Kimyoviy holatni baholash deganda - kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni odamlarga, hayvonlarga, suv va boshqa obyektlarga ta’sir etish darajasini aniqlash hamda kimyoviy hujum yoki ishlab chiqarish tarmoqlaridagi falokat oqibatlarini tugatish uchun eng maqbul uslubni tanlash tushuniladi.
Kimyoviy holatni baholash - bashorat usuli hamda tekshiruv natijalari orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarida kimyoviy holat radiatsiyaviy va kimyoviy tekshirish guruhlari, postlari orqali aniqlanadi.Kimyoviy holatni baholashda havoning turg’unlik darajasini bilish muhim ahamiyatga ega, chunki aynan havoning holatiga ko’ra kimyoviy shikastlanish zonasining miqyosi hamda talofatlanish hajmi sarhisob qilinadi. Kimyoviy holatni baholashda havoning turg’unlik darajasini bilish muhim ahamiyatga ega, chunki aynan havoning holatiga ko’ra kimyoviy shikastlanish hududining miqyosi hamda talofatlanish hajmi sarhisob qilinadi.
Havoning vertikal turg’unligi uchta darajaga bo’linadi: Inversiya, Izotermiya va konvektsiya (1-rasm).
1 -rasm. Ob-havo ma’lumotlariga ko’ra havoning vertikal turg’unlik darajasini baholash.
Izotermiya - havo muvozanatining barqarorligi bilan tavsiflanadi. U ko’proq bulutli xavoga xos, lekin Inversiyadan konvektsiyaga (ertalabki vaqtlarda) va aksincha (kechqurungi vaqtlarda) o’tish soatlarida ham vujudga kelishi mumkin.
Izotermiya odatda, kechqurungi vaqtlarda quyosh botishiga taxminan 1 soatlar qolganda vujudga keladi va quyosh botgandan 1 soatlardan keyin u parchalanib ketadi.
Inversiyada havoning pastki qatlami yuqori qatlamidan sovuqroq bo’ladi hamda bu holat zaharlangan havoning balandlikka tarqalishiga qarshilik ko’rsatadi va zaharlangan havo uzoqroq vaqt saqlanishiga qulay sharoit yaratib beradi.
Konvektsiya odatda, quyosh chiqishidan 2 soat keyin hosil bo’ladi va quyosh botishidan 2,5 soat oldin buziladi. Bu ko’proq, yozgi ochiq kunlarda kuzatiladi. Konvektsiyada havoning pastki qatlamlari yuqoridagilaridan ko’ra ancha issiq bo’ladi va bunday xolat zaxarlangan xavoning tez tarqalishiga, oqibatda zaharlanish ta’sirining kamayishiga olib keladi.
Kimyoviy holatni baholashda bashorat usuli bo‘yicha zaharlangan havoning tarqalishi uchun qulay bo‘lgan sharoitda (inversiya shamol tezligi 1m/s. da) ob’ektdagi barcha kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda zaxiralarining tashqariga chiqib ketishi (to‘kilish) oqibatlarini o‘rganish orqali aniqlanadi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda saqlanadigan idish zaxirasining falokatini baholash haqiqatda sodir bo‘lgan vaziyatda o‘tkaziladi.Bunda zaharli moddalarning aniq miqdori va ob-havo sharoitlari meteorologik sharoitlar [ havo harorati, yer sirti qatlamidagi shamol tezligi (10m balandlikda), havoning vertikal barqarorligi darajasi (1-jadval, 2 -ilova)]; hisobga olinadi.
Shunga ham ahamiyat berish lozimki, qaynash harorati 20°S dan past bo‘lgan zaharli moddalarni (masalan, fozgen, vodorod ftorid va shunga o‘xshashlar) to‘kilishi bilan juda oz vaqt mobaynida bug‘lanib ketadi va bug‘langan zaharli modda miqdori, uning to‘kilgan suyuq miqdoriga teng bo‘ladi. Agar qaynash harorati 20°S dan yuqori bo‘lgan (uglerod (IV) sulfid, sinil kislotasi va boshqalar) va qaynamaydigan zaharli suyuqliklar (ammiak, xlor, oleum va hokazolar) o‘sha ob’ekt hududi bo‘ylab tarqaladi va havoning yer ustki qatlamini zaharlaydi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda bo‘lgan joylardagi kimyoviy holatni baholashda, kimyoviy zaharlangan hudud o‘lchamini, kimyoviy shikastlanish o‘chog‘ini, zaharli havoning hududga yetib kelish va shikastlash vaqtini hamda kimyoviy shikastlanish o‘choqlarida fuqarolarni talafotlanish ehtimollari ko‘zda tutiladi.
Kimyoviy xavfli obyektda avariyalar sodir boʻlganda quyidagilar asosiy xavf manbalari boʻlib hisoblanadi (2-rasm): KXMning havo, yer va suv manbalarini keyingi zararlantirish bilan atmosferaga zalp bilan ajralib chiqishi; KXMni suv havzalariga toʻkilishi; KXM va ularning yonuvchi mahsulotlarining atrof muhitga chiqarilishi bilan “kimyoviy yongʻin”; KXM portlashlari; zararlangan havo bulutining tarqalish izi boʻylab “dogʻlar” shaklida KXMning choʻkishi, haydash va migratsiya orqali tutun zonalarining shakllanishi.
2-rasm. Kimyoviy xavfli obyektda avariya sodir boʻlganda zararlantiruvchi omillarining shakllanishi sxemasi. Zararlantiruvchi omillar: 1 – KXMning atmosferaga zalp bilan chiqishi; 2 – KXMning suv havzasiga toʻkilishi; 3 – “kimyoviy yongʻin”; 4 – KXMning portlashi;5 – KXMning choʻkishi va haydash orqali shakllangan tutun zonalari.
Joyi va vaqti boʻyicha har bir xavf manbalari alohida, ketma-ket yoki boshqa manbalar bilan birgalikda namoyon boʻlishi mumkin. Bularning barchasi KXMning fizik-kimyoviy xususiyatlariga, avariya sharoitlariga, ob-havo sharoiti va hudud topografiyasiga bogʻliq. KXM chiqishi bilan kimyoviy xavfli obyektda avariyalar sodir boʻlganda, kimyoviy zararlantirish oʻchogʻi quyidagi xususiyatlarga ega boʻladi.
Kimyoviy xolatni baholashga ko‘ra to‘plangan ma’lumotlarni taxlil qilish asosida qiqacha xulosalar qilgan xolda, tezkorlik bilan qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni belgilab olish kerak. Bunday FV vujudga kelgan holda aholi o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi lozim, tezda xabar topgandan so‘ng:
-kerakli xujjatlar, buyumlar olish kerak;
- 2-3 kunga etarli oziq-ovqat va ichimlik suvi;
- gaz, elektr vositalari o‘chiriladi;
- qishloq xo‘jaligi hayvonlarini xavfsiz joyga ko‘chirish lozim boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |