FarPI IChB fakulteti 64-17M guruh talabasi Bo`stonov Omadbekning Ijtimoiy soxa menejmenti fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Tayyorladi: Bo`stonov O
Qabul qildi: Yuldasheva N
Mavzu: Munitsipal hamjamiyat rivojlanishi kontseptsiyasining universal texnologiyasi
Kirish.
Reja:
1. Mahalliy resurslardan unumli foydalanish
2. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishi konsepsiyasi
3.O’zbekistonda mahalliy institutlarning rivojlanib borish
Xulosa
Kirish
Mahalliy boshqaruv organlariga haqiqtan ham byurokratik hokimiyat izdoshlari rahbarlari sifatida qaraladi. Ammo o’z-o’zini boshqarish organlarini tashkil qilish juda qiyin. Shunga qaramasdan, mahalliy hokimiyat organlarini tashkil qilish uchun juda katta ishlar qilindi. Munitsipal ta’lim ma’muriyatining boshliqlari saylandi, deputatlar kengashi, munitsipal hokimiyat tariqasida boshqaruv apparati shakllanmoqda.
Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini rivojlanti-rishning oddiy bo’lgan faqat yuqoridan qarash usuli, o’zini oqlamadi., mahalliy xalq o’z muam-molarini yechishga jalb qilinishi lozimligi, buning uchun, ularga hokimiyat vakolatlarini moddiy va moliyaviy resurslarni berish zarurligi ma’lum bo’ldi. Bu holat ularda mahalliy xo’jalikni rivojlantirishda boshqa bir tamoyilial motivasiyani uyg’otadi, mavjud tabiiy va intellektual resurslardan foydalanishda unumli yo’llarni topish mahalliy yashovchilarni oxir-oqibat o’zlarini ijtimoiy ehtiyojlari uchun aktiv pul ishlab topish yo’liga o’tishga undaydi. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish orqali zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani tashkil qilish lozim.
Hozirda mavjud mahalliy boshqaruv organlarining mahalliy hayot muammolari bilan bog’liqligi juda yomon. Ular munitsipal mulkni boshqarish, mahalliy sanoatni rivojlantirish bilan bandlar va shuning uchun, mahalliy yashovchilar shahar, rayon ma’muriyati oldida tilamchi, da’vochi sifatida namoyon bo’lmoqda.
Bunday vaziyat yana mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari davlat boshqaruv vertikalining davomiga aylanmoqda, o’zining tub mohiyatini yo’qotmoqda. Natijada eskirgan mahalliy boshqaruv konsepsiyasi yuzaga chiqmoqda, bu esa, o’zining oqlanmaganligi sir emas. Bunday «yuqori»dan rivojlanish konsepsiyasi ayniqsa, davlat boshqaruvida jamiyatdagi inqirozning chuqurlashuvi sababchilaridan biridir,
Vaziyat davlat tomonidan puxta o’ylanmagan ijtimoiy siyosat va uni amalga oshirish uchun mablag’lar yetishmasligi natijasida jamiyatda ijtimoiy norozilikning kuchayishi shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasini yo’q kiladi. Muammo nafaqat resurslarning yo’qligi, balki undan samarali foydalana olmaslik, rivojlanish mablag’lari va boshqaruvchilarning yo’qligidadir. Bir so’z bilan aytganda, munitsipal menejment sohasidagi professionallikning pastligi zamonaviy boshqaruvda salbiy oqibatlarni-mas’uliyatsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun, mahalliy boyliklardan qoniqarli darajada foydalanilmaydi.
Hozirgi kunda rivojlanishning boshqa strategiyasi, ayniqsa jamiyatni inqirozdan olib chiqadigan strategiya zarur. Strategiya - inqirozga qarshi boshqaruvning zamonaviy resursi. Strategiya (grekcha strategia, strotos-qo’shin + ago- olib boraman) - umuman qo’shin va kompaniyalarda olib boriladigan juda katta operasiyalar san’atidir. Hozirgi vaqtda «strategiya» deganda boshqaruv hamda jamiyat muammolarini yechish bilan bog’liq boshqaruv san’ati tushuniladi.
Rivojlanish strategiyasi jamiyat doktrinasi va davlat siyosati bilan uzviy bog’liqdir. Siyosiy maqsadlarda strategiya ularning bajarilishini, jamiyat hayotining turli sohalarida optimal natijalarga erishish texnologiyasi ishlab chiqishni ta’minlab beradi. Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan shaxsiy: ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, huquqIy va ma’naviy strategiyalar vujudga keladi. Bunday holatning o’zi tashkilotning strategik maqsadlarini aniqlaydi va bu faoliyatning alohida elementlarini, funksiyalarini qamrab oladi.
Strategik rejalashtirishning keyingi bosqichi bo’lib maqsadlarga erishish uslublarini aniqlash, resurslarni topish hisoblanadi, ya’ni tashkilotni rivojlantirish konsepsiyasi tuziladi. Bu konsepsiya esa rahbariyat uchun strategiya bo’lib xizmat qiladi.
Bunday muhitni tahlil qilishda turli xil usullar ishlatiladi hamda tashkilotning ichki holati ham tahlil qilinadi Shu vaziyatdan kelib chiqib, tashkilotning kuchli tomonlarini, imkoniyatlarini hisobga olib strategiyalar ishlab chiqiladi. Shundan so’ng, tashkilotchilik qobiliyatlari: innovatsiyaga qodirlik va malakaviy salohiyat ishlab chiqiladi.
Bizning boshqaruvdagi kamchiliklarimiz (mahalliy mintaqalar) kichik dasturlar doirasida ishlash va doimiy muammolarimizni bosqichma-bosqich hal etish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda hamma kamchiliklarimiz to’liq ishlab chiqilgan, zamonaviy strategik fikrlardan holi bo’lgan boshqaruv inqirozi natijasidir. Bu doiradagi boshqaruvimiz ilmiy-texnikaviy muhitda nisbatan juda uzoq vaqt qolib ketgan. Shunga qaramasdan ko’pgina professional boshqaruvchi - menejerlar paydo bulishdi, o’zlarini amaliyotlarida ular strategik rejalashtirish va konseptual usulini keng qo’lladilar. Buning asosida innovatsiyalashgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy texnologiyalarni yaratish va qo’llash vazifasi turibdi.
Mahalliy yashovchilarni yuqori hokimiyatdan mahalliy darajaga olib tushish, o’zlarining muammolarni hal qilish uchun o’zlarini jalb qilish hamda mahalliy hokimiyatni mustahkamlash - inqirozga qarshi rivojlanishining asosiy strategiyasidir. Asosiy g’oya - mahalliy hokimiyatni kuchaytirish: mahalliy nizomlarni qabul qila olish, moddiy texnika bazasini yaratish, mahalliy byudjet, soliq tushumlari va boshqalarni mustahkamlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |