MAXTUMQULI
(F iro g 'iy )
(1733-1791)
1733-yilda Turkmanistonning Artek daryosi
yaqinidagi Hojigovshan qishlog‘ida dunyoga
keladi. Otasi Davlatmamat dehqonchilik va hunar-
mandchilik bilan shug‘ullansa ham o‘z davrining
maktab va madrasa ko‘rgan, m a’rifatli kishisi
boMgan, Ozodiy taxallusi bilan pandnomalar
yozgan. Uning olti ming misraga yaqin «Va’zi
ozod» asari mavjuddir.
Maxtumquli Xivadagi Sherg‘ozi madrasasida,
Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko‘kal-
dosh madrasalarida tahsil ko‘radi. To‘qqiz yoshidan qo‘liga soz olib,
qo‘shiqlar xirgoyi qila boshlaydi.
Maxtumquli Oqqiz degan go‘zalga uylanib, undan Sori, Ibrohim
ismli o‘g‘illar ko‘rgan. Biroq ikki farzandi ham kasallik tufayli o‘lib
ketib, shoir farzand dog‘ida kobp aziyat chekadi. Maxtumquli o‘zbek-
larning ham sevimli shoiridir. Folklorshunos olima Muzayyana Alaviya
shunday yozadi: «Men ancha vaqt Islom shoir bilan birga ishladim. U
o‘z dostonini aytmasdan ilgari Maxtumqulidan aytardi. Xalq shoiriga
«Nega Maxtumqulidan boshlaysiz», deb murojaat qilganimda,
«Maxtumqulidan aytsam xalq ko‘p keladi, yoshlar ham, qarilar ham
ko‘p yig‘iladi», deb javob bergan edi» . (« 0 ‘zbekiston madaniyati»
1986, 23- noyabr.) Bu manba guvohlik berib turibdiki, Maxtumquli
faqat turkman xalqining ardoqli shoiri boMibgina qolmasdan, o‘zga
xalqlarning ham sevimli shoiriga aylangan.
Maxtumquli ijodi xalq tiliga, xalq diliga yaqin. Shoirning
she’rlarida didaktik pandnoma ruhi kuchli. 0 ‘z asarlari orqali insonni
mard, jasur, to‘g‘ri so‘z, halol va bir-biriga mehrli, saxiy boMishga
chaqiradi.
Oqmasdan qolmaydi bir oqqan ariq,
Bir tanda orom goh semiz, goh oriq.
Bir yuzi qoradir, biryuziyorug \
Qora deb qattiq so ‘z aytuvchi bo *lma.
Maxtumquli ijodining tarbiyaviy ahamiyati katta. Shoir she’rlarini
o‘qib o‘ylanib qolasiz. Yaxshi-yomon, savob-makruh ishlaringizni sarh-
isob qilasiz. Yaxshi tomonga intilasiz, savob ishlar qilishga bel bog‘-
laysiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
О ‘qir bo ‘Isang, о ‘qur nafsing ko ‘ziga,
Chin ko ‘z bilan qara kitob k o ‘ziga.
Aldanib kirmagil shayton s o 1ziga,
Yaxshilikni hech vaqt qo ‘yuvchi bo Чта.
Ushbu misralar hozirgi zamon Sharq pedagogikasi uchun ham qadr-
li. Pand-nasihat hamma zamonlarda ham dilga yaqin tuyg‘u bo‘lib
kelgan. Maxtumquli ham dilimizga yaqiniigining boisi shu.
HVOTE
(1749 IH32)
Jahon adabiyotining ulug‘ shoiri Yoxann Fank-
furt-Mayn shahrida dunyoga keladi. Yoshligidan
o‘qishga,
ilm
o‘rganishga
qattiq
beriladi.
Keyinchalik
Leypsig universitetida ma’ruza
tinglaydi.
1769- yilda qattiq betob bo‘lib,
univcrsitetni tar к etadi.
Uning ilk ijod durdonasi «Nazm va haqiqat»
yuksak falsafiy ruhi bilan muxlislar e’tiborini o‘ziga
tortdi. «Ganimcd» (1774) falsafiy she’ri Hyote ta-
lantining yuksakligini namoyish etadi. Hyote 1600
ta she’r ijod qilgan. Bu she’rlarning hech birini
sayoz yoki quruq satrlardan iborat deb bo‘lmaydi.
Har bir she’rida yoniq fikr, katta falsafa ko‘zga tashlanadi. «Prometey»
(1773), «Ges fon Berlixingen» (1771), «Yosh Verterning iztiroblari»
(1774) asarlarida jamiyat hayotining turli manzaralari yoritiladi. Hyote
o‘z ijodiga оЧа mas’uliyat bilan yondashadi. Ikki tomlik «Vilgelm May-
ster» romanining birinchi kitobi ustida 20 yilga yaqin, ikkinchi kitobi
ustida 20 yildan ko‘proq mehnat qiladi.
Buyuk shoirning «G‘arbu Sharq devoni» bilan yaqindan tanishar
ekanmiz, 12 kitobdan iborat asarning quyidagi sarlavhalariga ko‘zimiz
tushadi. «Qo‘shiqchi kitobi», «Hofiz kitobi», «Sevgi kitobi» va hokazo.
Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Sa’diy ijodiga bag‘ishlangan alohida boblar
beixtiyor e’tiboringizni o‘ziga tortadi. Shoirning Sharq mumtoz ada
biyoti namoyandalariga alohida hurmat va e ’tibor bilan qarashiga
guvoh bo'lamiz.
Shoir «Faust» tragediyasi ustida qariyb 40 yil samaraii ijod qildi. Bu
asar jahondagi deyarli barcha xalqlar tillariga tarjima qilingan nodir
durdonadir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shoirning «Prometey» (1773) falsafiy dramasi antik zamonning
ulug' so'z san’atkori Esxilning «Zanjirband Prometey» tragediyasiga
bir qadar o'xshab ketsa-da, Hyote drama syujetini yangicha yo'nalishga
buradi. Yangi zamon ruhiga mos dialog va monologlar bilan bovitilgan
bu dramani Esxil tragediyasidan ko'chirilgan deguvchilar ham boMgan.
Vaholanki, Hyote o'z dramasini yangi obrazlar bilan boyitgan.
Eng muhimi shundaki, nemis ma’rifatparvarlari va teatrshunoslari
bu dramani iliq kutib olib, yuqori baholaydi.
Hyote 83 yoshida vafot etadi. Undan qolgan boy adabiy meros jahon
adabiyoti zarvaraqlarini bezab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |