Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Inson organizmidagi a`zolarning mizojlari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Inson organizmidagi a`zolarning mizojlari 
          Inson  organizmidagi  a`zolarning  mizojlari  Ibn  Sinoning  Jolinusdan  olgan 
va  o`zi  mujassamlashtirib  o`z  fikr  mulohozalarini  bildirib  yozgan  dalillariga 
asoslangan. 
         Insonning  yashash  sharoiti,  iqlimi  muhitiga  qarab  uni  mizoji  aniqlangan. 
Inson  esa  jonli  mavjudotlar  ichida  eng  mo`tadil  mizojlidir.  Ammo  organizmni 
tashkil qilgan a`zolarining ham o`ziga xos mizoji bo`ladi. Bu a`zolarning mizoji uni 
tashkil  qilgan  to`qima,    shu    a`zoning  bajarib  turgan  vazifasi,  ishi  va  unda 
bajarayotgan  ishi  jarayonida  paydo  bo`ladigan  ichki  muhiti  bilan  bog’liqdir.  Odam 
organizmining  a`zolari  yuqorida  ta`kidlanganidek  o`ziga  loyiq  mizojli  bo`lib,  bir-
biriga nisbatan issiqroq yoki sovuqroq, ho`lroq yoki quruqroq bo`ladi. 
            Inson  gavdasida  eng  issiq  narsa  ruhdir,  buni  lotinchada  "pnevma"  deb 
ataladi,  Tibet  tibbiyotida  buni  "hayot  energiyasi"  deyiladi.  Ruhning  paydo  bo`lish 
o`rni  yurakdir.  Undan  keyingi  darajada  turuvchi  issiq  mizojli  a`zo  qondir.  Qon 
jigarda hosil bo`lsada, yurak bilan bog’liqdir, shuning uchun jigarda yo`q haroratni 
yurakdan,  ya`ni  ruh  manbaidan  oladi.  Qondan  keyingi  issiq  mizojli  a`zo  jigardir. 
Jigardan  keyin  issiq  mizojlilikda  o`pka, undan  keyin  esa  mushak  turadi.  Mushakka 
sovuq  mizojli  asab  tolalari  kelib  tutashganligi  sababli  uning  issiqligi  o`pkanikidan 
kamroqdir.  Mushakdan  keyingi  o`rinda  issiq  mizojli  a`zo  taloqdir,  chunki  taloqda 
qon  quyqasi  bordir.  Undan  keyin  buyraklar  turadi,  ularda  qon  ko`p  emas. 
Buyraklardan keyingi o`rinda turuvchi issiq mizojli a`zo arteriyalardir. Bu arteriyalar 


38 
 
ibn  Sino  ta`biri  bilan  aytganda,  harakatli  tomirlar  bo`lib,  ularning  issiqligi  tomir 
ichida  harakatlanib  turgan  qon  va  ruhning  issiqligini  ularga  o`tishidandir. 
Arteriyalardan  keyingi  o`rinda  esa  vena  qon  tomirlari  turadi.  Ular  esa  issiqlikni 
tomir  ichida  harakatlanib  turgan  qondan  oladi.  Vena  qon  tomirlaridan  issiqligi 
jihatidan keyingi o`rinda teri tursada, organizmni o`rab turgan terining eng issiqligi 
kam  mo`tadil  mizojli  qismi  kaftga  qoplanib  turgan  teri  yoki  boshqacha  qilib 
aytganda kaft terisidir.  
           Gavdaning  eng sovuq  mizojli a`zosi  balg’amdir, undan keyin  esa charvi, 
mo`y, suyak, tog’ay, boylam, paylar, pardalar, asablar, orqa miya va nihoyat teridir.  
          Inson  organizmidagi  eng  ho`l  narsa  yoki  a`zo balg’amdir. Undan  keyingi 
o`rinlarda  bir-biriga  nisbatan  ho`llik  kamayib  boradi.  Balg’amdan  keyin  qon,  yog’, 
charvi,  bosh  miya,  orqa  miya,  sut  bezlari  va  moyaklar,    keyin  o`pka,  jigar,  taloq, 
buyraklar,  mushaklar,  eng  oxirida  esa  teridir.  Shu    yerda  ibn  Sinoning  jigar  aslini 
olganda  o`pkadan  ho`lroq  ekanligini,  ammo  nima  uchun  o`pkadan  keyinda 
qo`yilganini quyidagicha izohlaydi: o`pka o`z moddasi va tabiati bilan juda ham ho’l 
mizojli  emas.  Bu  a`zo  eng  issiq  qon  bilan  oziqlanadi,  chunki  bu  qonda  ko`p 
miqdorda  safro  aralashgan  bo`ladi.  Badanda  ko`tariluvchi  bug’lardan  va  o`pkaga 
oqib  keluvchi  nazlalardan  o`pkada  ho`llik  to`planib  qoladi.  Ya`ni,  o`pka 
ho`llanuvchandir.  Ammo  jigar  tug’ma  ho`l  mizojli  bo`lganligi  tufayli  u  doimiy 
ho`llanib turgan o`pka moddasini ham ho’llab turadi. 
           Shunga o`xshash qon va balg’amning ho`lligi quyidagicha tushuntiriladi: 
balg’amning  ho`lligi  ko`pincha  ho`llanish  tufayli,qonning  ho`lligi  esa  qonning 
moddasida to`plangan ho`llik tufayli namoyon bo`ladi.  
          Suyak  mizoji  quruq    va  organizmdagi  eng  qattiq  a`zo  hisoblanadi. 
Suyakning  tarkib  va  tuzilishi  suyak  hujayralaridan  (osteotsitlar)  tashkil  topgan 
bo`lib,  tug’ma  ho`llikni  shimuvchi  va  o`zlashtiruvchidir.  Suyakdan  keyingi  quruq 
a`zo  tog’ay,  keyin  boylamlar,  keyin  paylar,  pardalar,  arteriyalar,  venalar, 


39 
 
harakatlantiruvchi asab tolalari, yurak va undan so`ng  esa sezuvchi asab tolalaridir. 
Harakatlantiruvchi  asab  tolalari  albatta  sovuq  va  quruqdir,  sezish  asablari  sovuq. 
Sezish asablaridan keyin gavdadagi eng quruq a`zo bu teridir.  
          Umuman,  gavdada  eng  issiq  narsa  ruh,  ruhning  paydo  bo`lish  o`rni 
yurakdir,  undan  keyin  qon,  so`ng  jigar,  o`pka,  mushak.  Mushakka  sovuq  mizojli 
bo`lgan  asab    tolalari  kelib  tutashishi  sababli  uning  issiqligi  o`pkanigidan  kamroq. 
So`nggi  issiq  mizoj  taloq,  buyrak,  arteriya  va    vena  qon  tomirlar  va  nihoyat  teri 
undan keyin kaftning mo`tadil mizoji teridir. 
                                                                     
 
                      
                
 
 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish