Kosmopolitizm - (yunon. kosmopolites — dunyo fuqarosi) — dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechish g‘oyasini ilgari suradigan qarash. Kosmopolitizm - ya’ni, qaerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha erni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni o‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir.
Ko‘ppartiyaviylik–mamlakat parlamentida ko‘pchilik o‘rinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha siyosiy partiyalar mavjud bo‘lgan siyosiy tizim.
Kuchli davlat –omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga egabo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo‘ladi.Uningqudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |