Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – axborot foydalanuvchilari manfaatida uni yig‘ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui. Bugungi kunda AT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuterlar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, aloqa va telefoniya, mobil servislar, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internet axborot resurslarini ta’minlash kiradi.
Bill – ingl. Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa davlatlarda qonun chiqaruvchi tashkilot e’tiboriga havola qilinuvchi qonun loyihasi.
Bipartizm – ijtimoiy sheriklikning ikki sub’ekti o‘rtasidagi kelishuv
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |