19
1.2. Oʻzbek adabiyotida ota va farzand masalasi
Barcha musulmon xalqlari kabi oʻzbeklarda ham oilaviy munosabatlar
tizimi, shu jumladan, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlar hamda
farzand tarbiyasi an’analari, asosan, islom e’tiqodi negizida shakllantirilgan.
Islom e’tiqodining asosiy manbalari – Qur’oni karim va hadisi shariflarda
jamiyatda kishilar oʻrtasidagi munosabatlar, oilaviy – maishiy
munosabatlarning shunday murakkab va takomillashgan dasturi ishlab
chiqilgan boʻlib, uning mazmun-mohiyati barkamol insonni tarbiyalashdan
iboratdir. Otalar va bolalar munosabati oʻzbek adabiyotida ham turli koʻrinishlarda
aks etadi.
Demak, bugungi adabiyotda mavjud boʻlgan otalar va bolalar
muammosining ildizlari xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari, qadimgi miflar,
afsona va rivoyatlar hamda mumtoz adabiy merosga borib taqaladi. Shu bilan
birga, adabiy-madaniy aloqalar ta’sirida muammoning badiiy talqiniga jahon
adabiyoti namunalarining ham ta’siri boʻlgan va boʻlaveradi.
Oʻzbek xalq ertaklari orasida ham donishmand otalar, ota niyatini
amalga oshirib, murod-maqsadlariga yetgan oqil farzandlar, ota vasiyatlari,
oʻgit va nasihatlariga amal qilmay rasvoyi olam boʻlgan noshud oʻgʻillar,
otalari bir, lekin boshqa-boshqa onalardan tugʻilgan farzandlarning yoki bir ota,
bir onadan yaralgan zurriyotlarning bir birlariga va oʻz ota-onalariga turlicha
boʻlgan munosabatlari aks etgan ibratli namunalar koʻp uchraydi. Ertaklarda ota-
ona va farzandlar munosabati masalasi yaqqol koʻzga tashlanadi. Koʻpchilik
ertaklarda bosh qahramon xulq-atvorining qanday boʻlishi sababi u qanday
oilada tarbiya koʻrgani bilan izohlash mumkin. Erka-tantiq boʻlib
tarbiyalangan farzandning voyaga yetgach, oʻz ota-onasiga ham pand berishi
yoki taqdiridagi qiyinchilik va kulfatlarga duch kelishi, ota-onaning yuzini
yerga qaratishi, kambagʻal, lekin halol ota-onaning farzandlari ulgʻaygach esa
ularni toʻrga olib chiqishi, orzu-maqsadlariga yetkazishi kabi gʻoyalar ochib
beriladi. Ana shunday oʻzbek xalq ertaklaridan biri “Uch ogʻa-ini botirlar”
13
dir.
13
Ўзбек халқ эртаклари. Зумрад ва Қиммат. – Т.: Ўзбекистон, 1990. – Б. 163-171
20
Bu ertakda ham otaning oʻgʻillariga boʻlgan iliq munosabati, muhabbatini, ham
oʻgʻillarning otaga boʻlgan hurmat va sadoqatini koʻrishimiz mumkin.
Ertakdagi ota oʻgʻillariga shunday nasihat qiladi: “Toʻgʻri boʻlinglar –
bexavotir boʻlasiz, maqtanchoq boʻlmang - xijolat tortmaysiz, dangasa
boʻlmang – baxtsiz boʻlmaysiz”. Ota nasihati tufayli farzandlar yuksak axloqli,
mustahkam irodali, qoʻrqmas, jasur, bir - biriga mehr - shafqatli boʻlib
ulgʻaygan. Botirlarning ertak syujetidagi harakatlari, munosabatlarida axloq va
odobning yuksak namunasini koʻrish mumkin. Ular bir ota, bir onaning
farzandlari, bir manzil tomon birga safarga chiqadilar va murod-maqsadlariga
yetadilar. Aksincha, “Bulbuligoʻyo”
14
ertagida esa uch ogʻa-inilarning oʻz
otalariga boʻlgan munosabatlari, mehri, sadoqati, mas’uliyati xulqidan, gap-
soʻzi-yu, xatti-harakatidan anglashilib turadi. Bu ertakda ham xuddi “Uch ogʻa-
ini botirlar”dagi singari uch aka - uka ota topshirigʻini bajarish uchun safarga
chiqadilar. Ammo yomon xulqlari sababli maqsadlariga yetolmaydilar.
Xalq ogʻzaki ijodi namunalridan otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar
“Goʻroʻgʻli” turkumi, “Alpomish”, “Ravshanxon” dostonlarida ham, rivoyatlar,
afsonalar, ogʻzaki hikoyalar singari folklor janrlarida ham oʻziga xos milliy
koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Bularning barchasi xalqimiz oʻz hayotida roʻy
berayotgan, yoki berishi mumkin boʻlgan turli-tuman muammolarni xalq
ogʻzaki ijodi namunalarida aks ettirib, avlodlarni ogohlantirganligini koʻrsatadi.
Biz bu dostonlar ichida ota-bola munosabati oʻzgacha talqin etilgan “Ravshanxon”
dostoni misolida koʻrib chiqamiz. Haqiqiy oʻzbekona ruh ufurib turgan bu
dostonning oʻziga xosligi shundaki, unda oila munosabatlari, ayniqsa ota va bola
munosabatlariga zamon va makon hech qanday ta’sirini koʻrsatmaydi. Bu
munosabatlar samimiy va iliq koʻrinish kasb etadi.
Ravshanxon oʻz baxtini qidirib, olis safarga otlanadi. Hasanxon esa
oʻgʻlining ahvolidan havotir olib, uni bu yoʻldan qaytarish uchun yoʻlini toʻsadi.
Shu payt ota-bola oʻrtasidagi boʻlgan suhbatga e’tibor qaratamiz:
14
Ўзбек халқ эртаклари. Зумрад ва Қиммат. – Т.: Ўзбекистон, 1990. –Б. 285-296