Tuzuvchi:
Samarqand davlat Arxitektura-qurilish instituti “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasining katta o’qituvchi S.T. Ruziev.
Тaqrizchilar:
Samarqand davlat Arxitektura-qurilish instituti “Hayot faoliyati
xavfsizligi” kafedrasining dosenti, t.f.n. H.X. Razzoqov
Samarqand davlat Arxitektura-qurilish instituti “Qurilish texnologiyasi
va uni tashkil etish” kafedrasining dosenti, t.f.n.N.F.Baxriev
SamDAQI ilmiy-uslubiy kengashning o’quv-ilmiy-uslubiy adabiyotlarni bosmadan chiqarish bo’yicha tavsiya beruvchi ekspert komissiyasida ko’rib chiqildi va kengash qarori bilan chop etishga (Bayonnoma № ___. 2021 yil _____________) ruxsat berildi.
Chiqish belgilari: SamDAQI Shakli A 4. Buyurtma № Adati Hajmi
© S.T. Ruziev. 2021 y
KIRISH
Ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga har qanday favqulodda vaziyatlardan (tabiiy, texnogen, ekologik hususiyatli) fuqarolar va hududlarni muhofaza qilish, jarohat olganlarga vrach kelguncha birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, iqtisodiyot ob’ektlari va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, hamda favqulodda vaziyatlar davrida iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini oshirishni “Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi” fani o’rgatadi, Hozirgi davrda tabiatda turli-tuman tabiiy favqulodda vaziyatlar, shuningdek texnogin va ekalogik vaziyatlar tez-tez bo’layotganini hisobga olsak ushbu o;rganilayotgan fan dolzarb hisoblanadi.
Faning vazifasi Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo’lganda harakat qilishga o’rgatishni, sanoat korxonalarini turli ofatlar chog’ida barqaror ishlashiga, ishchi-xizmatchilarning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishdir.
“Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi” fanini talabalar o’rganish chog’ida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar iqtisodiyot obyektlarda hamda aholi orasida favqulodda vaziyatlar paytida qurbonlar sonini qisqartirishiga olib va moddiy zararlarni kamaytirilishiga olib keladi.
Bosqich ishini maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishda, kundalik turmushdagi real sharoitlarga mos texnik yechimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash ko’nikmalarni hosil qilishdir.
Bosqich ishini mavzulari bevosita sodir bo’lishi ehtimoli bo’lgan favqulodda vaziyatlar bilan bog’liq, aniq bir sharoiti uchun belgilanadi. Kurs ishining mavzulari umumiy talabalar soniga 20-30 % ko’proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
I. BOB KIMYOVIY XAVFLI OBYEKTLARDAGI KUCHLI TAʼSIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALARNING TARQALISHI BILAN BOGʻLIQ AVARIYALAR MAVZUSIDA BOSQICH ISHINING TARKIBIY QISMI, MAQSADI VA UNI BAJARISHGA KO’RSATMALAR.
Do'stlaringiz bilan baham: |