Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Qovuq  anatomiyasi 
Quyuq yaratuvchi axlat uchun uni to yorilgunigacha bir joyga to`plab turib o`rab 
turadigan  idish  yaratib,  buning  natijasida  sen  o`z  joyida  bilganingdek,  uzluksiz  va 


333 
 
ketma-ket  hojatga  turishga  ehtiyoj  qoldirmagani  singari,  u  oliy  darajali,  qonning 
haydalib  chiqarilishi  kerak  bo`lgan  ortiqcha  suvlik  qismining  oqma  kelishi  uchun 
bo`shliq  va  idish  yaratdi.  Bu  idish  o`sha  suvlik  qismining  hammasini  yoki 
ko`prog’ini  saqlab  turadi,    nihoyat  uning  bir  yo`la  chiqarilishi  mumkin  bo`lib, 
chakmazak  kasalligiga  mubtalo  bo`lgan  kishida  bo`lgani  kabi,  uni  uzluksiz  to`kib 
turishga hojat qoldirmaydi. Bu bo`shliq qovuqdir. 
Qovuq,  juda  pishiq  bo`lsin  uchun  va  mahkamligi  bilan  birga  suvlik  moddaga 
to`lganda cho`zilish va kengayishga qobiliyatli bo`lsin, hamda tuzilishi zich bo`lsin 
deb  chandir  singari  boyloq  paydan  yaratildi.  U  qachon  to`lsa,  o`zidagi  narsani 
zarurat    talab  qilgan  idora  bilan  bo`shatadi.  Uning  bo`ynida  go`shtlik  yo`l  bor,  bu 
orqali qovuqning   mushak   bilan   qo`shnichiligi   yaxshi   bo`ladi. 
Qovuq  ikki  tabaqali  bo`lib,  ichki  tabaqasi  chuqurda  joylashgan  va  u  tashqi 
tabaqadan ikki marotaba qalindir. Chunki ichki tabaqa o`tkir suvlilik moddasi bilan 
uchrashib turuvchi tabaqadir. Yaratuvchi lutf qilib, o`z hikmati bilan suvlilikni ichki 
tabaqaga tortiladigan va undan chiqadigan qilib, buyrakdan unga ikkita siydik yo`lini 
tutashtirdi; bularni qovuqda keltirib qovuqni ham ikki tabaqaga ayirdi.  
Bu ikki yo`l shu  ikki tabaqa orasiga kiradi; ular dastlab birinchi tabaqani teshib, 
keyin  ikki  tabaqa  orasida  bir  qadar  yo`l  o`tib,  ichki  tabaqani  yorib  teshib,  qovuq 
bo`shliqiga  kiradi  va  chiqindi  suvlilikni  qovuqqa  qo`yadi.  Qovuq  to`lib, 
taranglashganda, ichki tabaqa ichkari va chuqurlikdan ko`tarilib, tashqi tabaqa bilan 
birlashadi  va  ikki  tabaqa  bir  tabaqaday  bo`lib,  ularning  orasida  o`tadigan  yo`l 
qo’yolmaydi.  Shuning  uchun,  suvlilik  va  siydik  qovuqni  to`ldirib  tarang  qilganda 
ham  orqasiga  siydik  yo`llariga  qaytmaydi.  Keyin  yaratuvchi,-  uning  qudrati 
yuksakdir,-qovuqdan suvlilikni olat tomon itaruvchi, juda egri-bugri bo’yin yaratdi. 
Mana  shu    qat-qat  bukuklar  bo`lganidan  suvlilik  qovuqdan  birdaniga  oxirigacha 
chiqarilmaydi.  


334 
 
Bu hol, ayniqsa, erkaklarda  kuchli bo`ladi,  chunki bukukliklar erkaklarda uchta 
bo`lib,  xotinlarda  qovuqdagi  bachadonlariga  yaqin  bo`lganidan,  bittadir.  Bu 
bo`yinning  boshlangan  sari  uni  burib  va  siqib  turuvchi  mushak  bilan  shunday 
o`ralganki,  bu  mushak  irodadan  tashqari,  suvlilikning  chiqarilishiga  mo’ne  bo`ladi. 
Bu  mushak  o`z  joyida  bilganingdek  idora  bilan  qorin  mushaklari  yordamida 
bo`shashtiriladi,  agar  bu  mushakka  biror  ofat  yetmagan  bo`lsa,  shunday  bo`ladi. 
Qovuqda  ikkala  tarafdan  birmuncha  asablar,  shuningdek  harakatli  va  harakatsiz 
tomirlar  tutashadi.  Qovuqning  taranglashib  cho`zilishi  ko`proq  sezilishi  uchun  bu 
yerda asablar ko`p tarmoqlangan. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish