Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

         Davolash.  Oldin  kichik  iyoraj  bilan,  keyin  katta  iyoraj  bilan  "Og’izni 
tozalash,  so`ngra  boshni      o`ziga  xos  dorilar        bilan  davolash  kerak.  Agar  ho`llik 
bilan  birga  qonning  ko`payganligiga  gumon  qilinsa,    til  tomirlaridan  qon  olinadi, 
engakka qortiq qo`yiladi, keyin esa tomoqqa   chayiladigan va tilga ishqalanadigan 
dorilar  ishlatiladi.  Bo`shatishdan  keyin  doimo  til  harakatlantirib  turiladi.  Kasal 
joyning  o`ziga  ishlatiladigan  dorilarga  kelsak,  ko`proq  vaqt  tilni  yumshatuvchi, 
ajratuvchi  va  latiflashtiruvchi  dorilar  bilan  ishqalanadi  va  ularning  suvlari  bilan 
tomoq va og’iz chayiladi. U dorilar esa kaklik o`ti, tog’jambil, hardal, nazla o`ti va 
kovul  il-dizi,  hatto  hardal  bilan  etmak  kabi  narsalardan  iboratdir.  Shulardan 
hammasini  murriy  va  dengiz  piyozining  sirkasi  kabi  narsa bilan  qo`shib  ishlatiladi. 
Tilga  navshadilni  ayron  qurt  yoki  suzma  qurt  bilan  qo`shib,  undan  ko`p  so`lak 
oqquncha  ishqalash  ham  foyda  qiladi.  Yovvoyi  piyoz  sikanjubini  bilan  tomoq  va 
og’iz  chayilsa  juda  foyda  qiladi.  Igir  tilning  bo`shashuvi va og’irligiga qarshi  juda 
yaxshi doridir. 


209 
 
Til  haddan  tashqari  bo`shashib  so`zlash  mumkin  bo`lmay  qolsa,  farfiyun  va 
yetmakdan bir miqdor olib tilni va tilning ildizini o`sha tarkib bilan ishqalash kerak. 
O’sha dorilarni va ularga o`xshashlarni bo’yinga ham qo`yiladi. Goho shu  dorilar va 
ularga  o`xshashlardan  tayyorlanadi,  buning  uchun  ularni  tez  erib  ketishdan 
saqlaydiganlardan  anbar,  sanavbar  yelimi  va  boshqa  yopishqoq  yelimlar  bilan 
qoqiladi.  Tilning  bo`shashuviga  va  chiqib  osilib  qolishiga  qarshi  til  tagiga  olib  
turiladigan habning tarkibi quyidagicha:  ikki  dirham bo’tm daraxtining saqichi va 
bir  dirham  anguzani  olinadi  va  shundan:  no’xat  barobarida  hab  dori  tayyorlab,  til 
tagida olib turiladi. Bu bobda sinalgan tadbirlardan biri novshadil, murch, nazla o`ti, 
hardal  va  buraq,  zanjabil,  tog’  mayizi,  kaklik  o`ti,  sedana,  quruq  samsoq  va  neftli 
tuzlarni  yanchib,  elab  va  ularni  issiq  suvga  solib,  bir  necha  kun    ketma-ket  tomoq 
chayishdir. 
Tilning  bo`shashuviga    qarshi  hidlar      ko`rsatadigan  juvorishn  dorilardan  biri 
mana shu  tarkibdagi juvorishndir: qora zira, Kermon zirasi, dorchin va hind tuzining 
har biridan  yarim      miskrl, yuz  dona uzunchoq  murch, ikki     yuz  dona  qora  murch   
va  shakardan  sakkiz  istor,    bir  istor  olti  yarim  dirham  bo`ladi,  olib  doimo  ishlatib 
turiladi. 
Tarqatuvchi  dorilar  ta`sir  qilmasa      va  sen  rutubatni  suyuq  va  oquvchan  deb 
taxmin  qilsang,  burishtiruvchi  va  tarqatuvchi  dorilarni,  masalan:  gul  bilan 
aralashtirilgan qandul va taboshir bilan aralashtirilgan qora chayir guli kabi dorilarni 
ishlat. Qurt, uzo’t gurasi va dumbul mevalar kabi nordon va burishtiruvchi narsalar 
bilan tilni ishqalash til bo`shashuviga  ko`pincha foyda  qiladi. Chunki ular so`lakni 
tarqatishi va oqizishi bilan birga nordonligi sababli tilni mahkam qiladi.  
        Bolaning  tilga  kirishi  kechikib  ketsa,  doimo  uning  tilini  harakatlantirib 
turish, ishqalash va so`laklarni oqizish kerak. Ayniqsa, shunday bolaning tiliga asal 
va  andaron  tuzi  oq  tuz  ishqalansa,  yaxshi  foyda  qiladi.  Yana  tilning  ortiqcha 
ho`lligini  davolash  to`g’risida  aytilgan dorilar ham  foydalidir.  O’shanday  bolalarni 


210 
 
so`zlashga  majbur  qilish  tillarini  harakatlantiradigan  va  ravon  qiladigan  tadbirlar 
sanaladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish