Fermer xo‘jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanish reja



Download 328,64 Kb.
bet1/7
Sana14.06.2022
Hajmi328,64 Kb.
#671131
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi menejmenti kus ishi


FERMER XO‘JALIKLARIDA YER RESURSLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH
REJA:
Kirish;
I bob. Oʻzbekistonda Yer resurslari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy-huquqiy asoslari;

    1. Fermer xoʻjaliklarida yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy ahamiyati;

    2. Yerdan foydalanishda davlat nazorati;

    3. Yer resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslari

II bob. Andijon tumanidagi “Saydullo’’ fermer xo’jaligida erishilgan iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning taxlili;
2.1. Andijon tumanidagi “Saydullo’’ fermer xoʻjaligining
tabiiy-iqtisodiy tasnifi;
2.2. Andijon tumanidagi “Saydullo fermer xoʻjaligida erishilgan iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari va ularning taxlili;
III bob: Andijon tumanidagi “Saydullo’’ fermer xo’jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish yo’llari;
3.1. Andijon tumanidagi “Saydullo” fermer xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishda tutgan oʻrni;
3.2. Andijon tumanidagi “Saydullo” fermer xoʻjaligida
yer resurslaridan samarali foydalanish yoʻllari;
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligida yer va suv munosabatlarini tartibga solish, qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid narxini oshirib borish hisobiga qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligi taʼminlanmoqda. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishda tizimli muammolar mavjudligi sohani barqaror rivojlantirishga salbiy taʼsir etmoqda.
Jumladan:
Birinchidan, yerlarni noqonuniy ajratish va ulardan xoʻjasizlarcha foydalanish holatlariga yoʻl qoʻyilmoqda, jumladan, 2018-yilda 2638 ta holatda 16447 gektar maydondan noqonuniy foydalanilgan hamda 1502 ta holatda 28427 gektar ekin yerlari noqonuniy ajratilgan;
Ikkinchidan, yerlardan, ayniqsa sugʻoriladigan yerlardan noqonuniy foydalanish, shaxsiy manfaati yoʻlida yakka tartibda uy-joy yoki boshqa bino va inshootlarni qurib olish holatlari ortib bormoqda, jumladan, 2018-yil davomida respublika boʻyicha 4062 holatda 622gektar yer maydoni oʻzboshim-chalik bilan egallab olinib, yakka tartibda uy-joy yoki boshqa bino va inshootlar qurib olinganligi aniqlangan;
uchinchidan, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yer maydonlarining konturlari kesimida ekinlarni joylashtirish va hosildorlikni belgilash boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlarning shaffofligi va xolisonaligi taʼminlanmayapti. Bu esa, ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlarini shartnomaga nisbatan koʻp yoki kam ekilishiga, hosildorlikning adolatsiz belgilanishiga sabab boʻlmoqda; toʻrtinchidan, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan tuproq unumdorligini oshirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda zamonaviy resurstejamkor innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga eʼtibor qaratilmayapti, jumladan, tomchilatib sugʻorish tizimi bor-yoʻgʻi 43,1 ming gektar yoki jami sugʻoriladigan maydonning atigi 1 foizida joriy qilingan.[ Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining “Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 2019-yil 9-yanvardagi 14-son]
Shunday qilib, pirovard maqsadda yerdan foydalanishni tejamli tizimini tashkil qilish va amalga oshirish, yaʼni agrosanoat majmuasida va umuman iktisodiyot tarmoqlarida ularni aniq maqsadga yo’naltirilgan-ligini - yerni tejash va foydalanishda yuqori samaradorlikka erishish mezoni buyicha, davlat yer zaxirasini, yer toifalari bo’yicha tabaqalashti-rilgan mezonni taʼminlashdan iboratdir. Ravshanki, bu yerda ayrim tadbirlarni chetlab oʻtib bulmaydi. Binobarin, yerdan foydalanish masalasini yechishga, yangi sharoitda, majmuali yondoshuv talab etiladi. Birok nafaqat oddiy tadbirlar majmuasi kerak, balki yerdan foydalanish iqtisodiyotini tashkil etish, rejalashtirishning barcha tizimlarini maqsadga yo’naltirilgan xolda rivojlantirish, pirovard natijada yer resurslarini boshqarishning yaxlit va samarali tizimini yaratish kerak.
Shuning uchun soliq solish va byudjet daromadlarini to’plashni kupaytirishga imkoniyat beradigan Yerdan foydalanishni boshqarishning mintaqa va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarishda investitsiyalar jalb qilishning, yer munosabatlarining subyektlari uchun kafolatlangan huquq bilan taʼminlashning samarali tizimini yaratishda yangi tamoyillar va uslublar vujudga keladi. Yer oʻzining asosiy xususiyatlaridan tashqari ushbu resurs ishlab chiqarish vositasi, hududiy biznes, tabiiy boylik, huquqiy munosabatlar va kuchmas mulk obyekti bo`lib qoldi.
Maʼmuriy-hududiy darajada viloyat va tuman (shahar)da Yerdan foydalanishni boshqarishning muhim omillaridan biri Davlat yer kadastri xisoblanadi. U yer munosabatlarini iqtisodiy tartibga solishning va hududiy davlat boshqaruvining axborot asosi bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga yer kadastrining asosiy muvofiqlangan qismi bozor sharoitiga moslashgan bo`lishi kerak. Ayniqsa, bu yer munosabatlari subyektlariga soliq solish qoidalari va qonun o’zgarishi tamoyillarini tadbiq etishda hamda turli toifadagi yerlarni davlat kadastri yordamida baholashning iqtisodiy asoslangan usulini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.
Oʻzbekicton Recpublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral kungi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish boʻyicha quyidagi chora tadbirlar belgilandi:
tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, boʻshagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yogʻ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
Fermer xoʻjaliklar, eng avvalo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uckunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini yanada keygatirish;
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorativ va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish cohaciga intenciv ucullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikacidan foydalanish;
Kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi celeksiya navlarini hamda yuqori mahculdorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni koʻrish.
Bozor munosabatlarini qaror topishi sharoitida yerlarni davlat boshqaruvining kulay majmuali uslublarini kullash va byudjet daromadlarini ko’paytirishni taʼminlovchi, yerdan foydalanishning eng samarali boshqarish ayniqsa muhim ahamiyatga ega buladi. Shu bilan birga yer munosabatlarini davlat boshqaruvida yagona tartibni o’rnatish, ijara haqini belgilashda oqilona uslublarni ishlab chiqish, yer bozori xolatini aniq aks ettiradigan mintaqa iqtisodiyotining xolati va undagi jarayonlarni boshqarish tizimida yer ijarasi siyosatida tadbirlar majmuasini shakllantirishning birlamchiligini xisobga oluvchi axamiyatga ega.
Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish, yerni oldi-sotdi shakllari va uslublarini ko’llash, yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlarini, investitsion, baholash, sug`urta faoliyati, ipoteka kreditlashtirish, yerga oid qimmatbaho qog’ozlar bilan muomala o’tkazishni rag’batlantirish zaruriyati ham tug’ilmoqda.
Davlat kadastrlar tizimi, shu jumladan yer kadastri oldiga qo’yilgan muammolarni yechish masalalarini dalzarbligiga qaramay hozirgi davrda olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va amaliyotda zarur daromadi o’rganilmagan. Maxsus adabiyotda yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish global muammo sifatida va uning asosiy bugini bulgan yer kadastri murakkab tizim sifatida yaxlit va pogonali zanjir sifatida tadkikot qilinmagan.
Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish negizida tarmoqlararo yer taksimoti va yerdan foydalanishni prognozlashning umum uslubiy masalalari kompleks xolda o’rganilmagan va tizimli tadqiqotlar o’tkazilmagan. Natijada hozirgi davrda muammoga obyektiv va xaqqoniy baho berish mumkin emasligi ayon bo’lib qolgan global muammo bo’lgan yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishda huquqiy masalalar bo’yicha yondashuvlar natijasida yaxlit ilmiy yo’nalishning bir kadar “yo’qolib qolishiga” sabab bo’lib kelmokda. Yer kadastr va yer tuzushning umumlashtiruvchi yuqori pog’onasi bulgan yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishning istiqboldagi metologik takomillashuvi bu muammoga ilmiy uslubiy asoslangan kompleks va tizimni yondoshuv xisoblanadi.
Demak, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida amalga oshirilayotgan tub umum iqtisodiy va agrar islohotlarni hayotga tadbig’i, xalq xo’jalik tarmoqlarining istiqboldagi ravnaqi, yer tanqisligi muammolarining keskinligi yer resurlaridan samarali foydalanishni boshqarishning ilmiy va metologik asoslarini yaratish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan xisoblanadi.
Yuqoridagi keltirilgan barcha maʼlumotlar tanlab olingan mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Shu sababdan Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer uchastkalaridan foydalanish holatini iqtisodiy jihatdan baholagan holda yer resurslaridan samarali foydalanish yoʻllari oʻrganildi.
Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish yoʻllari boʻyicha masalalarni qamrab olgan qator fikr va mulohazalar ishlab chiqildi.

I bob. Oʻzbekistonda Yer resurslari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy-huquqiy asoslari.





    1. Fermer xoʻjaliklarida yer resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy ahamiyati.

Keyingi yillarda respublikada yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, taʼsirchan nazoratni taʼminlash hamda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohalaridagi munosabatlarni kompleks tartibga solishga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Respublikamiz uchun oʻta dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan sugʻoriladigan yerlar 4,3 million gektarni, yoki mamlakat umumiy maydonining 9,6 foizini tashkil etib, ularda barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 95 foizdan ortigʻi yetishtiriladi.
Dasturiy chora-tadbirlar doirasida tizimli ravishda yer resurslarini hisobga olish va yerlardan foydalanishni nazorat qilish, koʻchmas mulk obyektlari, kartografik fondni takomillashtirish yuzasidan yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yer qonunchiligiga rioya etish boʻyicha doimiy monitoring qilish tizimi ishlab chiqilib joriy etildi, koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish, 21 ta davlat kadastrlarini integratsiyalashuviga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geoaxborot tizimini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar quyidagilarni koʻrsatmoqda:
Joylarda yerdan nooqilona foydalanishning oʻz vaqtida oldini olish boʻyicha oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yetarli darajada tizimli ishlar amalga oshirilmayapti;
Qishloq aholi punktlarida va mahallalarda, ayniqsa, olis hududlarda yerlardan foydalanish holatini muntazam monitoring qilish ishlari yetarli darajada olib borilmayapti;
Mavjud xodimlar soni yer resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va ularning hisobini yuritishni toʻliq amalga oshirish imkonini bermayapti.
Yuqoridagi kamchiliklar yerlardan oqilona va maqsadli foydalanish, shuningdek, tarmoqda qonun hujjatlariga rioya etish ustidan toʻlaqonli taʼsirchan nazoratni taʼminlash imkonini bermayapti.
Respublikamiz yer resurslaridan foydalanish samaradorligini, qishloq xoʻjaligi yerlari unumdorligini oshirish, shuningdek, soha faoliyatini takomillashtirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida maʼlumki, Mamlakatimizda yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining deyarli 95% qishloq xoʻjaligidagi sugʻoriladigan yerlarda yetishtirilmoqda. Shuning uchun sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish ularni unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori sifatli arzon mahsulot olish muhim boʻlib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼkidlaganidek ―Oʻtgan davrda bu borada koʻrilgan choralar natijasida 1 million 700 ming gektar sugʻoriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Bu jami ekin ekiladigan maydonlarning yarmidan ziyodi demakdir. Ana shunday ishlar tufayli sizot suvlari eng ogʻir darajada, yaʼni, 2 metrgacha yuzada joylashgan yerlar qariyb 500 ming gektarga yoki uchdan biriga kamaydi, kuchli va oʻrtacha shoʻrlangan yerlar esa 100 ming gektarga yoki 12 foizga qisqardi. Melioratsiya tadbirlari amalga oshirilgan ekin maydonlarida paxta hosildorligi gektariga oʻrtacha 2-3 sentner, boshoqli don ekinlari boʻyicha esa 3-4 sentnerga oshgani bu borada erishgan eng muhim natijamizdir.
Agrar sohani yanada jadal rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashti-rish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarida bozor tamoyillarini toʻla qaror toptirish asosida qishloq aholisining turmush darajasini keskin oshirishda qishloq xoʻjaligining barcha yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy asoslangan gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, moddiy ragʻbatlantirish va yangi-liklarni hayotga tadbiq etish hamda fermer xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 22-oktyabrdagi ―”Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-3287-sonli farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi, jumladan, yer maydonlari toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilib, fermer xoʻjaliklarining faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha keng koʻlamli, shu bilan birga puxta oʻylangan ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish borasida bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishining oldini olish, dehqonnining yerga, mulkka va oʻzi yetishtirgan mahsulotga boʻlgan egalik hissini shakllantirish jarayonlarini amalga oshirgan, aholining kam taʼminlangan tabaqalarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirgan holda amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish asosida qishloq xoʻjaligida mulkchilikning shirkat, fermer va dehqon xoʻjalik-larini rivojlantirish asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish va islohotlarning keyingi bosqichida ishlab chiqarishning asosiy masʼuliyati-ni fermer xoʻjaliklari zimmasiga yuklangan holda amalga oshirish, bunda fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarni shartnomalar asosida rivojlantirish belgilandi.
Bunda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib beruvchi asosiy boʻgʻin fermer xoʻjaliklari ekanligi belgilab berildi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini puxta taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tayyorlov, qayta ishlash korxonalari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, moliya-bank muassasalari hamda boshqa xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini ushbu manfaatga boʻysundirish belgilandi.
Bugungi kunda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ularning iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini taminlash uchun mustahkam xuquqiy asos hisoblangan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”, “Yer toʻgʻrisida”, “Mulk toʻgʻrisida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishtoʻgʻrisida”, “Yer kodeksi”, “Mehnat kodeksi”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” gi Qonun hamda boshqa meyoriy-huquqiy xujjatlar qabul qilindi.
Natijada fermer xoʻjaliklarining yer-suv va moddiy texnika resurslaridan yanada oqilona foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, fermer xoʻjaliklari samaradorligi va rentabelligining barqaror oshib borishini taminlash imkonini beradigan barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda va ular tobora takomillashtirilib borilmoqda. Qishloqda fermer xoʻjaliklari uchun zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi rivojlanmoqda. Bundan malumki, fermer xoʻjaliklaridan yer resurslaridan unumli foydanish keng talab etiladi.
Qishloq xoʻjaligida yer ijarasi munosabatlarining shakllantiril-ganligi bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilishi, yerga va ishlab chiqarilgan mahsulotga egalik hissini mustahkamlanganligi, fermerlarning tashabbuskorligi va tadbirkorligiga keng yoʻl ochganligi bugungi kunda oʻz samarasini berayotganligini yaqqol koʻrishimiz mumkin. Fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligin oshirish, fermerlarning yer resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xoʻjalik xom-ashyosini kompleks qayta ishlash, shuningdek qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmat koʻrsatish sohalarini tashkil qilish hamda rivojlantirish hisobiga mahsulotlar rentabelligin oshirish muhim masalalar sifatida belgilab berildi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishni muhim omillari yerlarning melioratsiyasi, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashdir. Qishloq xoʻjaligi yerlarning suv taʼminoti va meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha 2008-2018-yillar davomida jami 801,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi 21 ta loyiha amalga oshirilib, shundan chet el investitsiyalari hisobidan kiritilgan mablagʻ 560,4 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Shunday ekan, fermer xoʻjaliklari yerlaridan ham unumli foydalanib ularda koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻyishni ragʻbatlantirish, soliq imtiyozlarini yaratish va shu kabi tadbirlar ham fermer xoʻjaliklarining moliyaviy barqarorligini taminlashda muhim omil boʻladi.
Shu sabab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-yanvardagi 14-sonli “Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Umuman olganda, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligi darajasini baholashni takomillashtirish amaliy jihatdan tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga, ekinlar tarkibini diversifikatsiyalash va innovatsion agrotexnologiyalarni jalb etishni taʼminlovchi muhim ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.




    1. Download 328,64 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish