Bolalardagi bosh va ko’krak qafasi aylanasining xar xil yoshdagi ko’rsatkichi.
Bola yoshi
|
Bosh aylanasi
|
Ko’krak qafasi aylanasi
|
o’g’il bola
|
qiz bola
|
o’g’il bola
|
qiz bola
|
1 oy
|
37.3
|
36.6
|
36.3
|
36.0
|
2 oy
|
–
|
38.4
|
39.0
|
38.1
|
3 oy
|
40.9
|
40.0
|
41.3
|
40.0
|
4 oy
|
41.9
|
41.0
|
42.8
|
42.8
|
5 oy
|
43.2
|
42.2
|
44.3
|
43.0
|
6 oy
|
44.2
|
43.2
|
45.4
|
44.3
|
7 oy
|
44.8
|
44.0
|
46.4
|
45.0
|
8 oy
|
45.4
|
44.3
|
47.2
|
46.0
|
9 oy
|
46.3
|
45.3
|
47.9
|
46.7
|
10 oy
|
46.3
|
46.0
|
48.3
|
47.3
|
11 oy
|
46.9
|
46.0
|
48.7
|
47.7
|
12 oy
|
47.2
|
46.0
|
49.0
|
47.4
|
2 yosh
|
50.0
|
51.8
|
52.0
|
50.0
|
2 1/2 yosh
|
51.5
|
52.3
|
52.5
|
51.6
|
3 yosh
|
52.5
|
53.2
|
53.0
|
52.6
|
4 yosh
|
54.1
|
53.5
|
54.0
|
53.0
|
5 yosh
|
55.8
|
54.9
|
56.0
|
55.0
|
6 yosh
|
57.6
|
56.6
|
57.7
|
56.6
|
7 yosh
|
58.8
|
57.4
|
57.5
|
57.5
|
Tana balansi.
Bola tanasining xar xil qismlari bir me’yorda rivojlanmaydi, tug’ilgandan to katta bo’lguncha bolaning boshi 2 marta, tana uzunligi 3 marta, qo’l uzunligi 4 marta , oyog’i 5 martagacha kattalashadi. Odamning bo’yi uzunligi oyoq uzunligiga bog’liq. Skeletning noto’g’ri rivojlanishi xisobida tananing bir – biriga mosligi o’zgaradi.
Tana balansini bosh aylanasiga , o’sishi va bir- biriga mosligiga qarab aniqlanadi. Xajmlar yoshga qarab farqlanadi. Qancha yosh kam bo’lsa, shuncha bosh aylanasining nisbati katta bo’ladi. CHaqaloqning yangi tug’ilgan davrida bosh va tananing nisbati 1/4 , 1-2 yoshda 1/5, 6 yoshda 1/6, 12 – 15 yoshda 1/7, kattalarda 1/7,8 bo’ladi.
Asab ruxiy rivojlanish.
Bola 3 xaftalik bo’lganda noqulay, ya’ni yuzining qizarishi, mushaklarning taranglashuvi va yig’lashi kuzatiladi. So’ng esa asablanish (3 oylikda), yoqtirmaslik (5 oylikda), qo’rquv ( 6 oylikda), qizg’anish ( 18 oylikda) va boshqalar kuzatiladi. Maktabgacha bo’lgan davrda o’zini xis qilish va bola o’zi xoxlagan narsani, o’z istagini amalga oshiradi. Emizikli davrdan to 2 yoshgacha asab – ruxiy rivojlanishi kuzatiladi, so’ng ular kichik bo’laklarga tenglashadi va bola 5 yoshga bo’lganda kattalarga tenglashadi.
2) Jismoniy rivojlanishni baxolash va antropometriyaning axamiyati.
Rivojlanish baxosining maqsadi.
Rivojlanish baxosining maqsadi shundan iboratki bolaning psixomator funktsiyasi rivojlanishining umumiy xolatiga rivojlanishning buzilishini oldindan aniqlash va bu o’zgarishlarda kerakli yordamni ko’rsatish xisoblanadi. Faqatgina bolaning normal yoki potologik xolatini aniqlash maqsadi emas, balki bolaning rivojlanish xususiyatlarini bilish kerak. Tarbiyalashda bolaning sog’lig’i va oilaviy sharoiti xaqida chuqur bilimga ega bo’lishi, bularni bola rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishini rivojlanishning natijali qo’llab – quvvatlashiga imkoniyat beradi. Ota – onaning reaktsiyasiga qarab kerakli yordam va qo’llab – quvvatlashni zaruriyatligi aniqlanadi.
Jismoniy rivojlanishni baxolash va antropometriyaning axamiyati.
Bu tarkibni aniq o’lchashlari jismoniy rivojlanishida muxim axamiyatga ega.
Antropometrik ko’rsatkichlar o’lchovlarini o’tkazish majmuasida poliklinika va QVP sharoitida o’lchovlarni xamda dala va uy sharoitda xam o’tkaziladi. To’plam yumshoq rastometrdan ( pallametr), yumshoq o’lchov lentasi, 5 kg gacha bo’lgan tana og’irlikdagi bolalar uchun prujinkali tarozdan iborat.
Taroz ( prujinali va richagli), o’lchov lentasi va rostometr (rollametr).
2 yoshdan katta bolalar uchun vertikal rastometrni, 2 yoshgacha bo’lgan bolalarni xam gorizontal sharoitda o’lchash mumkin.
O’lchashni necha marta va qaysi vaqtda o’lchash kerak?
1 o’lchash
|
Tug’ilgan paytda
|
2 o’lchov
|
15 kunlikda
|
3 o’lchov
Xar oyda
|
30 kunlikda
1 yoshgacha
|
Xar 3 oyda
|
1 yoshdan boshlab
|
Xar 6 oyda
|
3 yoshdan 5 yoshgacha
|
Xar yili 5 yoshgacha
|
Keyingi yillarda
|
Bolalarni profilaktik ko’rikka chaqirish
Dinamik (dispanser kuzatuvlar) bu tadbirlar tizimi bo’lib, ogoxlantirish va erta aniqlangan kasalliklarga yo’naltirilgan bolalar axolisida o’z vaqtida va malakalashtirilgan tibbiy yordam bilan ta’minlashdan iborat.
SHifokor va hamshira o’z xududlarida bolalarda dispanser kuzatuv tadbirlarini rejalashtiradi, bolalar axolisida patronaj parvarishini o’tkazgandan so’ng uni yangi tug’ilgan chaqaloqlar xayotining birinchi yiliga, ikkinchi yiliga, uchinchi yiliga, maktagacha, 15 yoshgacha maktab davri guruxlariga bo’ladi.
Profilaktik tekshiruvlarning zarurligi xaqida hamshira ota – onalar va bolalar bilan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bola uchastka shifokoriga, tor mutaxassilariga, laborator tekshiruvlariga, profilaktik emlashlariga taklif qiladi. Sog’lom xolatdagi o’zgarishlari bilan aniqlangan bolalar dispanser kuzatuvidan o’tkaziladi. Bu bolalar kasalliklarini qanchalik erta aniqlash va surunkali kasalliklarni xamda og’ir o’tkir kasalliklarni rekonvalizsensiya (qaytalanishni ularning doimiy kuzatuvini, tekshiruvini va profilaktik davolashni) ro’yxatga olishni oldindan nazorat qiladi.
Hamshiralar dispanser kuzatuviga kerak bo’lgan xujjatlarni yuritadilar. Ular F-030/u ni bemor bolani ro’yxatga olishni uni olib borish muddatini shifokorga bolalarni chaqirishadi. Shifokor boshchligida F-30/u ga yozadilar, shifokor ko’rsatmalarini bajaradilar. Dispanser kuzatuviga yurak – qon – tomir, nafas olish kasalliklari, xazm qilish, siydik, jinsiy sistemasi, qon endokrin , tayanch –apparati, aloxida yuqumli kasalliklar, ko’z quloq, tomoq, burun kasalliklari jaroxatlari, asab ruxiy kasalliklari kiradi. Raxit, distrafiya, ekssudativ diatez bilan kasallangan, tez va uzoq kasallanuvchi bolalarda F-30/u ni to’ldirilmagan xolda shifokor kuzatuvida bo’ladi. Bemor bolani dispanser nazoratidan o’chirish, shu bolalarni kuzatuv ostiga olgan shifokor va mutaxasisining ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
“NOGIRON BOLALAR PATRONAJI
Nogiron bolaning yashash sharoitini o’rganish. Bola yotgan xonani ko’zdan kechirish (xona harorati, tozaligi, bola yotgan joyning qulayligi, yorug’likning yetarli darajada tushishi), qo’llarni yuvish, bolaning fiziologik holatini baholash. Xonadondagi ona yoki nogiron bolani parvarishlayotgan oila a’zosi bilan - bolaning ahvoli, kasallik xuruji kuzatashining davriyligi, nogiron bolaning shikoyatlari hamda surishtirish ishlarini olib borish. Suhbat jarayonida nogiron boladagi o’zgarishlarga, uning umumiy ahvoliga ahamiyat berish, bemor bilan sog’ligi bo’yicha savol-javob o’tkazish hayotiy ko’rsatkichlarni o’lchash (pulьsni sanash, arterial bosimni o’lchash, nafas maromini sanash, teri, tirnoqlar rangiga, shilliq qavatlarga ahamiyat berish), shifokor tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni o’z vaqtida qabul qilinishini nazorat qilish, zarur hollarda shifokor tomonidan buyurilgan muolajalarni bajarish. Yotib qolgan nogiron bolalar uchun tor doiradagi mutaxassislar ko’rigini uyda tashkillashtirish. Har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tish uchun amaliy yordam berish. Yotoq yaralarni oldini olish, parvarish qilish, ratsional ovqatlantirish, gigiena qoidalar to’g’risida suhbat olib borish.
Nogiron bolaning sog’ligida o’zgarish sezganda shifokorga murojaat etishni tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |