Ferma 4-fasl


-QISM PREZIDENT ROZVALD



Download 188,69 Kb.
bet3/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Документ

2-QISM

PREZIDENT ROZVALD

Emmaning gaplari va qat'iyatini ko'rgan William Minerva uni nima qilib bo'lsa ham shaharda olib qolishga hamda "YSM" prezidenti janob Rozvald bilan uchrashtirishga qaror qildi. Ammo hamma bolalarni emas, faqatgina Emma, Rey, Mayk, Don, Luna va Rozani, xolos. Qolgan bolalar esa vaqtincha "YSM" shtab kvartirasida qolishiga to'g'ri keldi. Ulkan binodan yana sershovqin va qo'rqinchli, odamlarga to'la bo'lgan gavjum ko'chalarga chiqib qolgan bolalar o'zlarini yomon his qilib, biroz vahimaga tushib qolishdi. Ular hech qachon bunchalik ko'p odamlarni ham, bir-biridan g'aroyib qurilgan ko'p qavatli binolarni ham ko'rishmagan.

–Vampirlar hujumi sivilizatsiyaga juda qattiq ta'sir ko'rsatdi,-tushuntira boshladi William,-Ular sabab haligacha 2000-2100-yillardagi texnologiyalar va qurilish uslublaridan foydalanishga majburmiz. To'g'ri, ba'zi narsalar juda ham zamonaviy, ammo ba'zilari esa hattoki XX asrni ham eslatishi mumkin. Qurol yaratishga yetarli imkoniyat va sharoit yo'q. Zo'rg'a oddiygina miltiq yarata olganmiz. Ammo bu vampirlarni o'ldira olmaydi...

–O'ldira oladi,-Rey Williamning gapini bo'ldi,-Agar qurolga ishlatiladigan porox tarkibiga kuygan sarimsoq kuli qo'shilsa, u vampirlarni yo'q qila olishi mumkin.

–Bu haqida shtabda yashagan paytim bilib bo'lganman. Ammo sarimsoqlar butunlay yo'q qilingan. Ularni qayta ekish va ko'paytirish haqida juda ko'p bosh qotirilgan, ammo boshlang'ich urug'lik topilmagan.

–Yovvoyi sarimsoq-chi?-so'radi Roza.

–Yovvoyi sarimsoq? Bunaqasini eslolmayapman...agar undan biror naf bo'lganida, "YSM" olimlari allaqachon ommaga e'lon qilgan bo'lardi.

–Kara oyi bizga bekorga aynan yovvoyi sarimsoq berib yubormagan. Bu nafaqat hid qochirish, balki vampirlarni o'ldira oladigan qurol bo'lishi ham mumkin!

–Emma, bunday maxfiy ma'lumotlar shtab buvisiga oshkor qilinmaydi. Bunday xavfli ma'lumotlar butunlay yo'q qilinib, qayta eslanmasligi kerak. Kara sizlarga yovvoyi sarimsoqni shunchaki vampirlar is olmasligi uchun bergan.

–Ammo sinab ko'rish mumkin-ku?-so'radi Mayk,-Kimdir chiqib yovvoyi sarimsoqdan terib kelsin. Xohlasangiz biz ham birga chiqib, ularning qayerda o'sishini ko'rsatamiz.

–Bu haqida keyinroq gaplashamiz. Metroga tushishimiz kerak. Qo'llaringizni mahkam ushlab oling,-William bolalarni qorong'i va sershovqin yer ostiga olib tushib ketdi. Uzun zinapoyalar bo'ylab pastga tushgan bolalar yer ostiga yotqizilgan ko'pgina temir yo'llari, ularning ikki tarafidagi uzun va oxiri ko'rinmaydigan tunnellar hamda navbatini kutib turgan yuzlab odamlarni ko'rishdi.

–Tanishib qo'ying, bu "YSM" ning yagona transport manbai — yer osti transporti! Yoki boshqacha qilib aytganda, metro.

Shu payt uzoqdan qo'rqinchli va baland ovoz eshitilib, Emmaning qarshisida turgan tunneldan yorug'lik tarala boshladi. Birozdan so'ng ularning qarshisida juda ham uzun, oppoq, bir so'z bilan aytganda chiroyli va hashamdor transport paydo bo'ldi.

–Men bu haqida fizika kitobida o'qigandim,-dedi Rey,-Ammo ular yer ostida emas, yer ustida yurishardi.

–Sen aytayotganing poyezd. Bu esa metro. Poyezddan farqli o'laroq, metro juda ham tez yuradi hamda relslari elektrlashtirilgan. Bo'ldi, ortimdan yuring. Qo'llaringizni mahkam ushlab oling.

William bolalarni olomon orasidan olib o'tib, metro eshigi yonida turgan soqchiga qandaydir karta ko'rsatdi. Soqchi shu zahoti William va bolalarni o'tkazib yuborib, metro ichiga kirgazdi. Yorug', biroz sovuq va shinam metro ichiga kirgan bolalar asta yumshoq o'rindiqlarga o'tirib olib, atrofdagi odamlarga razm solishdi.

–Janob, siz axir bosh vazirsiz-ku?-so'radi Mayk,-Bosh Vazir odamlar orasida bemalol yurishi biroz xavfli emasmi?

–Hech ham xavfli emas. Shaharda hech kim jinoyat qilmaydi. "YSM" qonunlariga ko'ra, oddiygina o'g'irlik uchun ham o'lim jazosi belgilangan. Bu yerda aholi juda ko'p, shunday ekan o'lim jazosi qo'llanishi mumkin.

–Bunday kichkina hudud uchun aholi ko'p bo'lishi mumkin,-dedi Emma,-Lekin dunyo katta. Juda ham. O'z dunyoyimizni vampirlarga topshirib qo'yib, bu yerda bir-birimizni o'ldirib o'tirishimiz ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

–Kel Emma, senga oxirgi marta aytib qo'yay,-William ko'zlarini Emmaning ko'zlariga yaqin olib keldi,-Bu yerning qonun-qoidalarini muhokama qilish sengamas. Sen qachon kelding o'zi? Bugun! Bugungina kelib olgan odam xohlagancha ahmoqona so'zlar ayta olishi mumkin. Bugungina kelib olib, "YSM" siyosatini muhokama qilishga haqqing yo'q.

–Janob Minerva...

–Bas! Yashashni xohlaysanmi, Emma? Albatta xohlaysan. Aks holda bu yergacha qochib kelmasding. Agar yana yashashda davom etishni istasang, ortiq hech qachon bu yerning qonunlarini muhokama qila ko'rma. Hozir sen "YSM" prezidenti janob Rozvaldning yoniga ketyapsan. U bunday gaplarni kechirib o'tirmaydi. U uchun qayerdan kelganingni farqi yo'q...

–Shuning uchun ham tinchgina shaharni tark etishimizga ruxsat bering,-dedi Mayk.

–Bu mening qo'limda emas. Siz shahar ichini ko'rdingiz, shtab kvartirasini, metroni, shahar tuzilishini, binolarini...

–Bu bilan nima demoqchisiz?

–Qayerdan bilaman, balki sizlar vampirlar tomonidan yuborilgan josusdirsizlar? Axir bo'lishi mumkin-ku, to'g'rimi?

–Janob Minerva!-Emma baqirib, o'rnidan turdi.

–Joyingga o'tir, Emma. Hozir metro yurishni boshlaydi. Yana yiqilib tushmagin. Ha aytgancha, boyagi gapimni davom ettirsam: Balki sizlarni vampirlarga qon olish uchun topshirmasliklari evaziga ularga josuslik qilayotgandirsiz? Buni bilib bo'ladimi?

–Aqldan ozganmisiz?! Qanaqasiga yosh bolalardan josus chiqishi mumkin? Sizningcha quloqlarimizni ataylab kesib yubordikmi?

–Bu yerda faqat sen va Reyning qulog'i kesilgan. Keyin, nazarimda oddiy bolaning qo'lidan chipni o'chiradigan moslama yasash kelmagan bo'lardi. Agar shunchalik aqlli bo'lsangiz, o'sha moslama qani?

–U "B32" bazasidagi qochish paytida yo'qoldi,-javob berdi Mayk,-Ammo shunchalik ishonmayotgan bo'lsangiz, Rey sizga qaytadan yasab berishi mumkin.

–Yaxshi, sizlarga ishondim deb turamiz. Ammo hozir prezident Rozvaldning yoniga borgach, unga nima demoqchisiz?

Bu savolga hech kim javob berolmay qoldi. Emma esa metro yura boshlagach, yo'l bo'yi aynan mana shu savolga javob izlab ketdi. Hattoki metrodan tushib, juda ham baland va ko'p qavatli bo'lgan "YSM" hokimiyati binosiga yetib borgach ham hech narsa demadi. Ular binoning tepa qavatlaridan biriga chiqib, soqchilar tomonidan tekshiruvdan o'tkazilgach, yo'lakning oxiridagi xona eshigini taqillatishdi. Ichkaridan ayol kishining "kiring" degani eshitilgach, William bolalar bilan ichkariga kirdi.

–Janob Rozvald xonasidami? Juda ham muhim ishim bor edi.

–Bu bolalar kim?-so'radi ish stoli yonida o'tirgan uzun bo'yli, sariq sochli o'rta yoshli ayol.

–Buni faqat janob Rozvaldga ayta olishim mumkin.

–U holda faqat o'zingiz kirishingiz mumkin. Bolalarni esa janob Rozvalddan ruxsat olgach kirgazamiz.

–Shu yerda qoling,-William bolalarni qora charmdan yasalgan yumshoq o'rindiqqa o'tkazib, o'zi ichkariga kirib ketdi.

Oradan 5 daqiqa o'tar o'tmas, William eshikni ochib, bolalarni ichkariga taklif qildi. Ular o'rinlaridan turib, o'sha mashhur prezident Rozvald deganlarini ko'rish uchun ichkariga kirishdi. Ichkaridagi xona butunlay yam-yashil bo'lib, har xil portretlar-u, bir-biridan g'aroyib tuvakka ekilgan o'simliklar bilan bezatilib chiqilgandi. Bolalarning qarshisidagi stolda o'tirgan yashil kiyim va yashil shlyapali, uzun mo'ylov qo'yib olgan va bir ko'ziga zanjirli linza qistirib olgan qariroq kishi o'rnidan turib, tirjayib qo'ydi.

–"YSM" ga xush kelibsiz, bolalar. O'ylayman-ki, shahrimiz sizlarga yoqdi. Menimcha o'zimni tanishtirishim shart emas, shundaymi?

–Ha, janob Rozvald,-Emma oldinga chiqib gap boshladi. Bu uning metrodagi savoldan beri ilk marta gapirishi edi,-Agar ruxsat bersangiz, sizga ham boshimizdan o'tgan voqealarni birma-bir aytib bersam.

–Mayli, bemalol. Mening vaqtim serob. Qani, boshlang.

Emma Rozvaldga ham yetimxona sirini bilib qolgani, u yerdan qochgani, vampirlar shtabi, "B32" bazasi, Lord Lyuvisning aldovi, Karaning o'limi, "B14" va Anabellaning shtabi haqida aytib berdi. Barcha haqiqatni eshitib bo'lgan Rozvaldning hatto pinagi ham buzilmadi. Avval qanday tirjayib o'tirgan bo'lsa, hozir ham xuddi shunday o'tirgan bo'lardi.

–Gaplarim oxirida shuni aytmoqchiman-ki,-dedi Emma,-Ozod yashash uchun mana shunday shaharda boy va badavlat yashash yetmaydi. Boy yashash ozodlik emas. Haqiqiy ozodlik — o'zligingizni sotmaslikda.

–Bu gaping bilan meni o'zligimni sotgan demoqchimisan?-so'radi Rozvald jiddiylashib.

–Yo'q, janob Rozvald. Biz "YSM" da butunlay qolishga va shtab haqida ham, ferma haqida ham ortiq og'iz ochmaslikka rozimiz.

–Nima?!-Mayk va Rey hech narsaga tushunmay baqirib yuborishdi. Emma esa gapida davom etdi:

–Vampirlarga bolalarni aynan siz yetkazib berishingizdan xabarim bor, janob Rozvald.

–Nima?! Bu yana qanaqa ahmoqona gap bo'ldi?!

–Shahardagi radiatsiya sabab egizaklar tug'ilishi avj olgan. Egizaklardan qutulish uchun esa siz bolalarni 10 ta vampirlar shtabiga yetkazib berib turasiz. Bu uchun ular sizga haq ham to'lasa kerak, to'g'rimi?

Emmaning bu gaplarini eshitib, Williamning ko'zlari katta-katta ochilib ketdi. Rozvald esa qaltiragancha ortiga tisarildi.

–Sen hozir aytayotgan gaplar asossiz!-baqirdi Rozvald,-Sen prezidentga tuhmat qilyapsan! Bu ishing uchun "YSM" qonunlariga ko'ra...

–O'limga hukm qilinaman. Ammo men "YSM" fuqarosi emasman. Men tashqaridan keldim.

–Sening gaplaring rost bo'lsa ham, hech kim senga ishonmaydi, Emma. Bu yerda men haq bo'lib chiqaman.

–Men bu gaplarni hech kimga aytish niyatim yo'q. Men shunchaki bir narsani xohlayman. "YSM" da men va oilam janob Minerva bilan tinchgina yashashiga qo'yib bering. Boshqa hech qachon ferma haqida ham, vampirlar haqida ham og'iz ochmaymiz.

–Nima? Nega endi men bilan?!-baqirib yubordi William.

–Axir o'zingiz boya bizni va'siylikka olish haqida aytmadingizmi?

–Yaxshi,-dedi Rozvald,-Garchi sen aytayotgan gaplar qup-quruq tuhmat bo'lasada, iltimosingni bajarishga roziman. Bu bilan faqatgina qanchalik oliyjanob ekanligimni ko'rsatib qo'ygan bo'laman.

–Juda soz,-jilmayib qo'ydi Emma,-Demak "siz bizga tegmaysiz, biz esa sizga" degan kelishuv imzolandi...


Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish