Respublikaning suv resurslari va ulardan foydalanish.
O’zbekistonning suv resurslari Orol dengizi havzasidagi barcha suv resurslari bilan uzviy bog’liq ravishda qaraladi. Orol dengizi havzasi Yevrosiyo markazida joylashgan bo’lib, chegarasi Markaziy Osiyoniki bilan deyarli ustma-ust tushadi.
Havza Tojikiston, O’zbekiston, Turkmanistonning barcha hududini, Qirg’iziston Respublikasining 4 ta oblasti (O’sh, Jalolobod, Norin, Botken), Qozog’istonning janubiy qismi (ikki oblasti: Qizil-O’rda va Janubiy Qozog’iston) hamda Afg’oniston, Eronning shimoliy qismlarini qamrab oladi.
Markaziy Osiyoda qishloq aholisining asosiy bandlik sohasi bo’lib qishloq xo’jaligi hisoblanadi, hozirgi paytda undan aholining 60% ga yaqini ishlaydi va shunga ko’ra, mintaqadagi mamlakatlar rivoji uchun agrar sektor samaradorligi alohida o’rin tutadi. Markaziy Osiyoning agrar mintaqa sifatida gullab-yashnashi qadimdan yerdan foydalanish bilan uzviy bog’liq bo’lib kelgan.
Umumiy 154,9 mln. ga yer maydonidan 59.1 mln. ga yer ishlov berishga yaroqli, shundan faqat 10 mln.ga yerdan foydalaniladi.
Ishlov beriladigan yerlarning yarmi vohalarda joylashgan (tabiiyki, ular zovurlashtirilgan va unumdor hisoblanadi). Yerning qolgan yarmi esa ulardan foydalanishni yo’lga qo’yish uchun murakkab va qimmat meliorativ tadbirlar (uning tarkibida zovur yotqizish, tekislash ishlaridan tashqari tuproq strukturasini yaxshilash ham bor) o’tkazishni talab qiladi. Orol dengizi havzasida mavjud suv resurslari havzadagi suv resurslari yer ustidagi va yer ostidagi kelib chiqishiga ko’ra tabiiy shuningdek antropogen kelib chiqishiga ega qaytar suvlardan iboratdir. Barcha suv resurslari Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tegishli. Faqat Qashqadaryo, Zarafshon, Murg’ob va Tejen daryolari mustaqil (biror joyga qo’yilmaydigan, Amudaryo daryosiga intiladigan) havzalarni hosil qiliadi.
Yer usti suv resurslari. Gidrologik kuzatuvlar asosida Orol dengizi havzasidagi daryolarning Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari bilan birgalikdagi umumiy resurslari baholab chiqilgan. Kuzatuvlarning butun davri (1911/1914-2000 yillar) davomida oqim yig’indisi o’rtacha arifmetik qiymati Orol dengizi havzasi bo’yicha bir yilda 116483 mln. m3 ni, shu jumladan bir yilda Amudaryo bo’yicha 79280 mln.m3ni va Sirdaryo 37203 mln. m3 ni tashkil etar ekan.
Адабиётлар.
1. Баратов. Тўхтаев . Икрамов. Атроф муҳитни муҳофаза қилиш
2. Мухаммадиев А.М. ва бошкалар. Табиатни мухофаза килиш ва экологик тарбия.
3. Ширинбоев Ш.А., Сафин М.Г. Атроф-мухитни мухофаза килиш.
Do'stlaringiz bilan baham: |