* * *
143
KIMYO, NEFTNI QAYTA ISHLASH, NEFT KIMYOSI SANOATI
KORXONALARIDAGI YONG‘INLARNI TEZ VA SAMARALI
O‘CHIRISHNING DOLZARBLIG
.
N.K.O’rozboyev (O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasio’qituvchisi)
A.A.Qudratov, A.I.Omonov (O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, Toshkent
shahri, 5-bosqich kursanlari)
imyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi sanoati korxonalarining
ko‘plab qurilganligi va ularning samarali faoliyatlari mamlakatimiz
iqtisodiyotini jadal sur’atlar bilan o‘sishida ijobiy o‘z ta’sirini
ko‘rsatmoqda. Bu kabi korxonalarning uzluksiz va samarali faoliyat olib borishlari
uchun ularning sanoat va yong‘in xavfsizligini ta’minlash mahim ahamiyat kasb
etadi. Shu sababli quyida kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi sanoati
korxonalarida yong‘in sodir bo‘lganda, bu yong‘inlarni tez va samarali o‘chirish
uchun kerakli chora tadbirlar keltirilgan.
Neftni qayta ishlash va neft-kimyo korxonalarining asosiy uskunalariga
termik va katalitik krekingning atmosferali hamda vakumli, katalitik reformingning
gazfraksiyali, alkillovchi, selektiv tozalagich va boshqa moslamalar kiradi.
Neftni qayta ishlash korxonalarining uskunalari asosan vertikal va gorizontal
silindr shaklga ega bo‘lib, ular o‘zaro o‘nlab tonna yonuvchan suyuqlik va gazlarni
doimiy ravishda bosim ostida aylantiruvchi texnologik kommunikatsiyalar bilan
bog‘langan holatda bo‘ladi.
Kimyo, neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoati korxonalarida yong‘in
sodir bo‘lganda
yonilg‘i moddalari solingan idishlar va qurilmalar hamda
texnologik asboblarda portlash xavfi va yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishi,
kimyoviy buyumlarning erishi yuz beradi, bosim ostida turgan asbob va
quvurlardan oqib chiqqan suyuqlik hamda gazlarning mash’ala bo‘lib yonishi yoki
to‘kilgan suyuqliklarning yonishi, zaharli gaz va bug‘larni, materiallarni termik
parchalanishidan hosil bo‘ladigan zararli gaz va boshqa moddalar vujudga keladi.
Yong‘in vaqtida issiqlik almashtirgichlardan sizib chiqayotgan suyuqlik
yonsa, yong‘in havo-mexanik ko‘pik, sochma suv bilan o‘chiriladi, neft mahsuloti
oqib chiqsa, ularni kompakt oqimli suv yordamida kanalizatsiyaga oqizib
yuboriladi yoki qum bilan ko‘miladi. Ochiq yong‘inlar vaqtida apparatlardan neft
mahsulotlari sizib chiqayotgan bo‘lsa, pech va rektifikatsion kolonnalarda
avariyalarning oldini olish choralarini ko‘rish talab etiladi. Agar barcha issiqlik
almashtirgichlarning ishini to‘xtatish lozim bo‘lib qolsa, unda pech va nasoslarni
o‘chirish, pechning ilon izli quvurlari (zmeeviklari)ga esa issiq bug‘ haydash
kerak. Bu tadbirlar bilan bir vaqtning o‘zida suyuqlik oqishini chegaralash uchun
mustahkam uyumlar hosil qilish, tezlik bilan yong‘in o‘chirish vositalarini uzatish
kerak. Oqib chiqayotgan suyuqlik havo - mexanik ko‘pik bilan o‘chiriladi. Og‘ir
neft mahsulotlarini sochma suv bilan o‘chirish mumkin. Bunday sharoitda
kompakt suv oqimidan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda
K
144
apparatlarning devorlarini sovitishda notenglik vujudga kelib, avariyaning
kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Yong‘in o‘chirish raxbari texnologik qurilma va uzatish moslamalarining
ishdan chiqqanligi, buzilganligi va portlash xavfini, berkitiladigan hamda
ochiladigan nafas olish qopqoqlari, elektr kabellari va nazorat o‘lchov
asboblarining mavjudligi, metall inshootlar hamda ularni himoyalash choralarining
ko‘rilganligi, maskanda maxsus yong‘in o‘chirish vositalari mavjudligi, portlovchi,
kuydiruvchi, zaharlovchi moddalarning miqdori, qaerda joylashganligi, shiddatli
termik parchalanuvchi moddalarning ajralib chiqishi yoki zaharli moddalarning
otilishi, ularni himoya qilish hamda xavfli hududdan olib chiqish usullari, ochiq
havo, suv, ishqor, yong‘in o‘chirish vositalari va boshqalar bilan tez ta’sirlanish
qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalarning borligi, miqdori va saqlanish joyi, yong‘in
o‘chirishda xavfsizlik choralarini, elektr quvvati, suv, bug‘, inert gaz hamda
sovitgichni uzib qo‘yganda yong‘in yoki portlash yuz berishi mumkin bo‘lgan
joylarni aniqlaydi.
Pechlarda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish
.
Quvursimon pechlarning
yonishiga asosan returbent pechlari, ilon izli (zmeevik) quvurlarining erib ketishi
va yorilishi, returbent qopqoqlari hamda kallakchalarining surilib ketishi,
pechlarning yoqilg‘i berish tizimlaridagi nosozliklar sabab bo‘ladi. Agar pech
quvuri unchalik ko‘p erimagan bo‘lsa, undagi nef mahsulotini erkin yonishga
qo‘yib berish kerak, aks holda yong‘in o‘chirib bo‘lingandan keyin uni chiqarib
yuborish ancha qiyin kechadi va ko‘p mablag‘ talab qiladi. Erkin yonish paytida
pech butunligini saqlash uchun forsunkalarni, xom-ashyo va yoqilg‘i nasoslarini,
tutun chiqaruvchi quvur shiberlari ishlarini to‘xtatish kerak, so‘rish va chiqarish
chiziqlaridagi qopqoqlarni yopish, tutun quvuriga bug‘ yuborish, shundan keyin
neft mahsulotini chiqarish uchun ilon izi quvuriga (zmeevika) bug‘ berish mumkin.
SHundan keyin quvurga QD-70 (qo‘l dastagi 70) dastaklari orqali sovitish uchun
suv beriladi, ko‘pik yoki sochma suv bilan pech qoplamasining, shuningdek,
qo‘shni qurilma va apparatlarning himoyasi ta’minlanadi. Pech ichiga suv yuborish
mumkin emas, chunki uning kuchli bug‘lanishi natijasida pech tagligi yemirilishi
mumkin.
Suyuqlik yuzasining harakatsiz yonishida yong‘inni o‘chirish.
Ayrim
apparatlarda konsentratsiyalangan oltingugurt kislotasi mavjud bo‘lib, u suv
quyilganda yuzaga chiqib qolishi mumkin. Ammiak, furfurol mavjud bo‘lgan
joylarda, qisqa muddatda nafas olish organlarini himoyalovchi apparatlar
yordamida ishlash kerak bo‘ladi.
Kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi maskanlaridagi yong‘inni bartaraf
etishda yong‘in o‘chirish raxbari gaz-qutqaruv va maskanning boshqa maxsus
xizmat xodimlari bilan birgalikda odamlarni qutqarish choralarini ko‘rish,
yonayotgan mahsulotning turiga qarab yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llash,
yong‘in o‘chirish avtomatik qurilmalari, yong‘in o‘chirish kukuni va ko‘pikdan
foydalanish, gazlar hamda zaharlovchi moddalari bor xonalar va ochiq joylar ham
ularning atroflarida ishlayotgan shaxsiy tarkibni himoyalovchi yoki maxsus
gazniqob va shu maskanda mavjud bo‘lgan himoya kiyimlari bilan ta’minlash,
145
xavfsiz joyga olib chiqilayotgan moddalarni korxona maxsus xizmati xodimlari
ko‘rsatmalarini hamda ob-havoni hisobga olgan holda olib chiqish, yong‘in
o‘chirish bilan bir vaqtda yuqori harorat xavf solayotgan inshoot, qurilma va
asboblarni sovitish choralarini ko‘rish ishlarini tashkillashtiradi. Kauchuk yoki
rezina mahsulotlarining yonishida avval juda ko‘p miqdorda suv sepilib, yonish
pasayganda suv dastaklari ko‘pik dastaklariga almashtirilishini nazorat qiladi.
Mash’ala bo‘lib yonayotgan gaz asboblari va quvurlarni sovitishni gaz oqimi
tugagunga qadar davom ettirish, mash’ala bo‘lib yonayotgan maydonni sovitish
uchun yonish maydoniga, issiq tutun bilan qoplangan quvurlar va asboblarni
sovitish hamda tutunni haydash uchun sachratma usulda suv berish ishlarini
tashkillashtiradi. Portlash natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi yong‘in
o‘choqlarini bartaraf qilish uchun soqchilar qo‘yish va ular uchun yong‘in
o‘chirish avtomobillarini ajratish, erigan moddalar va yonuvchi suyuqliklarning
oqib ketmasligi uchun tuproq, shag‘al va qumlar bilan to‘siqlar qurish hamda
zaharli moddalari bo‘lgan bulutlarni harakat yo‘liga suv pardalari hosil qilish,
bunda maskan xizmatchilarini ham jalb qilish ishlarini nazorat qiladi. Vakuum
ostida ishlayotgan texnologik asboblarga yong‘in o‘tish xavfi tug‘ilganda, portlash
yuz berishining oldini olish uchun tezda suv bug‘i yoki inert gaz bilan to‘ldirish va
to‘xtovsiz sovitish, noorganik kislota yoki boshqa kuydiruvchi moddalar bo‘lganda
ma’muriyat orqali ishlayotgan shaxsiy tarkibni rezina etik, qo‘lqop va fartuklar
bilan ta’minlash, zaharli moddalari bo‘lgan korxonada tibbiy xizmat ko‘rsatmasiga
asosan shaxsiy tarkibni sanitar ishlovdan o‘tkazish va texnikani zararsizlantirish
ishlarini tashkillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |