Lord Lyuvisning shtabi
Har doimgiday klassik musiqa eshitib, dam olib o'tirgan Lord Lyuvisning eshigini taqillatib, bezovta ahvolda "4488" raqamli vampir Albert kirib keldi.
–Milord,-tiz cho'kdi Albert,-Huzuringizga bir qochoq vampir kirishni istayapti...
–Qachondan beri "qochoq vampir" degan atama paydo bo'lib qoldi? Keyin uning menda nima ishi bor ekan?
–Juda ham muhim! Eshitib biroz dahshatga tushdim, milord.
–Yaxshi, kirishi mumkin.
Albert eshikni ochib, ichkariga egniga qora plash kiyib olgan, ko'zlari qizil va oppoq yuzli vampir yigitni kirgazdi. U Lyuvisga ta'zim qilib, gap boshladi:
–Milord, mening ismim Mikael. Men Nimmerlandga yaqin bo'lgan shtablardan birida yashardim. U yerni Anabella ismli vampir boshqarardi...
–Anabella? Uni taniyman. Ammo ko'rishmaganimizga ancha yillar bo'lib ketdi.
–Sizning fermangizdan 15 nafar bola hamda Piter Minervaga shogirdlikka olingan xodim qochib ketgan ekan. Shu rostmi?
Lyuvisning yuziga jiddiy qiyofa kirib, orkestrga bas qilish ishorasini berdi.
–Xo'sh?
–Biz o'sha bolalarni tutib oldik...
–Rostdanmi? Hozir ular qayerda?-Lyuvis darhol o'rnidan turdi.
–Ular Anabella xonimga sizning shtabingiz xaritasini chizib berib, bir nechta sirlarni aytib berishdi. Evaziga esa Anabella ularni qo'yib yubordi.
–Nima?!-Lyuvis g'azab va dahshat ichida baqirib, Mikaelning yonida paydo bo'lib qoldi. Keyin esa uni bo'g'ib, tepaga ko'tardi.
–Bu gaplarim yolg'on deb ayt! Hoziroq!
–Milord...ammo bu rost...
–Hoziroq yolg'on deb ayt!
–Agar chora ko'rmasak...Anabella shtabingizni butunlay egallab oladi...
Lyuvis qaltirayotgan qo'llari bilan Mikaelni yerga uloqtirib, ortiga o'girildi.
–Yaramas Emma...sen boshimga bigan balo bo'lding! Albert, hoziroq menga Piter Minerva hamda shtab buvisini boshlab kel! Sen esa Mikael...senga ishonishim mumkinligini qanday isbotlay olasan?
–Men shu paytgacha Anabellaning boshqaruviga qarshi chiqib kelganman. Ammo so'nggi kunlarda mening tarafdorlarim ham mendan butunlay yuz o'girib, Anabella tomonga o'tib ketishdi. Yagona maqsadlari esa sizning shtabingizdan olinadigan boylik. Milord, men bu yerga yaxshi niyat bilan keldim. Menga ishonish yoki ishonmaslik sizning qaroringiz...
* * *
«YSM»
Janob Rozvald bilan bo'lib o'tgan uchrashuv tugagach, William hech narsa demay, bolalarni yana ular uchun vaqtinchalikka ajratib berilgan xonaga tashlab ketdi. U chiqib ketgach esa, Mayk, Rey, Don, Luna va Roza darhol uni savolga tuta boshladi:
–Nega bunday qilding?!-asabiylasha boshladi Mayk,-Axir Anabellaning shtabiga ketib qolishimiz ham mumkin edi-ku! Bu yerda qolishdan nima foyda?
–Hali ham tushunmadingmi?-so'radi Rey,-Emma o'sha Rozvald deganlarining aybini isbotlovchi dalil topmoqchi.
–To'ppa-to'g'ri,-tasdiqladi Emma,-Dalilni hammaga ko'rsatib, uni albatta fosh qilamiz. "YSM" ga esa William Minerva prezident bo'lib qoladi.
–Endi tushundim!-jonlanib ketdi Mayk,-Shuning uchun ham aynan William Minerva bilan yashashimizni istading, shundaymi?
–Ha. Biz uni albatta o'zgartiramiz. U biz tarafda bo'ladi. Bu uchun esa shunchaki vaqt kerak, xolos. "YSM" albatta vampirlarga qarshi urushni boshlaydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |