Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet8/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Документ

Oradan 2 soat o'tdi

Bolalar o'rinlaridan turib, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'la boshlashdi. Hamma o'z-o'zi bilan ovora bo'lib turgan payt Mayk Reyni Williamning shaxsiy kutubxonasiga chaqirdi. Rey ichkariga kirishi bilan uning yoqasidan ushlab, kitob javoniga mahkam tiradi.

–Sen atayin qilding! Ataylab qilding, Rey!

–Nimani ataylab qildim? Gaplaringga tushunmayapman.

–Tushunib turibsan! Senga barchasini yetimxonada yashayotgan paytimizdayoq aytib bergandim! Sen ataylab qilding! Nima xohlaysan o'zi?!

Rey Maykni nariga itarib, yoqasini to'g'irlab oldi. Keyin esa yonida turgan javondan "YSM" qonunlari kitobini olib, Maykka uloqtirdi.

–Ma, ushla. O'qib o'tir. Men esa u bilan miriqib gurunglashaman.

–Rey!


–Sen qo'rqoqsan, Mayk. Yo'q, qo'rqoq emas, jur'atsizsan. Unga ichingdagi barcha gapni aytishing mumkin edi. Ikki marta...ikki marta aytmoqchi bo'lding. Lekin uddalay olmading. Birida oyim seni yetimxonadan jo'natayotgan edi. Yana birida esa virus sabab o'layotgan eding. Senda imkon bor edi. Hatto hozir ham. Lekin sen jur'atsizlik qilding. Jur'atsizlikning oqibati esa shunday bo'ladi...

–Sendan nafratlana boshlamasligim uchun hech bo'lmasa bitta sabab keltir, Rey!

–Sabab? Sabablar juda ko'p. Lekin vaqtimni sarflab ularni senga birma bir aytib berish niyatim yo'q. Yomon ko'rsang ko'raver. Bu sening ishing...

Emmaning tug'ilgan kuni qanchalik uzoq kutilgan bo'lsa, shunchalik tez o'tib ketdi. Darrov kech tushib, William ishdan ertaroq qaytdi. U o'zi bilan olib kelgan katta oppoq tortni stol ustiga qo'yib, shamlar yoqib chiqdi. Keyin esa barcha bolalarni stol atrofiga yig'di. Emmaning oldiga Maykdan birinchi Rey o'tirib oldi. Ikkinchi tarafiga esa William joylashdi.

–Demak, uzoq cho'zib o'tirmaymiz,-dedi William,-Tezroq tilak tilab, shamni o'chir. Keyin esa tortni bolalarga bo'lib beramiz.

Emma ko'zlarini yumib, ichida niyat bildirdi. Keyin esa barcha shamlarni bir puflashda o'chirib, pichoq bilan tortning katta bo'lagini kesib Williamga uzatdi.

–Dada, menga sovg'alaringiz juda ham yoqdi. Lekin men so'ragan sovg'ani ham bera olasizmi?

–Emma...


–Gapiring. Yoki ha, yoki yo'q deng. Biz bilan birga "YSM" prezidentini fosh qilasizmi?

–Agar rejamiz o'xshamasa, u hammamizni o'ldirishini bilasan-a?

–Ha, dada. Lekin rejamiz o'xshashiga ishonchim komil. Biz uddalaymiz.

William Emma uzatgan tortni olib, chuqur xo'rsinib qo'ydi.

–Menimcha bu hayotimdagi eng katta xatolarimdan biri bo'lsa kerak...roziman.

–Shunday qarorga kelishingizni bilgandim!-Emma quvonch bilan qichqirib yubordi,-Ana endi menga haqiqiy tug'ilgan kun kayfiyati kirdi. Xo'sh, yana kim tort xohlaydi?

Barcha bolalar "Men! Men!" deb baqira boshlashdi. Emma esa qo'liga pichoqni olib, barcha bolalarga tortni teppa-teng qilib bo'lib berdi. Emmaning bu tug'ilgan kuni o'tgan yilgisidan farqli o'laroq quvonch va baxt ichida o'tdi. Hamma bu kunni xursandchilik bilan nishonladi.

Yarim tun yaqinlashib, bolalar uyqusiray boshlagach, Emma o'rnidan turib Luna va Rozaga bolalar xonasini tozalab, tartibga keltirib qo'yishni buyurdi. O'zi esa ularning yuz-qo'llarini yuvdirdi.

–Roza, kechagi ahmoq jurnalistning ovozini yozuvini o'chirib tashlamaganmiding?-so'radi Emma qo'liga gazeta olib.

–O'chirib tashladim. Axir o'zing aytding-ku.

–Menimcha biroz shoshilibsan. Bu yerda yozilishicha ertangi sonda "Oq-qora" gazetasida jurnalist Marta Gudmenning William Minerva haqidagi maqolasi chiqar ekan.

–Axir o'zing o'chirib tashla deding! Endi esa biroz shoshilibsan deyapsan. Ayb o'zingda.

–Roza, men hali seni ayblamadim. Mayli, o'chsa o'char. O'sha ahmoq jurnalistning maqolasidan hech kim qo'rqmaydi.

–Yaxshi. Agar direktorimizning boshqa gaplari bo'lmasa, uhlagani yotmoqchi edim.

–Bu yana qanaqa hazil bo'ldi? Men kimgadir buyruq beribmanmi? Yoki tortni senga kichikroq kesib berganim uchun xafamisan?

–Yana qanaqa tort?! Sen...sen ahmoqsan. Xayrli tun!

Roza ichkariga kirib ketishi bilan qo'liga radio ushlab olgan Mayk paydo bo'ldi. Radiodan "YSM" ning madhiyasi eshitilib turardi. U Emmaning yoniga o'tirib, radioni stol ustiga qo'yib qo'ydi.

–Rey bilan gaplashmadingmi? Har holda boyagi tabrigidan so'ng barcha hayron qoldi.

–Buning nima ahamiyati bor?-so'radi Emma,-Kimgadir o'z shaxsiy hayotim haqida gapirib berishni istamayman.

–Shaxsiy hayot?-qaytardi Mayk,-Qachondan beri shaxsiy hayoting paydo bo'lib qoldi? Axir oilamiz bilan birga yashamasmiding?

–Shundoq ham oilamiz bilan yashayapman. O'zing ham tushunib turibsan, Mayk. Ayrim narsalar o'ta shaxsiy bo'ladi va ularni boshqa birovga oshkor qilish shart emas.

–Boshqa birov? Axir biz do'stlarmiz-ku...bolalikdan birga o'sganmiz. Eng yaqin do'stlar.

–Do'st?-Emma kulgu aralash savol berdi,-Bilasanmi Mayk, men Reyning tuyg'ularini javobsiz qoldirishni istamayman. Hozirgacha ham o'ylanib o'tirgandim, ammo endi qaror qabul qildim. U aqlli, qo'rqmas, ayyor, har qanday vaziyatdan chiqib keta oladi. Biz uchun o'zini o'ldirmoqchi ham bo'lgan. Nega endi uni chetda qoldirishim kerak?

–Emma...bu shart emas-ku. Axir bir oilamiz...

–Sening nima ishing bor? Axir sen ham Reyni yaxshi ko'rasan-ku, to'g'rimi? U bilan qadrdon do'stsizlar. Men yotib uhlamoqchiman. Bayram uchun rahmat. Xayrli tun.

–Emma...


–Biror ishni qilmoqchimisan, kechiktirmay shu ishni qilishing kerak. Kech bo'lganda afsuslanib o'tirmaslik uchun. Mening esa hozir uyqim kelyapti. Ertaga Rozvaldni fosh qilamiz. Yaxshi dam ol.

Ertasiga ertalabdan radioda "YSM" madhiyasi yangrab, bolalarni uyg'otdi. Ular o'rinlaridan turib, kechagi ziyofatdan ortib qolgan noz-ne'matlar bilan nonushta qilishayotgan payt radiodan prezident Rozvaldning balandparvoz nutqi eshitila boshladi:



«Aziz qardoshlarim! Mana navbatdagi oktyabr oyini ham ko'ngildagiday o'tkazib oldik. Endi esa ushbu oyda bo'lib o'tgan eng katta o'zgarishlar haqida qisqacha aytib o'tsam:

Avvalo, tug'ilish va ko'payish ko'rsatkichi avvalgidan 31 foizga kamaydi. Bu bir oy uchun juda katta natija! Agar hammasi shu zaylda ketadigan bo'lsa, "YSM" da yashash yoshini 45 emas, 50 yoshgacha ham ko'tara olishimiz mumkin

–Ellik yosh emish,-Emma istehzo bilan kulib qo'ydi,-Nega davlat amaldorlari o'z ajaligacha yashashi mumkin-u, lekin oddiy xalq 45 yoshgacha yashashi kerak? Bu ham Rozvaldga qarshi ko'tariladigan norozilik harakatlariga yana bir turtki bo'la oladi.

–Agar davlat amaldorlari ham 45 yil yashaganida, men hozir o'lib ketgan bo'lardim,-dedi "Oq-qora" gazetasini varoqlab o'tirgan William,–O yo'q! Anavi tentak jurnalist bizga urush e'lon qilganga o'xshaydi.

Barcha bolalar Williamning yoniga yig'ilib olishdi. William esa qo'lidagi maqolani o'qishni boshladi:



«Avvalambor hammaga salom, aziz obunachilar! Sizga mamnuniyat bilan tez orada meni gumdon qilishlari mumkinligini aytib qo'ymoqchiman. Nima sababdan dersiz, albatta sababi bor.

Yaqinda sodir bo'lgan bir necha ko'ngilsizliklar tufayli William Minerva va to'satdan paydo bo'lib qolgan 16 nafar bola haqida surishtirib ko'rishni niyat qildim. Ammo ular menga tahdid qilishdi. Agar uylarini tark etmasam, o'ldirishlarini aytib qo'rqitishdi. Azizlar, mulohaza qilib ko'ring, axir "YSM" da "Bir oila uchun bir nafar farzand" siyosati qo'llanmaydimi? Bu qanday uchiga chiqqan betgachoparlik bo'ldi? Davlat amaldorlari kimnidir o'ldirishi yoki qonunlarni buzishi mumkinmi? Bunga prezident Rozvald qanday qarayapti? Nega u barchasini bilaturib bosh vazirni jazolamayapti? Biz, butun xalq bunga izoh kutyapmiz! Demak biz ham o'zimiz bilan xohlagancha bola olib qolib, boqishimiz mumkinmi? William u bolalarni qayerdan olib keldi o'zi? Yoki bu avvaldan sir tutilganmi? Xushyorroq bo'ling, azizlar! Oyoqqa turing! Bu siyosatga qarshi chiqing! Bizga adolat kerak! Yashasin adolat!!!»

–Oldiga borib, boshiga to'pponcha tirasang, adolat deb yozgan qo'llari bilan poyinga tiz cho'kadi,-shivirladi hafsalasi pir bo'lgan William,-Mana shunaqalarni haqiqiy tilyog'lamachi deyish mumkin.

–Demak vaqtimiz kam qolibdi,-dedi Rey,-Agar bizga qarshi oyoqqa turishsa, Rozvaldni fosh qilishga ulgurmay qolishimiz mumkin.

–Ulguramiz!-Emma o'rnidan turib, qo'liga Roza Martaning ovozini yozib olgan g'ishta o'xshash ko'p funksiyali telefonni oldi,-Chunki Rozvald bugunoq fosh bo'ladi...




Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish