Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Yer  qalampir  ildizi  -tarkibida  uglevodlar,  efir  moylari,  mikroelementlar, 
alkaloidlar va vitamin C ko`p bo`ladi. Jigar kasalliklarida o’tni haydovchi, ishtahani 
ochuvchi, siydik haydovchi dorivor o`simlik sifatida ishlatiladi.   
Jumro’t  -  mevalari  tarkibida  ko`p  miqdorida  qand,  organik  kislotalar,  limon 
kislotasi  va  vitaminlarga  boy  dorivor  o`simlik.  Jigar  kasalliklarida  quvvatlovchi,  
moddalar almashinuvini yaxshilovchi, zararsizlantiruvchi xususiyatga ega.  
6.4. § .O`t qopi kasalliklarini  sharqona usulda  tashxislash va davolash . 
O’t qopi anatomiyasi 
O’t qopi jigardan me`da tomoniga qarab osilgan xaltacha bo`lib, devori bir qavat 
va  asablarga  boydir.  Uning  jigarga  qaragan  og’zi  va  yo`li  bor  jigarga  muvofiq 
keladigan suyuq xilt, ya`ni sariq o’t shu  yo`ldan tortiladi. Bu yo`l jigarning o’ziga 
va qon vujudga keladigan tomirlarga tutashadi shu  yerda uning jigar tanasiga botib 
kirgan  anchagina  shaxobchalari  bor,  vaholangki  bu  yo`ldagi  asosiy  tarmoqning 
kiradigan  joyi  jigarning  chuqur  tomonidadir.  Uning  yana  boshqa    og’zi    va  me`da 
ham  ichaklar  tomoniga  boradigan  kanali  bor,  shu    kanaldan,  safroning  ortiqchasi 
me`da va ichaklarga yuborildi. Bu kanal shaxobchalarining ko`pi o’n ikki barmoqli 
ichakka  borib  tutashadi.  Ba`zan  kichkina  bir  tarmoq  me`daning  quyisiga  tutashadi, 
goho ish aksincha bo`lib, yo’g’on tomirlarga tutashgan katta qismi  me`da quyisiga 
yo’naladi, kichiklari o’n ikki barmoqli ichakka tutashadi. Ko`p kishilarda bu o’n ikki 
barmoqli ichakka tutashgan bitta yo`ldan iborat bo`ladi. O’tni surib oluvchi nayning 
o’t  qopchasiga  kirish  yo`li,  siydik  pufagidagi  nayning  pufakka  kirish  yo`liga 
o’xshaydi. Qadimgi tabiblar siydik pufagini odatda "katta xalta" deb ataganlaridek, 


324 
 
o’t qopchasini "kichik xalta" deb ataganlar. O’t qopchasining yaratilishidagi manfaat 
jigarni  ko`pikli  chiqindidan  tozalash,  jigarni  qozon  tagidagi  olov  singari  isitish, 
qonni latiflashtirish, chiqindilarni tarqatish, axlatni chiqishga  qo’zgatish, ichaklarni 
tozalash  va  ularning  tevaragidagi  mushakni  pishiqlashidan  iboratdir.  Ko`p 
kishilarning  o’t  qopchasida  me`daga  tomon  yo`l  yaratilmagan,  yaratilganda 
ichaklardagi rutubat o’t bilan yuvilganidek, me`da rutubatlari ham yuvilar edi, bunga 
sabab  shuki,  me`da  o’tdan  aziyatlanib  kishi  behuzur  bo`ladi,  ovqatga  yomon  xilt 
aralashuvi  sababli  me`da  hazmi  buziladi.  O’t  qopchasiga    arteriyadan  va  jigarga 
tutashib  turadigan  asablardan  juda  kichik  ikkita  shaxobcha  keladi.  O’t  qopchasi 
siydik pufagiga o`xshash bir qavat bo`lib, uch turli toladan tuzilgan. 
O’t qopchasi o’tni tortmasa, yoki tortsa ham jigarni tozalab turmasa, turli ofatlar 
yuz beradi. Safro o’t qopchasidan yuqorida to’xtalib qolsa, jigarni shishiradi va sariq 
kasalligini paydo qiladi, ba`zan u sasib yomon isitmalarni keltirib chiqaradi. Agar o’t 
siydik a`zolariga juda ko`p oqib borsa, yara qiladi, biror boshqa a`zoga oqib borsa, 
saramas  va  nazla  paydo  qiladi.  Agar  butun  badanga  tarqalib  o’rnashib  qolsa  va 
qo’zgalmasa, sariq kasalligini paydo qiladi. Agar o’t ichaklarga haddan tashqari ko`p 
oqsa, safroli ich ketish va ichak shilinishini   keltirib   chiqaradi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish