Fermer xo‘jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanish reja


III bob: ANDIJON TUMANIDAGI SAYDULLO FERMER XOʻJALIGIDA YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YOʻLLARI



Download 328,64 Kb.
bet6/7
Sana14.06.2022
Hajmi328,64 Kb.
#671131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi menejmenti kus ishi

III bob: ANDIJON TUMANIDAGI SAYDULLO FERMER XOʻJALIGIDA YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YOʻLLARI

3.1. Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishda tutgan oʻrni;


Mustaqillik yillari mobaynida qishloq xoʻjaligi sohasida bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlanti-rishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy islohotlar boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fermerlikni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi uchun mustahkam huquqiy asoslar va kafolatlarni yaratib beruvchi Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda boshqa qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Fermer xoʻjaliklarining yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib borishini, fermer xoʻjaliklari samaradorligi va rentabelligi oʻsishini taʼminlash imkonini beradigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yer maydonlarini maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Qishloqda fermer xoʻjaliklariga barcha zarur xizmatlarni koʻrsatayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda.
Agrar sohada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar tarmoqda koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari tarkibini optimallashtirish asosida paxta ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini kengaytirish orqali mahsulot miqdorini koʻpaytirish xisobiga mamlakatni oziq-ovqat havfsizligini taʼminlash.
Qishloq xoʻjaligi mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoat tarmoqlarining xom-ashyoga boʻlgan talabini qondiradi. Shu bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi aholini ish oʻrinlari bilan taʼminlash imkoniga ega boʻlgan tarmoq xisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishini taʼminlash, yalpi ichki mahsulotini xajmi muntazam kupaytirib borish, ekinlardan olinadigan yalpi xosil va xosildorlikni oshirib borish uchun mavjud boʻlgan yer uchastkalardan samarali foydalanish zarur. Fermer xoʻjaliklarga biriktirilgan yer uchastkalardan samarali foydalanish uchun yer uchastkalarni foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taqsi-motini kayta koʻrib chiqish xisobiga ekin maydonlarni oshirib borish zarur. Yer uchastkalardan samarali foydalanishi bevosita ekin maydonlardan samarali foydalanish xolati bilan uzviy bogʻlik. Shuning uchun ekin maydonlardan samarali foydalanish zarur. Ekin maydonlardan samarali foydalanishga erishishda ularga taʼsir etuvchi omillarni tushunib olish kerak. Yer uchastkalardan samarali foydalanishga taʼsir etuvchi omillarni kuydagi 5ta guruxlarga ajratib olishimiz mumkin:
1.Tabiiy omillar. (Issiklik xarorati, yogingarchilik miqdori, tuprok unumdorligi, suv bilan taʼminlanishi, yerlarni shoʻrlashganligi, toshlokligi, zakkashligi).
2.Texnik omillar. (Yangi, yukori kuvvatga ega boʻlgan zaruriy texnikalarni mavjudligi, texnikani kamrash kengligi, sozligi).
3.Tashkiliy omillar. (Xoʻjalikni joylanishi, almashlab ekishni koʻllash, mahsulot yetishtirish agrotexnikasiga amal kilish, yangi yukori xosil beradigan navlardan foydalanish,sifatini yaxshilash, malakali qadirlardan foydalanish, chukur xaydovni bajarib turish, oʻgitlash tizimiga amal kilish, takroriy ekinlar ekib borish)
4.Iqtisodiy omillar. (Zaruriy mablagʻlarga ega boʻlish - oʻz mablagʻiga, kredit mablagʻiga, investitsiyaga; moddiy manfaatdorchilik darajasi; ish haqi toʻlash darajasi; doimiy va oʻzgaruchan xarajatlarni kamaytirish, daromadlarni oshirish, ...).
5.Tadbirkorlik omillari. (Oʻz vaqtida ekish, ekinlar ekish sxemasini tallab olish, mahsulot sotish bozorini tallab olish, mahsulot sotish usullari. ...)
Yer uchastkalardan samarali foydalanishga taʼsir etuvchi omillar bir biri bilan uzviy bogʻlik, biror-bir omilga yetarlicha eʼtibor bermaslik va yuzaga kelgan holatni toʻgʻrilab olish uchun amalga oshirilgan boshka omillar (tadbirlarni) harakatlar taʼsirini kamaytirish mumkin. Shunday yer uchast-kalardan samarali foydalanishga taʼsir eʼtuvchi omillarga yetarlicha eʼtibor berishimiz zarur.

3.2. Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish yoʻllari;


Yer resurslari – umummilliy boylikdir. Oʻzbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida ulardan oqilona hamda samarali foydalanish zarurligi “Yer kodeksi”da alohida taʼkid-langan. Respublika hududidagi barcha korhonalar, fuqarolar bu qonuniy talabni bajarishlari shart. Shuning uchun ular tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga negizida ulardan talab darajasida samarali foydalanishga katta eʼtibor berishlari lozim. Shu maʼsuliyatni his etgan holda qishloq xoʻjalik korhonalari uni ijobiy hal etishga, foydalanish mumkin boʻlgan maydonlardan toʻliq va samarali foydalanishga intilmoqdalar.
Mamlakatimizqishloq xoʻjaligida ekin eqilayotgan maydonlar yildan-yilga kamayib bormoqda. Bunday hol ekinzorlarni, aholiga turar joylarni qurish, sanoat, sugʻorish inshootlarini barpo etish uchun ajratilishi oqibatida yuz bermoqda. Bu obyektiv jarayon kelajakda ham yuz beradi. Shuning uchun ham mavjud yerlardan yil davomida oqilona, samarali foydalanish zarur. Paxta maydonining qisqartirilishi natijasida paxta yakkahokimligi bartaraf etildi. Lekin ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi amalda almashlab ekish tartibining buzilishiga olib keldi hamda chorva hayvonlarining mustahkam yem-xashak bazasini barpo etishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bois kelajakda yerdan foydalanish samaradorligini yuksaltirish uchun almashlab ekishni joriy etishga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Hozirgi davrda ekinlar eqilayotgan yerlardan toʻliq va samarali foydalanishga barcha xoʻjaliklar alohida eʼtibor bermoqdalar. Bu harakat ijobiy natijalar bermoqda.
Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
Oxirgi 3 yil davomida hosildorlik 5,8 foizga, yalpi maxsulot 160,5 foiz,ishlab chiqarish xarajatlari 159 foizga 1 gektar xisobiga olingan foyda esa 183,6 foizga koʻpaygan, bugʻdoy xam oʻz navbatida yildan yilga hosildorlik 144,8 foizga, yalpi maxsulot 294,3 foizga,foyda 344,5 foizga va ishlab chiqarish xarajatlari esa 277,5 foizga koʻtarilgan.
Qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligining oshishi yerdan foydalanish samaradorligi yuksalishini taʼminlaydi.
Yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish uchun yer munosabatlarini takomillashtirish, chuqurlashtirish, yaʼni liberallashtirish masalalarini hal etishni tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun yerning baholarini va ulardan foydalaganlik
uchun toʻlanadigan haqlarni, soliqlar miqdorini realroq aniqlash lozim. Bunda bozor iqtisodi qonunlari talablariga asoslanish, shuningdek, yer resurslarining cheklanganligi, takror ishlab chiqarilmasligi, holati, sifati, isteʼmolchilarga uzoq-yaqinligi, ishlab chiqarish vositalari hamda infratuzilmalar bilan taʼminlanganligi, olinayotgan mahsulot, foyda summasi kabi indikatorlarni ham eʼtiborga olish zarur.
Biz Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer resurslaridan foydalanish holatini oʻrganish va taxlil etish asosida fermer xoʻjaligida mavjud yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish uchun quyidagilarni taklif etamiz:
-Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi joylashgan xudud-da aholining zichligi va suv bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrtacha ekanligini hisobga olib fermer xoʻjaligida mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, foydalaniladigan yerlarni turli maqsadlarda ajratish, ijaraga berish va sotish amaldagi huquqiy-meʼyoriy xujjatlar asosida samarali tashkil etish va ulardan amaldagi qonunlar asosida foydalanishni tashkil etish;
-fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan yerlarning past tekisliklarda joylashgan qismida yer osti suvlarining yaqin joylashganligini hisobga olib va adirlikda joylashgan yerlarni relyefi talab darajasida emasligi tufayli fermer xoʻjaligi yerlarida irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini vaqtida sifatli amalga oshirish;
-fermer xoʻjaligi xududida mavjud yer resurslaridan foydalanishda yangi, samarali texnikalarni, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
-oʻtgan davr mobaynida fermer xoʻjaliklariga davlat buyurtmalarini oʻrnatilishi va fermer xoʻjaliklari tomonidan davlat buyurtmalarini bajarish uchun qilingan xarakatlar oqibatida yerni unumdorligini oshirishshda asosiy omillardan hisoblangan almashlab ekish masalalariga eʼtibor susayganligini xisobga olib fermer xoʻjaligi xududida ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni tiklash;
-fermer xoʻjaligida maxsulot yetishtirish jarayonida oʻsimliklarni kasallik va zararkurandalardan samarali himoya qilish masalalariga aloxida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, keyingi yillarda ob-xavoni tez oʻzgarishi natijasida qishloq xoʻjalik ekinlarini normal oʻsib rivojlanishi uchun noqulay shart-sharoitlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda zararkuranda va kasalliklarni tez rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo boʻlmoqda. Yuqoridagilani hisobga olib fermer xoʻjaligida maxsulot yetishtirish jarayonida va ishlab chiqarishni tashkil etishda ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatmagan holda kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish;
-fermer xoʻjaligi yerlarini joylashishi, suv bilan taʼminlanishi va unumdorlik darajasidan kelib chiqib turli tuproq sharoiti va unumdorlikka ega yerlarga oʻziga hos ekin turlari hamda serhosil va kasalliklarga chidamli usimlik navlarini tanlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida fermer xoʻjaligida seleksiya, urugʻchilikni va agrotexnologik tadbirlarni oʻz vaktida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
-maʼlumki qishloq xoʻjaligida maxsulot yetishtirishni tashkil etish masalalari katta mablagʻ talab etadi. Shuning uchun xam qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash mexanizimi ishlab chiqilgan boʻlib, u hozirgi kunda dotatsiya va subsidiya dastaklari asosida amalag oshirilib kelinmoqda. Lekin, xususiy mulkchilikni rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi maxsulotlariga boʻlgan talabni doimiy ravishda ortib borishi amaldagi fermer xoʻjaliklari faoliyatiga nafaqat ichki balki tashki investitsiya-larni keng joriy etish chora-tadbirlarini koʻrishni taqozo etadi.
Yuqoridagilan kelib chiqib Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini keng koʻlamda joriy etish chora-tadbirlarini koʻrish kerak. Chunki, tashki investitsiyalar fermer xoʻjaligi-ni moddiy-texnik bazasini talab asosida shakllanishining ishonchili omili xisoblanadi.
-Fermer xoʻjaligida mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish masalalarini ijobiy xal etilishi aksariyat hollarda fermer xoʻjaligi har bir aʼzosining yer resurslariga boʻlgan munosabatini tubdan yaxshilash bilan bogʻliqdir. Shuni hisobga olib Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi tassarufidagi yer maydonlaridan samarali foydalanishning tashkil etish uchun fermer xoʻjaligi aʼzolarini yerga boʻlgan munosabatini bozor talablari asosida shakllantirish zarur deb hisoblaymiz.


XULOSA:

Yer mohiyatan inson xoʻjalik faoliyatining boshlangʻich manbaasi hisoblanadi hamda qolgan barcha resurslar va munosabatlarning oʻzaro aloqadorligi ham aynan shu resursga asoslanadi. Inson xoʻjalik faoliyati qirralari va koʻlamining tobora kengayib borayotganligi, demografik vaziyatning (nafaqat aholi sonining oʻsishi, balki, uning boshqa tarkibiy sifat koʻrsatkichlari misolida) chuqurlashuvi, resurslar safarbarlik darajasi oshib borishi bilan tabiiy muhitning “zoʻriqishi” yer resurslaridan foydalanishning nafaqat iqtisodiy samaradorligini, balki, geoyekologik oqibatlarini ham oʻrganishni kun tartibiga qoʻyamoqda.


Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishda tutgan oʻrni atroflicha oʻrganish va taxlil etish asosida quyidagi fikr va muloxazalarga keldik:
1.Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi asoson paxta va don yetishtirishga ixtisoslashganligi tufayli maxalliy aholini bu sohadagi koʻnikmalari yetarli. Shuning uchun xam bu sohada ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida eʼtibor bilan qaraladi. Bunga fermer xoʻjaligi taasarufida faoliyat koʻrsatayotgan chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlovchi texnologiyalar asosidagi firmalarni misol keltirish mumkin.
2.Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi taasarufidagi ekin maydonlarini unumdorlik darajasi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi xamda tabiiy iqlim sharoitlari Dehqonchilik uchun eng qulay xisoblanadi.
3.Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligini joylashgan oʻrni shaxar magistral yoʻllariga xamda temir yoʻl magistraliga oʻta yaqinligi qishloq xoʻjalik maxsulotlari bilan isteʼmolchi oʻrtasidagi masofani yaqinlashtiradi. Demak, bu soxada yetishtirilgan maxsulotlar tannarxini arzonlashtirish uchun real imkoniyatlar mavjud.
4.Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi shaxarga yaqin joylash-ganligi fermer xoʻjaligi uchun qator qulayliklarni yaratadi yani eng zamonaviy texnikalar, eng samarali pestitsidlar xaqida, navlar xaqida ishonchli maʼlumotlar olish imkoniyatlari yuqori chunki, mazkur maʼlumot-larning eng asosiy manbai hisoblangan.
Biz Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer uchastkalaridan foydalanish holatini oʻrganish va taxlil etish asosida fermer xoʻjaligida mavjud yer resursla-ridan samarali foydalanish yoʻllari uchun quyidagilarni taklif etamiz:
1.Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi joylashgan xududda aholining zichligi va suv bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrtacha ekanligini hisobga olib fermer xoʻjaligida mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, foydalaniladigan yerlarni turli maqsadlarda ajratish, ijaraga berish va sotish amaldagi huquqiy-meʼyoriy xujjatlar asosida samarali tashkil etish va ulardan amaldagi qonunlar asosida foydalanishni tashkil etish;
2.Fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan yerlarning past tekisliklarda joylashgan qismida yer osti suvlarining yaqin joylashganligini hisobga olib va adirlikda joylashgan yerlarni relyefi talab darajasida emasligi tufayli fermer xoʻjaligi yerlarida irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini vaqtida sifatli amalga oshirish;
3.Fermer xoʻjaligi xududida mavjud yer uchastkalaridan foydalanish-da yangi, samarali texnikalarni, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
4.Oʻtgan davr mobaynida fermer xoʻjaliklariga davlat buyurtmalarini oʻrnatilishi va fermer xoʻjaliklari tomonidan davlat buyurtmalarini bajarish uchun qilingan xarakatlar oqibatida yerni unumdorligini oshirishshda asosiy omillardan hisoblangan almashlab ekish masalalariga eʼtibor susayganligini xisobga olib fermer xoʻjaligi xududida ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni tiklash;
5.Fermer xoʻjaligida maxsulot yetishtirish jarayonida oʻsimliklarni kasallik va zararkurandalardan samarali himoya qilish masalalariga aloxida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, keyingi yillarda ob-xavoni tez oʻzgarishi natijasida qishloq xoʻjalik ekinlarini normal oʻsib rivojlanishi uchun noqulay shart-sharoitlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda zararkuranda va kasalliklarni tez rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo boʻlmoqda. Yuqoridagilani hisobga olib fermer xoʻjaligida maxsulot yetishtirish jarayonida va ishlab chiqarishni tashkil etishda ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatmagan holda kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish;
6.Fermer xoʻjaligi yerlarini joylashishi, suv bilan taʼminlanishi va unumdorlik darajasidan kelib chiqib turli tuproq sharoiti va unumdorlikka ega yerlarga oʻziga hos ekin turlari hamda serhosil va kasalliklarga chidamli usimlik navlarini tanlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida fermer xoʻjaligida seleksiya, urugʻchilikni va agrotexnologik tadbirlarni oʻz vaktida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
7.Maʼlumki qishloq xoʻjaligida maxsulot yetishtirishni tashkil etish masalalari katta mablagʻ talab etadi. Shuning uchun xam qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash mexanizimi ishlab chiqilgan boʻlib, u hozirgi kunda dotatsiya va subsidiya dastaklari asosida amalag oshirilib kelinmoqda. Lekin, xususiy mulkchilikni rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi maxsulotlariga boʻlgan talabni doimiy ravishda ortib borishi amaldagi fermer xoʻjaliklari faoliyatiga nafaqat ichki balki tashki investitsiya-larni keng joriy etish chora-tadbirlarini koʻrishni taqozo etadi.
8. Yuqoridagilar kelib chiqib Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini keng koʻlamda joriy etish chora-tadbirlarini koʻrish kerak. Chunki, tashki investitsiyalar fermer xoʻjaligini moddiy-texnik bazasini talab asosida shakllanishining ishonchili omili xisoblanadi.
9.Fermer xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishni ijobiy xal etilishi aksariyat hollarda fermer xoʻjaligi har bir aʼzosining yer resurslariga boʻlgan munosabatini tubdan yaxshilash bilan bogʻliqdir. Shuni hisobga olib Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi tassarufidagi yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun fermer xoʻjaligi aʼzolarini yerga boʻlgan munosabatini bozor talablari asosida shakllantirish zarur deb hisoblaymiz. Buning uchun xoʻjalik aʼzolarini yer uchastkalaridan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
10.Fermer xoʻjaliklarida iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirish maqsadida eng avvallo yetishtirilayotgan maxsulot tannarxini arzonlashti-rish chora tadbirlarini ishlab chiqish lozim, bunda eng avvalo arzon va samarali texnologiyalardan foydalanish, moddiy texnika resurslaridan oqilona foydalanish, maxsulot yetishtirish jarayonida ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik va eng asosiysi asosiy ishlab chiqarish vositasi xisoblangan yerdan oqilona va samarali foydalanish masalalarga aloxida eʼtibor qaratish lozim deb xisoblaymiz.
11.Fermer xoʻjaliklarida mavjud ekin maydonlarini unumdorligini oshirish masalalari eng dolzarb masalalardan xisoblanadi. Chunki, aksariyat fermer xoʻjaliklarida takroriy ekin sifatida tuproq unumdorligini pasaytiruvchi ekinlar eqiladi. Bu holat ekin maydonlarida kelgusi yilda hosildorlikni pasayishiga olib keladi. Shuning uchun xam Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi aʼzolarida bu soxadagi koʻnikmalarini yanada boyitish maqsadida eng tajribali mutaxassislar, olimlar ishtirokidagi maqsadli oʻqishlarni doimiy tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
12.Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklarida shartnoma munosabatlarini yanada takomillashtirish masalalari muxim axamiyat kasb etadi. Chunki, paxta-gʻalla yetishtirishda shartnomalarni sifatli tuzilishi va samarali amal qilishi fermer xoʻjaliklari bilan taʼminotchi tashkilotlar, maxsulotni qayta ishlovchi tashkilotlar va boshqa isteʼmolchilar oʻrtasidagi munosabat-larni boshqarishda katta samara beradi. Shuning uchun xam fermerlarni shartnomaviy munosabatlar borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish fermer xoʻjaliklarini iqtisodiy jixatdan yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Oʻylaymizki, yuqorida keltirilgan chora-tadbirlarini fermer xoʻjaligida muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi - mavjud yer uchastkalaridan samarali foydalanish asosida fermer xoʻjaligi iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun asos boʻladi.

Download 328,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish