ularni darakchi Idey boshqarib borardi. Goʻyo chindan ham oʻlimga mahkum
etilgandek Priamni kuzatuvchilar yum-yum yigʻlashardi…”
5
Ushbu jumlalarni oʻqiganimizdayoq Hekuba Hektorning onasi boʻla turib,
oʻgʻlini endi hayotga qaytara olmasligini bilib, Priamni yoʻldan qaytarmoqchi
boʻlsa-da, Priam mard farzandining jasadini ham dushmanga xor qildirib
qoʻymaydigan darajada gʻamxoʻr ota ekanini koʻrishimiz mumkin. Farzand
dogʻida qolgan otaning holati keyinroq, Axillning chodiridagi voqeada yaqqol
ifodalanadi: “Ey buyuk Axill! Mendek keksaygan otangni esla! Balki uning shaxrini
ham qoʻshnilari ishgʻol etishgandir, balki uni ham musibatdan halos etguvchi
yoʻqdir. Men baxtiqaro chol qariyb barcha oʻgʻillarimdan judo boʻldim. Sen
oʻgʻillarim ichida eng buyuk va zabardast hisoblangan Hektorni oʻldirding.
Oʻshani deb sening huzuringga keldim. Hech bir foniy zotning boshiga tushmagan
baxtsizlikni boshdan kechirmoqdaman. Bolalarim qotilining qoʻllarini oʻpishga
majburman…”
6
5
Н.А.Кун. “Қадимги Юнон афсона ва ривоятлари”. - Самарқанд .: “Зарафшон” нaшриёти, 2005 –йил - 177-
б.
6
Ўша манбаa
11
Ushbu voqeada oʻgʻlidan ayrilgan nochor otaning kechinmalarini his
qilishimiz mumkin. Oʻzi Troyaning buyuk shohi boʻlishiga qaramay, farzandi
uchun oʻz gʻururini poymol qilib, dushman qoʻlini oʻpishga ham tayyorligi
tahsinga sazovor. Axill Priamning gaplaridan ta’sirlanib, oʻz otasini eslaydi va
yigʻlab yuboradi. “,,,Priam oʻzining soʻzlari bilan Axillni oʻz otasini eslashga
majbur etdi. Axill otasini eslarkan achchiq alam bilan yigʻladi. Priam boʻlsa,
yerga choʻzilib oldi-da, oʻgʻli uchun zor-zor yigʻladi. Nihoyat, Axill oʻrnidan turdi.
U Priamni turgizarkan, shunday dedi:
-
Ey baxtiqaro inson, Hayotingda koʻp gʻam-alam tortgansan! Aytchi,
oʻgʻillaringning koʻpini oʻldirgan odamning huzuriga kelishga, tagʻin yolgʻiz
kelishga qanday jur’at etding? O, sening yuraging temirdan qattiq ekan. Lekin
tinchlan, yigʻingni toʻxtat, mana bu yerda oʻtir. Xudolar dunyoda gʻam-alam
dardiga chidashni odamlarga nasib etgan, faqat ular, umriboqiylar qaygʻu
nimaligini bilishmaydi. Endi koʻz yoshi toʻkma; halok boʻlgan Hektorni
yigʻlaganing bilan tiriltirolmaysan-ku, axir…”
7
Koʻrib turganimizdek, ikki dushman tarafning bir-biri bilan samimiy suhbat
qurishi, kechinmalarini birga baham koʻrishiga sabab boʻlgan narsa otalik
muhabbati va farzandlik mehri desak, yanglishmagan boʻlamiz. Antik davr
adabiyoti Yunon-Rim afsonalarida xuddi shunday mavzular aks etgan asarlar
yetarlicha topiladi.
Oilaviy munosabatlar haqidagi asarlarning tarixiy taraqqiyot jarayonidagi
oʻziga xosliklar, ayniqsa, ulardagi ota-ona va farzandlar xarakteri tasvirida
yaqqol koʻrinadi. Xususan, xarakter badiiy asar gʻoyasini belgilashda, uning
ruhi va pafosini ifodalashda katta oʻringa egaligi bizga sir emas. Mashhur
adabiyotshunos olim Naim Karimovning quyidagi fikrlari bu borada juda
ahamiyatlidir: “Xarakter – tarixiy kategoriya hamdir. Buning ma’nosi shuki,
7
Н.А.Кун. “Қадимги Юнон афсона ва ривоятлари”. - Самарқанд .: “Зарафшон” нaшриёти, 2005 –йил - 177-
б.
12
har bir ijtimoiy-iqtisodiy davr oʻz avlodini tarbiyalaydi va bu tafovut
odamlardagi xarakterologik xususiyatlarda oʻz aksini topadi”.
8
Demak, ijtimoiy va oilaviy munosabatlar, ajdodlar va avlodlar almashinuvi
jarayonidagi dunyoqarash bilan bogʻliq boʻlgan tafovvutlar va obrazlar ishtirok
etgan asarlar juda qadimiy tarixga va oʻziga xos taraqqiyot bosqichiga ega.
Bunday asarlardagi gʻoya va qahramonlar holati davrning ijtimoiy-siyosiy
jarayonlari ta’sirida oʻzgarib borgan.
Soʻzlarimizning isboti oʻlaroq, otalar va bolalar munosabati keyingi
adabiyotlarda ham davom etdi. Bu mavzu keyinchalik Sofokl va Esxil
tragediyalarida, Yevrpidning “Medeya” asarlarida ham oʻz aksini topadi. Unda
otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatning turli shakllarini koʻrishimiz mumkin.
Ularning asarlarida yuqoridagi asar voqealaridan farqli ravishda bu munosabatlar
keskinlashgan, yoki tushunmovchilik va ziddiyatlarga toʻla holatda aks etadi.
Ularga keyingi bobimizda batafsilroq toʻxtalamiz.
Ilk oʻrta asrlar gʻarb adabiyoti diniy tendensiya olganligi sababli otalar va
bolalar munosabati yaqqol pafos bilan yoritilmadi. Asosan ritsarlik, qahramonlik
va mashuqaga sodiqlik kabi mavzular yoritildi. Ilk oʻrta asrlar adabiyotining
taraqqiyotiga uch omil barakali ta’sir koʻrsatdi: 1. Xalq ogʻzaki ijodi. 2. Antik
san’at. 3. Xristianlik dini. Bu bosqich adabiyotida uch ta yoʻnalish mavjud edi va
ular quyidagilardir: 1. Xalq adabiyoti. 2. Diniy-cherkov adabiyoti. 3. Feodal –
ritsar adabiyoti. Yuqorida aytganimizdek, Ilk oʻrta asrlar adabiyotida ijtimoiy
hodisalar natijasida ritsarlik va qahramonlik mavzulariga asosiy e’tibor berildi.
Uygʻonish davridan boshlab asta-sekin insoniy munosabatlar gumanizm
ta’sirida insonlarning oʻzaro munosabatlari, oila, farzandlar va ota-onalar
oʻrtasidagi iliqlik yoki befarqlik, ular oʻrtasidagi keskinlik kabi koʻrinishlar
adabiyotda yaqqol aks ettirila boshlandi. Buning yorqin dalili sifatida buyuk
dramaturg Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasini keltirishimiz mumkin.
8
Karimov N. ,,Janrmi yoki uslub”. – T.: Fan, 1991-yil – 82-bet.
13
Unda Qirol Lir va Graf Gloster taqdiri aks etadi. Ular ikki xil farzandlaridan ikki
xil munosabat koʻradilar. Qirol Lir ikkita qizidan yomonlik koʻradi. Lekin u ikkala
qiziga ham mehr bergan boʻladi. Oʻzini haydab yuborgan kenja qizidan esa
yaxshilik koʻradi. Glosterning ham ishongan oʻgʻli Edmund unga yomonlik qilsa,
yomon koʻradigan oʻgʻli Edgir qiyinchilikka tushib qolgan paytda yordam beradi.
Shu asarlarda ham otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar oʻzining yangicha
talqinini topadi.
Keyingi davrlarda klasittizm adabiyoti vujudga keldi. XVII asarda
klassitizm adabiyoti yana antik davr adabiyoti an’analarini davom ettirganligi
hamda mavzu koʻlami cheklanganligi uchun oʻsha davr ijodkorlari tomonidan
yaratilgan asarlar asosan qadimgi Yunon va Rim dramaturglarining asarlarini qayta
ishlash natijasida vujudga kelganligi uchun ularda pafos unchalik kuchli boʻlmadi.
Buning ustiga, klassitizm adabiyoti suniyroq, toza va samimiy hislarning yoʻqligi
bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti haqida koʻp toʻxtalib
oʻtirmaymiz.
XVIII-XIX asrlar ma’rifatparvarlik, romantizm va realizm adabiyotida tub
burilish vujudga keldi desak, yanglishmagan boʻlamiz. Bu davrlar adabiyotida
ham otalar va bolalar munosabati oʻzida aks etgan bir qator asarlar vujudga keldi.
Ular orasida oʻsha davr muhitidan kelib chiqib, otalar va bolalar munosabatlarining
oʻziga xos tomonlarini ochib bergan Balzakning “Gorio ota”sini olaylik. Bu asarda
koʻproq oila munosabatlarining yemirilishi koʻrsatiladi. Bunda tanqidiy
realizmning buyuk namoyondasi Balzak jamiyatdagi manfaatparastlik avj olib
ketayotganligi, mansab, pul, boylik uchun insonlar eng ezgu his-tuygʻularning
yemirilishi sababli xatto ota-onadan ham kechish holatlari koʻplab sodir
boʻlayotganini oʻz asarida ustalik bilan yoritib beradi. Gorio ota oʻz qizlarini hech
narsaga zoriqtirmay ulgʻaytiradi. U qizlari uchun bor mehrini , umrini berdi. Bor
boyligini qizlarinig istaklari yoʻlida sovurib, hatto yashab turgan uyini ham sotib
ketishga majbur boʻladi. Gorio ota qizlarini shu qadar yaxshi koʻrardiki, qizlarining
ogʻzidan chiqqanini muhayyo qilib beradi. Ohir-oqibat u qizlaridan nima koʻrdi?
Gorio ota oʻlim toʻshagida yotib, qizlarini bir bor koʻrishni xohlaganida qizlari
14
otasining oʻlayotganligini bilib turib ham shon-shuhrat uchun, obroʻ, dabdaba
uchun oʻzlarining “muhim” ishlarini otasining soʻnggi xohishidan ustun qoʻyib,
arzimagan bahonalarni roʻkach qilib borishmaydi. Endi e’tiborimizni asardagi
quyidagi oʻrinlarga qaratsak:
“Xotini oʻlgandan keyin bolalariga boʻlgan mehr-
Do'stlaringiz bilan baham: |