Fermer xo‘jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanish reja


Yerdan foydalanishda davlat nazorati



Download 328,64 Kb.
bet2/7
Sana14.06.2022
Hajmi328,64 Kb.
#671131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi menejmenti kus ishi

Yerdan foydalanishda davlat nazorati.

Yer xususidagi nizolar yerlarni egalik qilish va foydalanish uchun berish, qaytarib olish, chegaralarni belgilash, yerlardan foydalanish va muxofaza qilish qoidalarini buzishdan kelib chiqadi.
Yerlarga egalik qilish va foydalanish jarayonida har xil holatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunda yer munosabatlari subyektlari (jumladan davlat organlari)ning xarakatlari yoki ularning zarur boʻlgan xarakatlarni asossiz bajarmasliklari yer egalari, yerdan foydalanuvchilar hamda davlat-ning huquqlarini buzilishiga olib keladi.
Masalan, bir subyektga berilgan yer uchastkasini ikkinchi subyektning oʻzboshimchalik bilan egallab olishi va foydalanishi; belgilangan muddatda yer uchastkasini qaytarib bermaslik va xokazo. Shu holatlar okibatida yuzaga kelgan munozaralar yer xususidagi nizolar deb ataladi. Yer xususidagi nizolar yerdan foydalanuvchilar oʻrtasida, ular bilan davlat boshqaruv organi oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Shuni xisobga olish kerakki nizolar haqiqiy (kachonki haqiqatdan ham huquqlar buzilgan) va hayoliy (qachon shaxs oʻz yanglishishi okibatida xuquqlar buzilgan deb xisobaydi) boʻlishi mumkin. Ikkala holatda ham nizolarni hal qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: dastlab nizo qiluvchilarning nizosi mazmuni va ularning huquqlari chegarasi aniklanadi, soʻngra ularning bir-biriga nisbatan majburiy hisobangan xarakatlari oʻrnatiladi. Agar haqiqatdan xam tomonlardan birining huquqi buzilgan boʻlsa nizo uni tiklash orqali yechiladi, agar u xayoliy boʻlsa nizo tomonlarga ularning huquqlarini tushuntirish orqali yechiladi.
Yer kodeksining 90-moddasiga muvofik kuyidagi xolatlarda xam aybdor shaxslar javobgar xisobanadilar:
-yerlardan belgilangan maksadda foydalanmaganlikda;
-yer uchastkalarini uzboshimchalik bilan egallab olganlikda;
kishlok xujaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroksiz xolga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chikarish chikindilari va okava suvlar bilan ifloslantirganlikda;
-yerlarning xolatiga salbiy taʼsir kursatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, kurganlikda, loyixalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;
-yerlardan foydalanishning tabiatni muxofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;
-yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga karashli yer uchastkalarining marza belgilarini yuk qilinganlikda;
-davlat yer kadastri maʼlumotlarini buzib kursatganlikda;
-uzboshimchalik bilan pichan urganlikda va chorva mollar boqqanlikda;
-yovvoyi oʻtlar va zarakunandalarga karshi kurash choralarini koʻrmaganlikda;
-yerdan xoʻjasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning xolatini yaxshilash xamda tuprokni suv va xavo eroziyasidan va tuprok xolatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saklash majburiyatlarini bajarmaganlikda;
-yer uchastkalari berish tugrisidagi arizalarni kurib chikishning belgilangan muddatlari va tartibini buzganlikda.
Yer toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun huquqiy sanksiyalar kullaniladi. Ular uz navbatida mazmuniga kura: yerga huquqiy, jinoiy, maʼmuriy, tartibga chakiruvchi va mulkiy kurinishga bulinadi.
Yerga huquqiy sanksiyalar yer uchastkasining huquqiy takdiri bilan boglik buladi. Agar yer uchastkasi oldi-sotdisi fukarolar tomonidan ochik kurinishda amalga oshirilsa, yer uchastkasi kaytarib olinadi. Kaytarib olish tugrisidagi tegishli davlat xokimiyat organi karorida yer uchastkasi sotuvini amalga oshirgan shaxsdan (sotuvchi) kaytarib olinishi kerakligi kursatiladi, amalda esa u sotib olgan shaxsdan (xaridordan) tortib olinadi.
Agar oldi-sotdi tashkilotlar oʻrtasida amalga oshirilgan bulsa, yer uchastkasi sotuvchiga kaytariladi. Agar tashkilot yer uchastkasini fukarodan sotib olgan bulsa, u xaridorda koldiriladi yoki u tortib olinib boshqa foydalanuvchiga beriladi. Konunga asosan garovga kuyilgan, xadya qilingan yer uchastkalari xam agar tomonlardan biri tashkilot bulmasa davlat xisobiga tortib olinadi.
Yer uchastkalari uzboshimchalik bilan egallab olinganda uni kim egallab olishidan katʼiy nazar kaytarib olinadi. Jinoiy javobgarlik deganda konun xujjatlarini buzgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazoni kullash tushuniladi. Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan (229-modda) yer uchastkalarini uzboshimchalik bilan egallab olish yoki ayriboshlash, oldi-sotdini amalga oshirish yoki boshqa konunni buzuvchi xarakatlar uchun maʼlum muddatga (1-3 yil) axlok tuzatish ishlari yoki jarima tulash (eng kam ish xakining 50-100 baravari mikdorida), 6 oygacha kamok yoki 8 oygacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadilar, yuridik shaxslar esa uz vazifalaridan chetlashtiri- ladilar.
Xuddi shunday konunbuzarliklar agarda tegishli maʼmuriy jazo chorasi kullanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa u xolda fukarolarga eng kam ish xakining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha mikdorda jarima solinadi.
Chegara va marza belgilarini yo’q qilish yoki shikastlantirish (69- modda):
-Egalikdagi yoki foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini yuk qilish yoki shikastlantirish.
Ushbu konunbuzarlikni sodir etish 69-modda buyicha fukarolarga eng kam ish xakining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha mikdorda jarima solishga sabab buladi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat kumitasi, organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik tugrisidagi ishlarni kurib chikish va jarima solish tarikasida kuyidagi huquqga egadir:
-Uzbekiston Respublikasi yerdan foydalanish va uni muxofazalash ustidan nazorat qilish buyicha Davlat bosh inspektori va uning urinbosarlari - fukarolarga eng kam ish xakining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravarigacha;
-Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning yerdan foydalanish va uni muxofazalash ustidan nazorat qilish buyicha davlat inspektorlari fukarolarga eng kam ish xakining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravarigacha mikdorda jarima solishga xaklidir.
Yer tugrisidagi konun xujjatlari yuridik shaxslar yoki korxona, tashkilot va muassasalarning xodimlari tomonidan buzilsa va shu bilan bir vaktda mexnat intizomi xam buzilgan deb xisoblansa ularga nisbatan tartibga chakiruvchi javobgarlik sanksiyalari kullaniladi.
Qonunda mulkiy javobgarlikning ikki xil kurinishi kuzda tutilgan: chegaralangan va tuliq.
Chegaralangan mulkiy javobgarlikda keltirilgan zararni koplash uchun oddiy ishchilar yoki xodimlardan ish xakining maʼlum bir foizi ushlab kolinadi, yuridik shaxslardan esa jarima oylik ish xakining bir necha baravariga teng buladi. Misol uchun MJK ning 60-moddasiga asosan mansabdor shaxslarga eng kam ish xakining uch baravaridan yetti baravarigacha mikdorda jarima solinadi.
Tulik mulkiy javobgarlik, asosan korxona bilan individual shartnoma tuzgan xodimlarga nisbatan kullaniladi. Agar keltirilgan zarar konunbuzarning oylik ish xakining uchdan bir kismidan oshmasa maʼmuriyat karoriga kura oylik ish xakidan ushlab kolish orkali koplanadi. Agar keltirilgan zarar amalda kup bulsa maʼmuriyat talabi buyicha ish sudda kurib chikiladi.




    1. Download 328,64 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish