YERYONG'OQ O'SIMLIGINING BIOLOGIK TARKIBI VA UNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Choriyeva V.T, Murodov S.A 73
GIDROPONIKA SUBSTRATLARIDA DORIVOR QOVOQ O’SIMLIGI
YETISHTIRISHNING O’ZIGA XOS YO’LLARI VA TIBBIYOTDA ISHLATILISHI
Davidov M.A., Tilavoldiyeva D.X 74
“XALQ TABOBATI—O`TMISHI VA KELAJAGI” АKUPUNKTURA BILAN DAVOLASH USULLARI.
Dexkanova N.N, Sotivoldiyeva D.S 75
XALQ TABOBATIDA QUM BILAN DAVOLASH.
Dexkanova N.N, Abdurahmonova G.A 77
ОБОГЩЕНИЕ ХЛЕБА И ХЛЕБОБУЛОЧНЫХ ИЗДЕЛИЙ С БИОЛОГИЧЕСКИ АКТИВНЫМ ВЕЩЕСТВОМ ИНУЛИНОМ
Давидов М.А., Абдуллаев О.Р 78
YERYONG'OQ O'SIMLIGINING BIOLOGIK TARKIBI VA UNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Choriyeva V.T, Murodov S.A
Buxoro Davlat Universiteti
Hozirgi kunda inson organizmida immunitet yetishmovchiligi, makro va mikro elementlar hamda vitaminlar yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish va davolshda faydalaniladigan elementlarni o'zida saqlovchi o’simliklardan biri yeryong'oq o'simligidie .
Rux elementi inson oranizmida immunitet tizimini mustahkamlaydi. Bu immunitet hujayralarining ishlashi va hujayra signalizatsiyasi uchun zarur bo'lganligi sababli, etishmovchilik bo'lsa immunitet zaiflashadi, u limfositlar va himoya antikorlarini faol ravishda shakllantiradi hujayralarning mikroblarga qarshi faolligini oshiradi.
Ularning qo'shimchalari ma'lum immunitet hujayralarini va oksidlovchi stressni kamaytiradi. Masalan, ettita tadqiqotni qayta ko'rib chiqish shuni ko'rsatdiki, kuniga 80-92 mg qo'shib berish umumiy sovuqning davomiyligini 33 foizgacha qisqartirishi mumkin va bu qo'shimchalar yuqtirish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va keksa yoshdagi odamlarda immunitetni kuchaytiradi.
Yeryong'oq mag'zi juda mazili bo'lib xomligicha yoki qovurilgan xolda istemol qilinadi, shuningdek qandolat maxsulotlariga qo'shiladi. Yeryong'oq moyi oziqlik sifati jihatdan ko'pincha o'simlik moylaridan ustun turadi. Yeryong'oq mag'zini meda va ichak kasalliklarida ichni suradigan yumshatadigan, o'rab oladigan, og'riq qoldiradigan, mayin dori tariqasida, shuningdek talvasaga qarshi vosita sifatida ham qo'llaniladi. Yeryong'oq mag'zi gemoragik diatez bilan og'rib yurgan bemorlarga davo qilishda yaxshi naf beradi, chunki tramboplastin hosil bo'lishini kuchaytiradi. Asab tizimining normal faoliyatida, DNK va RNK sintezi miyaning tog'ri ishlashi uchun zarur bo'lgan filat-B9 vitaminiga boy, uni meyorida istemol qilish miya faolyatini rag'batlantiradi va zaiflanishidan himoyalanadi. Yeryong'oq inson tanasidagi yaralarni davolashni tezlashtiradi. Ushbu mineral ko'pincha shifoxonalarda kuyish, ayrim yaralar va terining boshqa shikastlanishlarini davolash uchun ishlatiladi. Ushbu mineral kollagen. Bu to'g'ri tiklanish uchun juda muhimdir, chunki u sintez, immun funktsiyasi va yallig'lanish reaktsiyasida hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Yeryong'oq (arachis idis) - bo'yi 25-75 sm ga boradigan bir yillik o'simlik ildizi sershox poyalari asasida kop shoxlanib, tik turadi, sal ko'zga ilinadigan 4-5 qirrali bo'ladi, yanalg'och yoki tuk bilan qoplangan. Barglari navbatma-navbat joylashgan, tukli, uzunligi 3-11 sm, juft patsimon, bandli. Gullari barg qo'ltiqlaridan chiqadi, och sariq yoki qovoqrang ko'rinshda bo'ladi,shoxlarining pastki qismlarida va yer tagida joylashadi, changlangandan keyin gul kosasi, tojisi va chanchilari qurib ketadi, tugunchasi tik yuqori va pastga qarab o'sib tuproqqa kiradi va shu yerda meva tugadi. Mevasi ochilmaydigan cho'zinchoq dukkak. Dukkaklari yashilga moyil sariq rangda, ichida bittadan beshtagacha urug'i bo'ladi. Urug'lari cho'zinchoq, moyli, qizg'ish yupqa paxta bilan o'ralgan. Iyun oxiri iyul boshidan to kech kuzgacha gullaydi, sentabr oktabr oylarida meva tugadi. Xalq xo'jaligida ahamiyati jihatdan u qimmatli moyli o'simlik hisoblanadi. Urug'ini tarkibida 45-66% gacha yog', 23-38%gacha oqsil boladi, treterpen saponinlar, glikozid, araxidozit, leykodelfenidel, betain, xolin, 17% gacha glukobulinlar, 17% gacha glutaminlar, 23% gacha kraxmal, 7,47% gacha qandlar, aminokislota shuningdek B va E vitaminlar, pantotenat kislota va boshqalar bor. Mevalari po'stida glukoza bilan agluyukon va boshqa moddalarga parchalanadigan araxidozid degan glukozid bo'ladi. Yeryong'oqni vatani Janubiy Amerika, Braziliya, Kavkazorti respuplikalari, dastlab Fillipin orollariga keyinchalik Yaponiya, Xitoy, Hindistonga keltirilgan, o'rta osiyoning hamma hududlarida ekiladi, bizning mamlakatimizga XIX asrning boshlarida ekila boshlangan.
Botanik xususiyatlari: Yeryong'oq dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub - Arachis hupogaea L avlodi va turiga kiradi. Eng kop tarqalgan turi Vulgaris Z. Luiz . Bu kenja turi poyasining balandligi, shoxlanishi, bargining shakli, kattaligi, dukkagining tuzilishiva donining rangi bo'yicha faqrlanadi. Yeryong'oq tik o'sadigan va yotib o'sadigan shaklari bor. Bizning mamalakatimizda tik o'sadigan shakli tarqalgan, poyasining uzunligi 50-60sm, ildizi o'q ildiz tizimli 1,5 m chuqurlikga kirib boradi, poyasi o'tsimon tik o'sadi poyasining soni 4-20 tagacha, balandligi 10-80 sm gacha boradi va tuk bilan qoplangan boladi, barglari juftr patsimon, bargining ustki qismi silliq, pastki qismi tukli, barg bandli yog'ochlashgan uzunligi 5 sm gacha, tukli pastki qismida ikkita yon barglari bor, guli kapalaksimon, barg qo'ltig'ida 2-3 ta bo'lib joylashadi, gulining rangi sariq yoki qovoq rangda bo'ladi, chanchisi 10 ta, urug'chisi uzun ingichka, tumshuqchali, tugunchasi bir uyali. Yer ustki gullari chetdan changlanishi mumkin, yer ostki gullari o'z o'zidan chanlanadi, yer ustki gullari changlangandan so'ng tuguncha yoki urug'donni pastki qismi uzunlashib ginofor (payacha) hosil qiladi u 5-6 kun yuqoriga qarab o'sadi keyin qayrilib o'sib tuproqqa kiradi, 8-10 sm chuqurlikga yetgach tuguncha yoki urug'dondan meva hosil bo'ladi, tuproqqa yetib bormagan poyadan meva hosil bo'lmaydi, dukkagi pillasimon bir necha joyidan kuchsiz yoki qattiq siqilgan uzunligi 1,5-2,0 sm dan 3,5-6,0 smgacha boladi. Rangi somon rangida yuzasi torlangan boladi, naviga qarab dukkagi har xil boladi, dukkagida 3-6 ta urug' boladi, urug'i uzunchoq yoki oval shaklda boladi.
Biologik xususiyatlari: Yeryong'oq yorug'sevar qisqa kunli o'simlik bolib maysalari sovuqqa tasirchan boladi, urug'lari 14 gradusda unib chiqadi rivojlanishi uchun optimal harorat 25-280 C, 120 C dan past haroratda meva hosil qilmaydi, yeryong'oqni o'sish davri 120-150 kunni tashkil qiladi, bu meva suvga juda talabchan ayniqsa gullashh davrida tuproqning namligi 70% dan kam bolmasligi kerak bu o'simlik gullay boshlagan vaqtda sug'orish ishlarini olib borish kerak agar suv yetishmovchiligi bo'lsa u gullamasligi va meva bermasligiga olib keladi, uni sug'orish meyorin kuniga 800-1000 kub. m ga teng bolishi kerak, hozir yurtimizda ko’p ekib kelinayotgan va noqulay sharoitlarga chidamli navi QIBRAY-4 navi hisoblanadi, ularni o'sish davomida parvarish qilish quyidagilardan iborat: yeryong'oq ozuqa elementlariga talabchan o'simlik hisoblanadi ular ekilhgan maydonining sathiga qarab unga organik o'g'it, azot, fosfor kaliy solinadi, azotli va fosforli o'g'itlar ekish oldidan va gullashdan oldin oziqlantirishda solinadi va meva berish vaqtida solinsa yaxshi natija beradi, yeryong'oq ekiladigan tuproq kuzgi shudgor vaqtida 25-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi va keng qatorlarga ekiladi qatorlar orasi 60-70 sm bo'lishi kerak har bir o'simlik urug'lari orasidagi masofa 10-15 sm bolishi kerak, ekish chuqurligi 5-7 sm qilinadi, har 15 kunda 5-6 marta sug'oriladi, ekish muddati aprel - may oyi hisoblanadi ekiladigan yeryong'oq urug'lari tozaligui 90 % dan kam uchuvchanligi 85% dan kam bolmasligi kerak, ular har doim yirik urug'lardan ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |