Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

* * * 
 


136 
SAVDO KORXONALARI VA MODDIY BOYLIKLAR OMBORLARIDA 
YONG‘IN O‘CHIRISH 
I.I.Temirov, S.I.Bahranov
(O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, 5-bosqich kursanlari) 
 
avdo korxonalari va moddiy boylik mahsulotlari omborlarining 
murakkab qurilishi, eshik va derazalarining kamligi, odamlarning ko‘p 
bo‘lishi, katta moddiy boylik va fizik-kimyoviy xususiyatga ega 
materiallarning borligi, tezda tutun to‘lishi, zararli moddalarning ajralishi bilan 
tavsiflanadi.
Odatda, do‘konlar maxsus qurilgan binolarda yoki ko‘p qavatli aholi yashash 
uylari va jamoat binolarining birinchi qavatida joylashtiriladi. Do‘konlarning 
asosiy konstruktiv elementlari 
yonmaydigan materiallardan tayyorlanadi.
Do‘konlar quyidagi xonalardan
iborat bo‘ladi: qabul qilish, savdoga qo‘yiladigan 
modda va materiallarni qayta ishlash hamda saqlash, ma’muriy, maishiy va texnik 
xonalar, savdo, ko‘rgazma hamda demonstratsiya uchun zallar. Do‘konlarning 
asosiy xonalari bu katta maydonni egallagan oldi oynali, ba’zan esa balandligi
3.5 m dan kam bo‘lmagan yorug‘lik fonarli etib qurilgan peshtaxtalardan iborat. 
Qavatlararo savdo zallarini ochiq zinapoyalar, lift va eskalatorlar o‘zaro 
birlashtirib turadi. Do‘konlarning peshtaxtalarida, shkaf va vitrinalarida ko‘plab 
miqdorda turli xil mollar saqlanadi. Savdo zallari savdoga qo‘yiladigan modda va 
materiallarni qayta ishlash hamda saqlash xonalaridan yonmaydigan devor va 
chegaralangan darchalar bilan ajratib turiladi, bunday xonalar aksariyat hollarda 
koridorli tuzilishda loyihalashtirib quriladi. Binolarning bir qismi yuk ko‘tarish 
liftlari va yopiq zinalar bilan birlashib ketadi.
Katta do‘konlarda mollarga qayta ishlov berish va saqlash xonalari 
yerto‘lalarda joylashtirilib, ular savdo zallari bilan yuk tashuvchi liftlar orqali 
birlashtiriladi. Ko‘p hollarda bunday xonalarning maydoni savdo zalining 
o‘lchamiga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon do‘konlaridagi yong‘in yuklamalariga 
tokchalar, shkaf va peshtaxtalar kiradi, ularda yong‘in yuklamasi o‘rtacha 1 m
2
ga 
100 kg ni, omborlarda esa bu ko‘rsatkich 2-3 barobar ko‘p miqdorni tashkil etadi. 
Katta do‘konlarning yordamchi xonalarida bichish-tikish sexlari va 
ustaxonalar joylashtirilgan bo‘lib, ular xaridorlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish 
uchun xizmat qiladi. Do‘kon binolari ichki yong‘in o‘chirish suv tarmog‘i, 
ko‘chmas va harakatlanuvchi yong‘in o‘chirish uskunalari, shuningdek, yong‘inni 
payqash va u haqida xabar beruvchi xabarlovchilar bilan jihozlangan bo‘lib, ular 
yong‘indan xabarlovchi tizimlari pultiga ulanadi.
Material omborlari ochiq, yarim yopiq va yopiq turdagi omborlarga bo‘linadi. 
Yopiq omborlar material omborlarining asosiy turi hisoblanadi. Ular bir va ko‘p 
qavatli bo‘lib turlicha olov bardoshlik darajasida quriladi. Eski tipdagi 
omborxonalar bir qavatli qilib, yonuvchi materiallar asosida qurilgan. Hozirgi 



137 
vaqtda zamonaviy ombor binolari besh-olti qavatli qilib qurilmoqda. Omborlarning 
uzunligi ko‘pincha yuz va undan ortiq, eni esa bir necha o‘n metrni tashkil etadi. 
Kompleks ombor binolari, ayvon va ochiq saqlash maydonlarini o‘z ichiga 
olgan oziq-ovqat hamda sanoat mollariga maxsuslashtirilgan bazalar alohida atrofi 
o‘ralgan hududlarda joylashtiriladi. Bundan tashqari, omborlarni aholi yashash 
uylari va do‘konlarning yerto‘lalarida yonib ketishi mumkin bo‘lgan binolarda, 
ba’zan esa boshqa bino va inshootlardan yong‘inga qarshi oraliq masofasi 
saqlanmagan holda turgan binolarda joylashtiriladi.
Omborlarda eshik va darchalar ko‘p bo‘lishi barobarida ba’zan umuman 
derazalari bo‘lmaydi. Deraza, darchalari poldan juda balandda joylashtirilib, uncha 
katta bo‘lmagan o‘lchamda bo‘ladi. Birinchi qavatdagi derazalarga po‘lat 
panjaralar qo‘yiladi. Odatda, omborlarga kirish eshigi ikkita bo‘ladi. Kirish 
eshiklarining oralig‘I mustahkam yog‘ochdan yasalib, yong‘in sodir bo‘lganda 
ularni ochib kirish ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ombor ichidagi 
eshiklarning olovbardoshlilik vaqti 0,75 soatni tashkil etadi. 
Alohida hollarda, xonalar orasidagi darchalar agar texnologik talablar ruxsat 
etsa, yong‘inga qarshi eshiklar bilan jihozlanmaydi va ushbu darchalar sprinkler 
yoki drencher uskunalari bilan jihozlanadi va dahliz quriladi. So‘nggi yillarda 
omborlar ko‘p tokchali qilib qurilmoqda. Bunday omborlar katta balandlikka ega 
bo‘ladi, balandligi 37 m gacha, ba’zan esa 45 m va undan ham baland bo‘ladi. 
Alohida omborlarning bo‘lmalari 40-50 ming m
2
gacha yetadi. Bunday qimmat 
baho yonuvchi materiallari bor omborlar, maydoni 700-1500 m

gacha bo‘lgan 
bo‘lmalarga bo‘linadi. Bunday omborlar ko‘pincha bir-biridan metall, tunuka yoki 
sim to‘rlari yordamida ajratib qo‘yiladi. Omborning stellajlari va shtabellarida 
saqlanayotgan tovarlarning miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Stellajlar asosan 
metalldan yasaladi, ammo ba’zan yog‘ochdan yasalgan stellajlar ham uchrab 
turadi. Stellajlar uchun qator va yonma-yon qilib yo‘laklar qoldiriladi. Moddiy 
boylik omborlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, ularda ko‘plab miqdorda turli 
xildagi material vamoddalar (yog‘och, qog‘oz, matolar, teri, kislotalar, ishqorlar, 
zaharli kimyoviy moddalar, tolali materiallar) turli xildagi fizik-kimyoviy 
xossalarga ega va har xil (gaz, qattiq, suyuq) holatda saqlanadi.
Omborlarda yong‘in yuklamasi 1 m
2
ga 150-200 kg va undan ham ortiq 
bo‘lishi mumkin. Omborlar, odatda, harakatlanuvchi transport vositalari (ko‘tarish 
moslamalari, transporterlar, yuk liftlari, avtoko‘targichlar) ga ega bo‘ladi. Bu 
transportlar yong‘in sodir bo‘lganda moddiy boyliklarni qutqarish uchun keng 
qo‘llanilishi mumkin. Omborxonalar albatta birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, 
ichki va tashqi suv tarmoqlariga ega bo‘lishi kerak.
Yong‘inlarning tarqalishida nisbatan kichik maydonlarga juda katta miqdorda 
moddiy boylik jamlanganligi uchun yong‘in sodir bo‘lganda ular juda tez nobud 
bo‘lishi mumkin. 
Savdo korxonalari va moddiy boyliklar omborlarida yong‘inlar tez tarqalishi, 
quyuq tutun bilan qoplanishi va yuqori harorati bilan tavsiflanadi. Yong‘inning 
tarqalishi mavjud modda va materiallarning turiga, ularning joylashishiga bog‘liq 
bo‘ladi. To‘qimachilik materiallari yonganda yopiq xonada olovning tarqalish 


138 
tezligi 1 daqiqada 0,3-0,4 metrni tashkil etadi, qog‘ozga o‘ralgan buyumlar 
yonganda esa 2-4 metrni tashkil qiladi. 
Savdo korxonalari va moddiy boylik mahsulotlari omborlarida yong‘in sodir 
bo‘lganda polimer materiallarning yonishi, yonayotgan eritmaning oqishi, uning 
atrofga va qavatlarga yoyilib, yangi yong‘in o‘chog‘ini hosil qilishi, metall qurilma 
va so‘rilarning qulashi natijasida o‘tish joylaridagi yo‘llarning to‘silib qolishi kabi 
holatlar yuzaga kelishi mumkin. 
Ko‘p qavatli savdo korxonalarida sodir bo‘lgan yong‘inlar aksariyat hollarda 
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yetib kelguniga qadar katta maydonni 
egallab, xonalarni quyuq tutun qoplab oladi va bu o‘z navbatida u yerdagi odamlar 
hayotiga jiddiy xavf tug‘diradi. Yong‘inlarning tez tarqalib ketishiga katta 
do‘konlardagi ochiq zina kataklarining loyihalashtirilganligi hamda markaziy zina 
kataklarining bino bo‘ylab qurilishi sabab bo‘lmoqda. Agar do‘konlarda ko‘p 
miqdorda turli xildagi sintetik mahsulotlar saqlanayotgan bo‘lsa, u holda ularning 
yonishi va issiqlikdan kuyishi natijasida kuchli tutun paydo bo‘lib, zaharli bug‘ va 
gazlar ajralib chiqadi. Bunday xonalarda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari 
shaxsiy tarkibi gazniqobda ishlashi shart. Tutun ta’sirida zich yopilmagan 
idishlarda saqlanayotgan ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol uchun yaroqsiz 
bo‘lib qoladi, to‘qimachilik, attorlik mollari va boshqa buyumlar o‘zining sifatini 
yo‘qotadi. Yong‘inning tez tarqalishi va xonalar tutun bilan qoplanishi do‘konlarda 
bo‘lgan odamlarning chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘yib, ularning hayotiga xavf solishi 
mumkin. Yopiq omborlarda yong‘inlarning tarqalishi saqlanayotgan modda va 
materiallarning joylashuviga va omborning konstruktiv-rejaviy tuzilishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Yonuvchi materiallar saqlanayotgan omborlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar 
yonuvchi mollar, stellajlar, idishlar, qoplama idishlar, qog‘ozlar, bino 
konstruksiyalari bo‘ylab tez tarqaladi. Yong‘in sodir bo‘lganidan 5-20 daqiqa 
o‘tgandan keyin yong‘in bitta bo‘lmani qurshab olishi mumkin.
Materiallar baland tokchalarga joylashtirilganda yong‘in vertikal yo‘nalishda 
yuqoriga qarab 1 daqiqada 2-4 metr tezlikda tarqaladi. Umuman olganda, 
omborlarda olovning to‘g‘ri tarqalish tezligi 1 daqiqada 1-2 metrni tashkil etadi. 
Yonish vaqtida juda ko‘p miqdorda zaharli va bo‘g‘uvchi gazlar tarqaladi. Bu esa 
yuqori harorat bilan bir qatorda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari shaxsiy 
tarkibining yong‘in o‘chirishdagi ish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Yonish 
mahsulotlarida, ayniqsa, zaharli kimyoviy moddalar yonganda, uglerod oksidi va 
boshqa ko‘plab bo‘g‘uvchi va zaharlovchi tutun va gazlar ajralib chiqadi. 
Yong‘inning tez tarqalishi natijasida shtabellar tiqilib qolishi, antresol, to‘sin va 
tomlar qulab tushishi mumkin. Moddiy boyliklar saqlanadigan omborlarda yong‘in 
sodir bo‘lganda tomlaridan erib, oqib tushayotgan bitumning tomishi, gaz 
ballonlarining portlashi kuzatilishi, bino konstruksiyalarining qulab tushishi yuz 
berishi mumkin. Moddiy boyliklar saqlanadigan omborlarni ko‘p qavatli 
binolarning yerto‘lalarida joylashtirish yong‘inni shamollatish yo‘llari, devor va 
qavatlararo tomlardagi mavjud himoyalanmagan darcha va tuynuklar orqali yuqori 
qavatlarga tez tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Yonuvchi polimer qoplamali (penopolistirol, penopoliuretan va boshqalar) 
metallardan qurilgan inshoot va binolarda yong‘in sodir bo‘lganda yong‘in polimer 


139 
qoplamalar orqali devor va tom qoplamasi oraliqlaridan ko‘rinmay tez tarqalishi, 
yonayotgan polimer qoplama va bitumlardan oqib tushayotgan eritmalardan bino 
ichida yangi yong‘in o‘choqlarini paydo bo‘lishi, tom qoplamalari va boshqa 
himoyasiz metall konstruktiv elementlarining o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi va 
ag‘darilib tushishi kabi holatlar vujudga kelishi mumkin.
Do‘konlarda yong‘in sodir bo‘lganda asosiy vazifalarni bajarish bilan bir 
qatorda YoO‘R odamlar hayotiga bo‘lgan xavf darajasini, lozim bo‘lganda ularni 
zudlik bilan qutqarish ishlarini tashkillashtirish lozimligini, yonish hududida 
qanday moddiy boyliklar borligini, ularning qanday holatda saqlanayotganligini, 
qo‘shni xonalarga bo‘lgan xavf darajasini, qanday yong‘in o‘chirish vositalarini 
qo‘llash kerak va ularni qo‘llash usullarini, qutqaruv ishlarining tartibi hamda 
hajmini aniqlaydi. 
YoO‘R yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib kelganidan keyin darhol 
ma’muriyat vakillari bilan aloqa o‘rnatishi kerak. Yong‘in holatini aniqlashni 
o‘tkazishda esa ular bilan maslahatlashishi lozim. Ko‘p tarqalib ketgan 
yong‘inlarda yong‘in holatini aniqlash bir necha yo‘nalish bo‘ylab savdo zali va 
yordamchi ma’muriy binolar tomonidan amalga oshiriladi. Agar do‘konlar aholi 
yashash uylarining birinchi qavatida joylashgan bo‘lsa, u holda yong‘in holatini 
aniqlashni albatta 2-qavatdagi xonalardan boshlash lozim. Bunda do‘kon 
binolaridan santexnika kommunikatsiyalari va shamollatish yo‘llari o‘tgan joylar 
tekshiriladi. Do‘kon yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lsa, yong‘in holatini 
aniqlash vaqtida birinchi qavatdagi transport tuynuklari, ko‘targich shaxtalari va 
yerto‘ladan birinchi qavatga olib chiqadigan barcha darcha va tuynuklar yopib 
qo‘yiladi. 
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘in joyiga yetib kelgan 
zahotiyoq ularning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalaridan biri yonayotgan ombor va 
do‘kon xonalaridan moddiy boyliklarni qutqarish hamda o‘z vaqtida himoya 
qilishdan iborat. Qutqarish ishlarini tashkillashtirishda YoO‘R tajribali ekipaj 
yetakchilarini tayinlaydi va ularning ixtiyoriga kuch hamda vositalarning bir 
qismini ajratadi.
Moddiy boyliklarni qutqarish uchun ma’muriyat, o‘quv muassasalari va 
harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari jalb etiladi. Bunda imkoniyat darajasida 
transport mexanizmlari, yuk liftlari, ko‘targichlar va elektrokaralardan 
foydalaniladi. Birinchi navbatda, eng qimmatbaho, suv tegishi natijasida yong‘inni 
tezlashtiruvchi yoki yonish hududida portlash, chaqnash, zaharli gaz va bug‘ 
chiqarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan moddiy boyliklar xavfsiz joyga olib 
chiqiladi. Barcha moddiy boyliklar xavfsiz joydagi xonalarga yoki tashqariga olib 
chiqiladi va militsiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanishi tashkillashtiriladi. 
Yong‘in o‘chirish avtomobillarini joylashtirish va yong‘in o‘chirishning yo‘llarini 
xavfsiz joylarga joylashtirish toqazo etiladi, chunki savdozali tomonidan va 
tashqaridan yong‘inni o‘chirish uchun ombor hamda do‘konning yordamchi 
xonalari tomonidan himoya qilinishi e’tiborga olinishi lozim. Agar yong‘in savdo 
zalida sodir bo‘lsa, dastaklar kirish eshiklari va fasad oynalari orqali tashqaridan 
qarama-qarshi tomondan uzatiladi. Shu bilan bir qatorda yordamchi xonalarni 
himoya qilish uchun ham dastaklar uzatilishi kerak. Binoning orqa tomonidan 


140 
dastaklarni uzatish ham yaxshi natija beradi, chunki ko‘p hollarda asosiy binoga 
birlashtirib qurilgan ayvon va xonalarning chiqish yo‘llari atroflarida yonuvchi 
idish, sig‘im va qutilarning to‘planib qolish hollari ham uchraydi. Binoning orqa 
tomonidan dastaklarni kiritish uchun asosan xizmat yo‘laklari va zinapoyalardan 
foydalanish mumkin. 
Yordamchi xonalarda yong‘in sodir bo‘lganda asosiy kuch va vositalar 
ichkaridagi xonalarga kiritiladi, zaxiradagi dastaklar esa savdo zallarini himoya 
etish uchun uzatiladi. Agar yong‘in ko‘p qavatli aholi yashash uyining birinchi 
qavatidagi savdo do‘konida sodir bo‘lsa, asosiy kuch va vositalar yong‘inni 
o‘chirish uchun kiritiladi, zaxira dastaklari esa ikkinchi qavatdagi aholi yashash 
xonadonlarini himoya qilish uchun kiritiladi. Agar yong‘in do‘konlarning 
yerto‘lalarida joylashgan omborlarda sodir bo‘lsa, asosiy kuch va vositalar 
yerto‘ladagi yong‘inni o‘chirish uchun kiritilib, zaxira dastaklari zarurat 
tug‘ilganda yerto‘ladan do‘kon binosiga olib chiquvchi texnologik darchalarni 
himoya qilish uchun uzatiladi. 
Yonuvchi polimer qoplamali metallardan qurilgan binolarda sodir bo‘lgan 
yong‘inni o‘chirish uchun bino ichida tom qoplamasini ko‘tarib turgan metall 
qismlarga, ustunlarga, tom qoplamasining ostiga va ichki devorlarni sovitish, bino 
qoplamasida yong‘inning maydon bo‘ylab tarqalishining oldini olish uchun bir 
vaqtning o‘zida tutunni chiqarib yuborish va haroratni pasaytirish maqsadida 
tuynuklar o‘rnatish, shuningdek, tom ustining qurilish materiallari bilan yopilgan 
qismini sovitish va isitgichlar orasini ochishga devorlarning tashqi tomonida bir 
vaqtning o‘zida konstruksiyalarni buzish hamda yoriqlar ochish bilan devorlarni 
sovtish va o‘chirish uchun yong‘in o‘chirish vositalari uzatiladi. 
Bozor do‘konlari va yonuvchi materiallardan qurilgan pavilon hamda 
omborlarda yong‘in sodir bo‘lganda, qoida bo‘yicha, QD-70 va lafet dastaklari 
yong‘inning asosiy tarqalish yo‘llariga uzatilib, QD-50 dastaklari esa yonayotgan 
binoning ichiga va ularni himoya qilish uchun uzatiladi. 
Savdo zali va omborxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish uchun suv 
namlagich qorishmalari aralashtirilgan suv, havo-mexanik ko‘pigi va boshqa 
yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalaniladi. 
Yong‘inni o‘chirish uchun dastaklarning soni suv berish jadalligiga 
(0,08-0,1l/(s

m
2
)) qarab belgilanadi, agar namlagich aralashtirilgan suv uzatilsa, 
unda suv sarfi 1,2-2 barobarga kamaytiriladi. Tez alangalanadigan va yonuvchi 
suyuqliklarni o‘chirish uchun o‘rta karrali havo-mexanik ko‘piklarni qo‘llash 
maqsadga muvofiq. Uni uzatish jadalligi 0,1 l/(s

m
2
) ga teng deb qabul qilinadi. 
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibi savdo korxonalari va 
moddiy boyliklar ko‘p bo‘lgan omborlarda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish 
vaqtida talab qilingan miqdordan ortiq miqdorda suv sarflashi natijasida suv tegishi 
oqibatida o‘zining sifatini yo‘qotadigan modda va materiallarning mavjudligini 
esdan chiqarmasligi, buning natijasida moddiy zarar yanada oshishi mumkinligini 
yodda tutishi kerak. 
Yonmayotgan stellajlardagi moddiy boyliklarni brezent yoki o‘sha yerda 
mavjud bo‘lgan boshqa narsalar bilan yopish kerak. Polga va yerga taxlab 
qo‘yilgan modda va materiallarning tagiga suv o‘tib ketmasligi uchun ularning 


141 
atrofiga yog‘och qirindisi yoki boshqa narsalardan to‘siqlar qilib qo‘yiladi, 
o‘chirish bilan bir vaqtning o‘zida quyilgan suvni chiqarib yuborish ishlari ham 
amalga oshiriladi. Quyuq tutun bilan qoplangan xonalarda yong‘inni GTHX guruhi 
yordamida o‘chirish tavsiya etiladi. Bunda tutun bilan qoplangan hududlarda 
ishlovchilarni almashtirish uchun yong‘in o‘chirish zaxira kuchlarini tashkil etish 
talab etiladi. Yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari 
shaxsiy tarkibi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan portlash, chaqnash, olovning otilishi, 
shtabel va tokchalarning yiqilib tushishiga qarshi himoya choralarini ko‘rishi 
lozim.
Omborlarda 
yong‘in sodir bo‘lganda yong‘in holatini aniqlash 
ma’muriyatdan, so‘rab-surishtirish yo‘li bilan saqlanayotgan material va 
moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatini aniqlaydi, shuningdek, olovning qo‘shni 
bo‘lmalarga hamda yuqori qavatlarga tarqalib ketishi mumkinligini, saqlanayotgan 
modda va materiallarni qutqarish lozimligini hamda ularni evakuatsiya qilish 
ketma-ketligini aniqlaydi.
Omborlarda yong‘inlar sodir bo‘lganda dastaklar eshik va derazalar orqali 
kiritiladi. Derazalarga o‘rnatilgan panjaralar maxsus qaychilar bilan kesib 
tashlanadi yoki yong‘in o‘chirish avtomobillarida gitrosslar yordamida tortib olib 
tashlanadi. Omborlarning maydoni katta va moddiy boylik mahsulotlari bilan to‘la 
bo‘lganligi uchun YoO‘R hamda yong‘ino‘chirish uchastka boshliqlari dastaklar 
bilan ichkariga, eng ko‘p yonayotgan yong‘in o‘chog‘iga qarab harakat qilinishini 
ta’minlashi shart. Yon tomondagi bo‘lma va yuqori qavatlarga (bir necha qavatli 
binolarda) himoya uchun dastaklar kiritishi hamda doimiy ravishda yong‘in 
holatini aniqlash ishlarini amalga oshirishi shart. Yong‘in o‘chirish vositasi va 
jadallikni tanlashda YoO‘R saqlanayotgan modda hamda materiallarning soni, 
miqdori hamda ularning xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Suv qo‘llanishini 
chegaralash lozim, chunki u moddiy boyliklarning tarkibini buzadi yoki omborda 
suv bilan birikkanda o‘zining fizik-kimyoviy xossasini o‘zgartiruvchi (metall 
natriy, kaliy, kalsiy, magniy, metil, bariy perekisi) moddalar mavjud bo‘lsa, 
YoO‘R tomonidan yong‘inni o‘chirish uchun suvni qo‘llashga ruxsat etilmaydi. 
Yong‘in o‘chiruvchilar ko‘pik va suv dastaklarni olov tarqalayotgan, eng qimmatli 
moddiy boyliklar hamda portlash xavfi bor bo‘lgan joylarga uzatishlari talab 
etiladi. Suv oqimi, avvalo, olov qo‘shni stellaj vashtabellarga o‘tib ketmasligining 
oldini olish uchun va stellajlararo yo‘laklar bo‘ylab sepiladi. Tolalimateriallar 
(momiq, paxta, linttolasi) yonganda suv bilan o‘chiriladi, so‘ng xavfsiz joyga olib 
chiqiladi va namlagichlar qo‘shilgan suv yordamida obdon o‘chirib olinadi. 
Savdo korxonalari va moddiy boylik mahsulotlari omborlarida sodir bo‘lgan 
yong‘inni bartaraf etishda YoO‘R moddiy boyliklar joylashtirilgan joyni aniqlab, 
ularni xavfsiz joyga olib chiqish yoki himoya qilish tartibini belgilaydi va yong‘in 
o‘chirishda kranli dastaklar, sachratma suv, ko‘pik, kukun hamda inert gazlardan 
foydalanish ishlarini tashkillashtiradi. 
Yonuvchi polimer qoplamali metalldan tuzilgan binolarda sodir bo‘lgan 
yong‘inni bartaraf etishda YoO‘R tomni «A» va «B» dastaklar yordamida 
o‘chirish, tomni ko‘tarib turgan binoning asosi, ustun, devorning ichki yuzalari 
hamda tom qoplamalari ostini sovitish uchun «A» va lafet dastaklaridan suv berish, 


142 
bino ichidagi yong‘in o‘choqlarini o‘chirish va moddiy boyliklarni himoya qilish 
uchun «B» dastagidan sochma suv uzatish, devor qoplamalarini o‘chirish uchun 
«A» dastaklaridan foydalanish, yong‘inning qo‘shni bo‘limlarga yong‘inga qarshi 
to‘siq va devorlar orqali o‘tishi imkoniyatlarini hisobga olgan holda yong‘in 
o‘chirish ishlarini amalga oshirish, yong‘inni o‘chirishda tayanch chegarasi sifatida 
shamollatish tuynuklaridan va yorug‘lik fonarlaridan foydalanish, yong‘in 
o‘chirilgandan so‘ng, qolib ketgan yong‘in qoldiqlarini bartaraf etish uchun devor 
va tom panellarini sinchiklab tekshirish ishlarini tashkillashtiradi. 
Portlash oqibatida yangi yonish o‘choqlari paydo bo‘lishini bartaraf etish va 
yonuvchi suyuqliklar to‘kilib ketganda ularning oldini to‘sish uchun YoO‘R o‘z 
ixtiyorida doimiy ravishda zaxira kuch va vositalariga ega bo‘lishi kerak. 
Zaxiradan, shuningdek, yong‘in o‘chirishda ishlayotgan shaxsiy tarkibni 
almashtirish uchun ham foydalaniladi. Yong‘in o‘chirish uchastkalarini omborning 
ichi bo‘yicha, binoning aylanasi, qavatlar va tomi bo‘yicha tuzish mumkin. YoO‘R 
va bo‘linma yetakchilari asosiy e’tiborni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga 
qaratishi shart. Qulab tushish xavfi tug‘ilganda odamlarni xavfsiz joyga olib 
chiqish toqazo etiladi. Agar yonayotgan xonalarda kimyoviy modda, plastmassa, 
zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular inson organizmiga salbiy ta’sir 
etishi mumkin bo‘lsa, xonalarni shamollatish yo‘li bilan insonlar organizmini 
zaharlanishidan himoya etish choralari ko‘riladi

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish