Fermer xo‘jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanish reja


II bob.ANDIJON TUMANIDAGI SAYDULLO FERMER XOʻJALIGINI ERISHILGAN IQTISODIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI VA ULARNING TAXLILI



Download 328,64 Kb.
bet4/7
Sana14.06.2022
Hajmi328,64 Kb.
#671131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi menejmenti kus ishi

II bob.ANDIJON TUMANIDAGI SAYDULLO FERMER XOʻJALIGINI ERISHILGAN IQTISODIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI VA ULARNING TAXLILI

2.1. Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligining tabiiy iqtisodiy tasnifi.


Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi 1992-yil 10-fevraldagi Andijon tumani xokimining № 582-K sonli qarori bilan 10gektar maydonda tashkil etilgan. Dastlab 2005-yil Sharq Yulduzi shirkat xoʻjaligini fermer xoʻjaliklariga qayta tashkil etish jarayonida Saydullo fermet xoʻjaligiga 31,1 gektar yer ajratilib 41,1 gektarga yetkazilgan yer uchastkasi 49 yil muddatga ijaraga berilgan.
2008-yilda esa Xusanboy fermer xoʻjaligi yer maydonidan 18,9 gektar ajratilib, Saydullo fermer xoʻjaligiga biriktirilgan yer uchastkasining umumiy yer maydoni 60 gektarga yetkazildi. Yer uchastkasining 51,3 gektarini ekin maydonlari tashkil etadi. Hisobat yilida jami ekin maydonlarining 25,2 gektariga bugʻdoy va 26,1 gektarida paxta eqildi. Yer uchastkasining qolgan 1,5 gektari bogʻ va 3,2 gektari tutzorlar, 1,6 gektari suv osti yoʻllari, 1,8 gektari yoʻllar, 0,6 gektari binolar bilan band boʻlgan yerlarga toʻgʻri keladi.
Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi tumanning Sharq Yulduzi massivining Xrabek qishloq fuqoralari yigʻini xududida joylashgan boʻlib, u janub tomonidan Abdumajid sahovati fermer xoʻjaligi bilan, shimol tomonidan Davronbek Durbek fermer xoʻjaligi bilan, gʻarb va sharq tomonlaridan aholi yashash punkti bilan chegaradosh boʻlib hisoblanadi.
Saydullo fermer xoʻjaligi Andijon viloyati markazidan 18km, Andijon tuman markazidan 25km, fermer xoʻjaligi doimiy aloqada boʻladigan OAJ MTPdan 5 km, Oʻzkimyo tashkilotidan 5km, neftibazadan 4 km, paxta tozalash zavodidan 4 km, Pilla qabul qilish korxonasidan 2 km, Don qabul qilish shaxobchasidan 3 km uzoqlikda joylashgan.
Saydullo fermer xoʻjaligi nisbatan olinganda qulay xududda joylashgan boʻlib, u barcha iqtisodiy munosabatlarni samarali amalga oshirish imkoniyatiga egadir.
Fermer xoʻjaligining hisob raqami Agro bankning Andijon tuman boʻlimida ochilgan, h/r 20208000800228203001, MFO 00063, INN 201331778 boʻlib hisoblanadi.
Fermer xoʻjaligi Nizomining 6-moddasiga binoan yer uchastkasining ijara muddati tamom boʻlgandan keyin, fermer xoʻjaligi ijara shartnoma-sini yangi muddatga uzaytirish (muddatini choʻzish) xuquqiga egadir. Bunda xoʻjalikka berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti boʻlishi, shuningdek ikqilamchi ijaraga beri-lishi mumkin emasligi koʻrsatib oʻtilgan.
Yerdan foydalanganlik uchun xaq esa yagona yer soligʻi tariqasida toʻlanadi.
Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi paxta-gʻalla yoʻnalishiga ixtisoslashgan boʻlib qonunda takiqlanmagan ishlab chiqarishning boshqa barcha turlari bilan shugʻullanishga haqlidir. Yer uchastkasining ijara shartnomasi 10 banddan iborat boʻlib, ular shartnomaning mavzusi, ijara haqi, yer uchastkasidan foydalanish shartlari, ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari, ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari, ijara shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish, tomon-larning javobgarligi, nizolarni hal etish, shartnomaning alohida shart-lari va yakuniy qoidalar kabi masalalarni uz ichiga oladi. Shartnoma tarkibidan koʻrinib turibdiki, u juda mukammal tuzilgan boʻlib, bu sohada vujudga keladigan barcha kelishmovchiliklar uni asosida hal qilinishi mumkin. Ushbu masala boʻyicha nizolar sud hayʼatida koʻrilganda, ham ushbu shartnoma sud qarori uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytilganda, fermer xoʻjaligidan ijaraga olingan yer uchastkasini majburan qaytarib olinishi juda qiyin va murakkab masala boʻlib hisoblanadi. Bu yana bir marta fermer xoʻjaligini davlat tomonidan huquqiy jihatdan qoʻllab quvvatlashning bir koʻrinishi boʻlib xizmat qiladi. Fermer xoʻjaligida xoʻjalik yuritishning, yerga egalik va undan foydalanishning yangi shakllari mujassamlanishi, boshqarish tizimining bozor munosabatlariga moslanib borishi, ekinlar strukturasining bozor talabiga karab takomillashtirilishi, mahsulot yetishtiruvchilar va ularga xizmat koʻrsatuvchilar hamda mahsulot sotib oluvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning shartnoma asosida olib borilishi, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida barqarorlikni taʼminlovchi asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Ilgari vaktlarda mahsulot yetkazib berish shartnomasiga hozirgi davr kabi katta ehtiyoj sezilmagan, chunki mahsulotlar, tovarlar katʼiy rejalar asosida taqsimlab kelingan. Bozor iktisodiyotining rivojlanishi va erkin iqtisodiy munosabatlarga yul ochilishi tufayli, qishloq xoʻjaligida shartnomaviy munosabatlarnig tutgan oʻrni va ahamiyati tubdan oʻzgardi. Bu sohada qishloq xoʻjaligida shartnomaviy munosabatlarni tartibga solib turuvchi meʼyoriy- huquqiy xujjatlarni muntazam takomillatirib borili-shi ham muxim ahamiyatga ega boʻlmokda.
Saydullo fermer xoʻjaligi Dehqonchilikka, xususan paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Fermer xoʻjaligi paxtani Andijon-35 va bugʻdoyning Tanya, Kroshka elita navlarini yetishtiradi.
1-jadvalda Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligining uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkasining holati haqida maʼlumotlar, yaʼni uni bonitet ballari koʻrsatilgan.
Fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer uchastkasi 60 gektar boʻlib, 4 kadastr guruhining 7-sinfiga taalluqli. Yer uchastkasini oʻrtacha bonitet bali 54 ballga teng boʻlib, u 5 ta sugʻorish kartalaridan iborat.
Sugʻorish kartalarini oʻrtacha xajmi 20 gektarga teng boʻlib, ularning xajmi qishloq xoʻjalik ekinlariga ishlov berish jarayonida mexanizatsiya-lash talablariga toʻla javob beradi. Amaldagi meʼyorlar boʻyicha paxta-gʻalla yoʻnalishiga ixtissoslashgan fermer xoʻjaliklarining sugʻorish kartalarini xajmi kamida 5-6 gektarni tashkil etib, ularni bir tomonga ishlov berish uzunligi 1000 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligini umumiy yer maydonini taqsimotiAndijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligini umumiy yer maydonini taqsimotiAndijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligini umumiy yer maydonini taqsimotiAndijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligini umumiy yer maydonini taqsimoti


Download 328,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish