Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

GOTXOLD EFRAIM LESSING
(1729-1781)
Nemis  adabiyotining  gullab-yashnashiga  Lessing  munosib  hissa 
qo‘shdi. Kamens shaharchasida tavallud topib, dastlab mahalliy maktab- 
da, Leypsig universitetida taMim oladi. Molyer an’analari ruhida yozilgan 
«Yosh olim» komediyasi  tezda sahnalashtirilib, Lessing nomini  ko‘pchi- 
likka tanitadi.  1748-yilda Berlinga kelib,  adabiy hayot bilan  bogManishi 
uning  ijodini  yuqori  pog‘onaga koMaradi.  Bu yerda u Volteming kotibi 
boMib  ishlaydi.  1767-1769-yillarda  Gamburg  teatrida  ishlash 
jarayoni  Lessingning dramaturglik  faoliyatini  o‘stiradi.  «Gamburg dra-
www.ziyouz.com kutubxonasi


maturgiyasi»  (1768) deb nomlanuvchi,  teatr 
va dramaturgiya nazariyasiga  bag'ishlangan asa­
ri  shu  davrda  yozilgan  edi.  «Muhtarama  Sara 
Sampson»  (1755),  «Minna  fon  Barnxelm» 
(1763-1767), «Emiliya Galotti» (1772),  «Laoko- 
эп»  (1766),  «Donishmand  Natan»  (1779)  kabi 
asarlari Lessing dunyoqarashining nihoyatda yuk- 
sakligidan, falsafiy qobiliyatining zo'rligidan da­
lolat beradi.
Lessing  juda  qashshoq  hayot  kechirardi. 
Uning kechgacha ishlab topgan puli  hayot kechirishiga zo'rg'a yetardi. 
Germaniya  Lessingdek  buyuk  iste’dod  egasini  avaylab-asrab,  unga 
moddiy  yordam  ko'rsata  olmadi.  Lessing  umrining  oxirigacha 
kambag‘al yashadi.  Lessing agar boy-badavlat bo'lganida ehtimol ko‘p 
narsa ijod qilgan,  nemis adabiyoti taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, yangi- 
dan-yangi shoh asarlar ijod etgan bo‘lardi.
Jahon adabiyoti  tarixida Lessing kabi yuzlab  iste’dodlar qashshoq- 
likdan  nobud  bo'lib  ketgan.  Hozir  ham jahonda  muhtoj  ijodkorlar, 
nihoyatda qiyin hayot kechirayotgan talantlar kam deysizmi?!
Lessingning «Yangi  adabiyot haqida maktublar» asari  barcha ijod- 
korlarni  oyoqqa turg‘azdi.  U  Spinoza falsafasini  o'rganib,  uni yuksak 
ilmiy yo'nalishda tadqiq etadi.  1759-1765-yillarda yozilgan maktublari 
xalqning ezgu-o‘ylari  bilan hamohang edi.
Lessing  erkin adabiyot  uchun kurashdi. Adabiyot hech qachon  im- 
perator va uning saroyi  uchun  emas,  xalq  uchun xizmat  qilishi  kerak. 
Bir hovuch  buyruqbozlar uchun  xizmat qiluvchi  adabiyot  hech  kimga 
kerak emas,  bunday ruhdagi adabiyot hech qachon gullab-yashnamaydi
degan g'oyani ilgari surdi.
1774-1779-yillarda Lessing Volfenbyutel kutubxonasidan professor 
German  Samuel  Reymarus  qo'lyozmalarini  topib  olib  e’lon  qiladi. 
Professor Reymarus o'z qo'lyozmasida Bibliya va xiristian dini  haqida 
muhim fikrlarini aytib, o'z talqinlarida ko'plab diniy kitoblar,  qo'lyoz- 
malar,  din  tarixi  bilan  bog'liq  manbalami  tahlil  qilgan edi.  Bu qo'l- 
yozma Lessingda katta taassurot qoldirib,  «Donishmand Natan» (1779) 
dramasini yozadi. Diniy xarakterdagi bu drama Lessingning oxirgi yirik 
asari edi.
Keyingi  davrlarda ijod  qilgan  ulug'  nemis  dramaturglari  Hyote va 
Shiller haqli  ravishda Lessingni o'z ustozlari deb tan olishgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish