70
Umuman, gavda hollarini o`zgartiruvchi va saqlovchi sabablar zaruriy yoki
zaruriy bo’lmagan jinslardan iborat. Zaruriy jinslar 6 xil bo`ladi:
1.Atrofimizni o`ragan havo
2. Iste`mol mahsulotlari
3.Harakat va harakatsizlik
4.Nafsoniy harakatlar
5.Uyqu va uyg’oqlik.
6.Bo`shalish va bo`shalmaslik.
Zaruriy bo’lmagan jinslar esa kishi tanasi bilan uchraydigan narsalardir -
havo bular jumlasiga kirmaydi, chunki u zaruriydir, masalan, hammomga tushish,
turli xil uqalashlar va boshqalar.
Odam tanasi bilan tashqi tomondan uchrashib ta`sir qiluvchi narsalar ikki
yo`l bilan ta`sir qiladi. 1) U narsalarning latif qismlari o`zlaridagi sizilish va o`tib
ketish quvvati bilan gavdadagi teshiklarga kirib ketadi, yoki a`zolar ularni tana
teshiklari orqali tortib oladi, yoki shu ikkala holat bir-biriga yordam beradi 2)
Ular gavda bilan hech bir aralashmasdan faqat uni o`zgartiradigan kayfiyatlari
bilangina ta`sir qiladilar, bu kayfiyat amalda bo`ladi, masalan, sovituvchi
surtmalar amalda sovutadi va isituvchi surtmalar amalda isitadi yoki qizdirib
qo`yiladigan narsalar amalda qizdiradi; yoki u kayfiyat quvvatda bo`ladi , lekin
tug’ma issiqlik unda ta`sir qiluvchi quvvatni qo`zg’atadi va uni amaldagiga
aylantiradi; ba`zan esa o`z xususiyati bilan ta`sir ko`rsatadi.
Badanga tekkanda o`zgartirib , yeganda o`zgartirmaydigan narsalarga
misol piyoz bo`lib, uni tashqaridan bog’laganda yara qilib, ichdan yara qilmaydi.
Buning teskarisicha ta`sir qiladigan narsalarga misol qo`rg’oshin upasi bo`ladi,
chunki u ichilsa, katta o`zgarish yasab, ustdan surtilganda hech qanday ta`sir
ko`rsatmaydi. Ba`zi bir narsalar ikkala tomondan ham ta`sir ko`rsatmaydi.
71
Ta`sir ko`rsatishlarning sababi quyidagi oltitaning biri bo`lishi mumkin,
birinchi sabab shuki, piyoz kabi narsalar gavdaning ichiga kirsalar, hazm qiluvchi
quvvat uni parchalashga va uning mizojini o`zgartirishga shoshiladi va unga o`z
ta`sirini ko`rsatib ichni yara qilish muddatigacha sog’lom qilmaydi. Ikkinchi sabab
shuki, ularning boshqa narsalar bilan aralashtirilgan holda yeyilishlaridir.
Uchinchi sabab, gavdadagi ovqat idishlarida ularning turli suyuqliklar bilan
ko`mib yuborilishi va kuchlarining sindirilishidan iborat. To`rtinchi sabab shuki,
unday narsalar gavda tashqarisida faqat bir joyda turadi, ichkarisida esa ko`chib
yuradi. Beshinchi sabab shuki - tashqari tomondan ular qattiq yopishadi, ammo
ichkaridan esa yopishmasdan faqat tegib turadi. Oltinchi sabab esa narsa gavda
ichkarisida paydo bo`lgandan keyin tabiiy quvvat uning tadbirini o`z qo`liga
oladi va u narsaning chiqindilari to`xtalib qolmasdan chiqarib tashlanadi,
yaxshilari esa qonga aylanadi.
Masalan, piyozni qo`rg’oshin upasidan farq qildiruvchi sabab shuki,
qo`rg’oshin upasining bo`laklari g’aliz bo`lib, tashqi tomondan badan teshiklariga
kira olmaydi va kirsalar ham ruh o`tadigan yo`llar va boshqaruvchi a`zolargacha
yetib borolmaydi, agar u yeyilsa, ish buning teskarisicha bo`ladi. Shuningdek,
qo`rg’oshin upasidagi zaharli tabiat bizdagi tug’ma issiqlikning unga nihoyatda
kuchli ta`sir qilganidan keyingina qo`zg’aladi. Bu xil ta`sir esa faqat tashqari
tomondan uchrashish bilangina hosil bo`lmaydi.
Odatda kasalliklarning ba`zilari sodda, ba`zilari esa murakkab bo`ladi.
Sodda kasalliklar - mizoj kasalligi navlari yoki tarkib buzilishi kasalliklari
turlaridan biri uchraydigan bir xil kasalliklardir.
Murakkab kasalliklar - ularda kasallik turlaridan ikki va undan ortig’i
to`planib, bir nechta kasallikni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: