sovutgich xaroratlarining qiymatlariga bog`liqligini anglatardi.
«Karno printsipi» keyinchalik termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos bulgan.
Do'stlaringiz bilan baham: