Uzluksiz ta’limda matematika mazmuni uzviyligini ta’minlashga qaratilgan innovatsiyalar.
II. BOB. Fazoda to’g’ri chiziq va tekislik tenglamalarini
oqitish metodikasi.
1.Matematika ta’limida interfaol metodlar.
1.O’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasasida matematika fani uzviyligini ta’minlashning o’qitish samaradorligini oshirishga ta’siri.
Ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi mexanizmi sifatida yaxshi ishlashi ta’lim samaradorligiga bog’liq. Ta’lim samarali bo’lishi uchun uning mazmuni va metodikasi doimiy tarzda, uzluksiz takomillashtirilib, majmuaviy ravishda olib borilishi kerak. Bu jarayon uzluksiz davom etadi va u ta’lim bo’g’inlari, bosqichlari o’rtasidagi uzviylikni ta’minlashni o’z ichiga oladi.
Ta’limni samarali amalga oshirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarning aksariyat mualliflari bu jarayonga turlicha yondashgan.
Masalan, T.A.Luzina «ta’lim jarayonini an’anaviy usulda tashkil etish davr talablariga javob bermaydi, o’quvchilarni o’qitish va rivojlantirish uchun sharoitlar yaratmaydi, shu bois o’quvchilarning ijodiy faoliyatini hamda o’quvchi shaxsini rivojlantirish mexanizmini harakatga keltirish yo’llarini topish zarur» deb hisoblaydi. Uning fikricha, «pedagogikada ko’p vaqt davomida didaktik nuqtai nazaridan o’qitish va rivojlanishning aloqadorligi muammolari ishlab chiqilmagan. Ta’limni tuzish va o’quvchilarning umumiy rivojlanishidagi siljishlar orasidagi aloqadorlik ochib berilg maktabda ta’limi samaradorligi oshgan bo’lar edi. Umumiy rivojlannsh - «bu notanish sharoitlarda to’g’ri yo’l topa olish uchun yordam beradigan aql, idrok, hissiyot, sifatlarning rivojlanishidir»ю
Demak, matematikaga o’qitish sifatini har bir o’quvchining o’quv faoliyatiga mos bo’lgan ta’lim vositalarini yaratish asosida uning metodikasini takomillashtirish orqali oshirish mumkin.
Buning uchun ta’lim vositalarining majmuasi bir tizim asosida qurilishi va ketma-ket tizimli yondashuv sharoitida amalga oshirilishi kerak. Bu yondashuv quyidagilardan kelib chiqadi:
umumta’lim maktabining maqsad va vazifalari;
uning o’quv rejasi;
matematika bo’yicha dastur;
matematika fanining xususiyatlari;
o’quvchilar bilish faoliyatining xususiyatlari;
ilg’or metodlar taxlili va maktab texnikasining zamonaviy holati.
O’qitishning samarali usullarini tanlash o’qituvchining bilim saviyasi, o’z vazifasini ma’suliyat bilan bajarishiga bog’liqligi ma’lum. Demak, ta’lim uzviyligini ta’minlashda o’qituvchi muhim o’rin tutib, u ta’lim samaradorligini ta’minlovchi javobgar shaxs hisoblanadi. Bu borada P.Musayev «Sir emaski, dasturlar va darsliklar har qancha ilmiy-metodik jihatdan puxta ishlanmasin, uni amaliyotga joriy etuvchi o’qituvchi bilimsiz, kasbiy noshud bo’lar ekan, risoladagidek dastur tugul, darslik ham ahamiyatsiz, jonsiz bir narsa bo’lib» qolaverishini aytib o’tadi.
Shunday qilib, o’qituvchining faoliyati ta’lim uzviyligini ta’minlabgina qolmasdan, balki to’g’ri tanlangan ta’lim metodlari yordamida ta’lim samoradorligini oshirishga ham yordam beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |