Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

HAYNRIX HEYNE
(1797-1856)
1827-yilda  nemis  shoiri  Heynening  «Qo‘shiq- 
lar  kitobi»  she’rlar  to‘plami  bosilib  chiqadi. 
To‘plam  besh  qismga -  «Yoshlik azoblari»,  «Lirik 
intermediya»,  «Vatanga  qaytish»,  ikki  qismdan 
iborat  «Shimoliy  dengiz»  silsilasiga  boMinadi. 
1830- yilda Heyne ikkinchi yirik asari  «YoM  lavha- 
lari» ocherklar to‘plamini yozadi. «Sileziya to‘quv- 
chilari»  (1844)  she’ri,  «Germaniya.  Qish  ertagi» 
dostoni (1844)da shoir vatanining ozodligi va kela- 
jagini  kuylaydi.
Heyne  she’rlari  faqat  nemislar diyorida  emas, 
butun  dunyoga mashhurdir.  «Qo‘shiqlar kitobi»  (1827)  inson qalbining 
isyoni,  nidosi,  tuganmas qo‘shig‘idir.  «Yoshlik  azoblari»,  «Lirik  inter­
mediya»,  «Vatanga  qaytish»,  «Shimoliy  dengiz»  deb  nomlanuvchi 
bo‘limlarini  o‘qib,  Heynening  shoirlik  talanti  nihoyatda  yuksak 
ekanligiga  guvoh  boMamiz.  Bu  to‘plamdagi  she’rlar 
o‘zining 
mayinligi,  mungliligi,  ta’sirchanligi  jihatidan S. Yesenin, A.  Pushkin 
lirikasiga o‘xshab ketadi. 0 ‘qishliligi  bilan ajralib turadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Heyne  faqat  dilbar  shoirgina  emas,  u  ocherkchi  va  hikoyanavis 
hamdir.  U  «YoM  lavhalari»  (1839)  asarida  vatani  bo‘ylab  sayohatlari 
davomida  o‘z ko‘zi  bilan  ko‘rgan,  bilgan,  eshitgan  voqealarini  hikoya 
qiladi.  Qator ocherklar turkumidan  iborat  bu  asarda  nihoyatda  hayotiy 
va ishonarli  bayon etilgan voqealar tasviriga duch kelamiz.
1830-yilda  nemis  xalqi  tarixida  katta  siyosiy  voqea  boMib  o‘tadi. 
lyul  inqilobi Heyne hayoti va ijodiga ham katta ta’sir o‘tkazadi.  Bunday 
siyosiy voqealardan  Heynedek  ulug‘  so‘z san’atkorining chetda turishi 
mumkin  emasdi.  Shoir  o‘zining  siyosiy  qarashlarini  keyinchalik 
«Sileziya  to‘quvchilari»  (1844)  asarida  toMa-to‘kis  bayon  qilgan. 
Sileziya fabrikasi  ishchilarining ish tashlashi, katta siyosiy masala bilan 
namoyishlar o‘tkazishi  va bu  harakatning qo‘zg‘alonga  aylanib ketishi 
haqida o‘sha  paytda  va keyinchalik  G‘arb adabiyotida  ko‘plab  asarlar 
yuzaga kelgan  edi.
Heyne ijodining gullab-yashnashi  Parijdagi  muhojirlik davrida sodir 
boMdi.  Shoimi  isyonkor ruhda she’rlar yozgani  uchun ta’qib  etadilar.  U 
1830-yilda  Fransiyaga  ketishga  majbur  boMadi.  Shoir  Parij  adabiy 
muhitiga tezda  yaqinlashib,  ko‘plab  she’rlar  bitadi.  Ayniqsa,  «Ger- 
maniya»  (1844)  dostoni,  «Qullar  kemasi»  balladasi  shoirga  katta 
shuhrat olib keladi.
Haynrix  Heynening  «Germaniyada  falsafa  va  din  tarixi»  asari 
shoirning falsafa  ilmining  nazariy  asoslari  haqida chuqur  bilimga ega 
ekanligidan dalolat beradi.  Bu asarida adib o‘z davrining qator faylasuf 
tadqiqotchilarini  keskin  tanqid  ostiga oladi.  Siyqasi  chiqqan  eski  mav- 
zular va iboralar bilan  mashg‘ul  boMgan ayrim  faylasuflami  hajv ostiga 
oladi,  ulaming  ustidan  kinoya bilan  kuladi.  «Men  o‘z asarimda ayrim 
faylasuflaming kulgili  so‘zlariga e’tibor qarataman»,  deb ta ’kidlagan 
edi  Heyne.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish