molekular genetik usul yordamida odam genomini tash-
kil etuvchi DNk molekulasida joylashgan genetik axborot (infor -
ma tsiya) – genlar tuzilishi va funksiyasi tadqiq qilinadi.
Biokimyoviy usul. odamda uchraydigan juda ko‘p patologik
holatlar moddalar almashinuvining odatdagicha borishida har xil
o‘zgarishlar yuzaga kelishiga bog‘liq bo‘ladi, buni tegishli bio-
kimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qand-
li diabet kasalligining sabablari o‘rganildi. Bu kasallik me’da osti
bezi ning odatdagi faoliyati buzilishiga bog‘liq bo‘ladi, bu bez qon-
ga insulin gormonini kam ajratadi. Natijada qondagi qand miqdori
ko‘payib, odam organizmidagi moddalar almashinuvida chuqur
o‘zgarishlar ro‘y beradi.
1. Geneologik usulning mohiyati nimadan iborat?
2. egizaklar usulini mohiyati nimadan iborat?
3. Sitogenetik usul orqali nimalar o‘rganiladi?
4. Biokimyoviy usul yordamida nimalar o‘rganiladi?
http:eduportal.uz
171
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Do'stlaringiz bilan baham: |