Bolalar lug‘ati
odob
– yaxshi xulq, tarbiya va
xushmuomalalik.
axloq
– inson tabiati, muomala,
xatti-harakati va odobi.
Tarbiya
– ta’lim, axloq-odobni
o‘rgatish, insonni voyaga yetka-
zish va ulg‘aytirish.
Eslab qoling:
“Odob har bir inson amal qi-
lish kerak bo‘lgan hayot qonunidir. Inson aynan
odobi bilan tilsiz va aqlsiz hayvonlardan ajralib
turadi”.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
322
Foydali nasihatlar
1. “Har kimda odob bo‘lsa, unda
ilm ham bo‘lishi qanday yaxshi.
Chunki odob aql bilan chambar-
chas bog‘liq. Agar aql ustiga odob
ham qo‘shilsa, nur ustiga nurdir.
Ulug‘lik aql va odobdan yuzaga keladi. Aqlning
qadri odob, boylik qadri saxovat va kuch-quv-
vat qadri bahodirlik tufayli oshadi” (“Favoqi-
hul-julaso”).
2. Yahyo ibn Muoz shunday dedi: “Qalb
ko‘krakdagi qozonga o‘xshaydi. Shu qozon-
da qaynagan narsani suzib oladigan cho‘mich
tildir. Kimligini bilmoqchi bo‘lsang, uning
so‘ziga e’tibor ber. Chunki til senga qalbdagi
shirin, nordon, xushta’m va achchiq narsalarni
ko‘rsatadi”.
3. Odob xulqni chiroyli qilish, so‘z va hara-
katni tuzatishdir.
4. Go‘zal sifat va chiroyli xulq bilan bezan-
magan kishini chiroyli kiyimlar hech qachon
ko‘rkam qilolmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
323
Qaysi biri yaxshiroq?
(Ibratli hikoya)
ozordan savat ko‘tarib qaytayotgan uch
ayol dam olish uchun yo‘l chetidagi
o‘rindiqqa o‘tirishdi. Bir-biri bilan o‘z o‘g‘illari
haqida gaplasha boshladi. Birinchi ayol shun-
day dedi: “O‘g‘lim juda ham chaqqon bola.
Hatto bir necha daqiqa oyog‘ini osmonga qilib,
qo‘lida tik yura oladi”. Ikkinchi ayol ham
o‘g‘lini maqtab qoldi: “O‘g‘limning bulbuldek
ovozi bor, eshitgan odam erib ketadi”. Uchin-
chi ayol o‘g‘li to‘g‘risida lom-mim demadi, ikki
ayolning gaplariga jimgina quloq solib o‘tirdi.
Ikki ayol sen nega gapirmaysan, deb undan
so‘rashganida tortinibgina shunday dedi: “Me-
ning o‘g‘limda aytarli birorta alohida fazilat
yo‘q. Alloh bergan bir bola-da”.
Bir qariya nariroqda ayollar nima deb gap-
lashayotganiga quloq solib turgan edi. Ayollar
yo‘lga tushib, yuk ko‘tarib og‘riyotgan bel va
qo‘llarini ishqalab silay boshlashdi. Shu payt
uch bola oldilariga chopib kelishdi. Bular uch
ayolning o‘g‘illari edi. Birinchi ayolning o‘g‘li
oyoqlarini osmonga ko‘tarib qo‘li bilan yerda
tik yurishni amalda ko‘rsatdi. Ikkinchi ayol-
ning o‘g‘li xarsang tosh ustiga chiqib, onasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |