Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


    Urug’ning paydo bo`lish sababi



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

 


344 
 
Urug’ning paydo bo`lish sababi 
Erlik  urug’i  -  uchinchi  -  hazm  tamomlanib  oziq  a`zolarga  taqsimlanganda 
bo`ladigan  to’rtinchi  hazm  vaqtida  tomirlardan  sizib  o`tadigan  chiqindidan  iborat. 
Urug’  qo’yilganiga  ko`p  vaqt  bo`lmagan  tug’ma  rutubat  jumlasidan  bo`lib,  bu 
rutubatdan  venalar,  arteriyalar  va  boshqa  shular  kabi  asosiy  a`zolar  oziqlanadi. 
Ko`pincha,  bu  rutubatning  ko`pgina  qismi  endigina  to`rtinchi  hazmni  o`tkazib, 
tomirlarda  yoki  ularga  hamkor  a`zolarda    tarqalgan  holda  qoladi  va  ularning 
oziqlanishlari  uchun  xizmat  qiladi;  bu  a`zolar  uni  uncha  o`zgartirmay  iste`mol   
qiladi, natijada urug’   tomirlardan   ularga   o`tadi. Jolinus va boshqa tabiblarning 
fikricha, erkak va xotinning har ikkalasida ham urug’ bor: bularning har ikkalasini 
ham maniy deb aytilishi ismda umumiylik sababli emas, balki tom ma`noda muvofiq 
kelishlari sabablidir. Ikkala urug’dan har birida ham suvrat berish, ham suvratlanish 
quvvati  bor.  Lekin  erkak  urug’ida  tangrining  izni  bilan  suvrat  berish  manbai  kelib 
chiqadigan  quvvat  zo`rroqdir,  ayol  urug’ida  esa,  suvratlanish  manbaini  beruvchi 
quvvat  zo`rroqdir.  Erlik  urug’i  bachadon  mugiziga  to`kiladi,  keyin  uni  bachadon 
og’zi  qattiq  tortib  yutadi.  Lekin  ayol  urug’i  bachadon  ichkarisidan  idishlar  va 
tomirlar orqali urug’lanish  o`rniga to’kiladi;  Olim  va  faylasuflarga kelsak, ularning 
ta`limotlarini tekshirib chiqilsa, shu  narsa ma`lum bo`ldiki, erlik urug’i faqat suvrat 
berish manbai bo`lib, xotinlar urug’i o`ziga xos ishda suvratlanish manbaidir. Erlik 
urug’idagi  suvrat  beruvchi  quvvat,  biror  mone  bo`lmaganda,  o`zi  ajrab  chiqqan 
narsasiga o`xshatishga tirishadi, xotin urug’idagi suvratlanuvchi quvvat suvrat qabul 
qilishda  o`zi  ajralib  chiqqan  narsaga  o`xshatib qabul qilishga tirishadi. Maniy  so`zi 
umumiy  ravishda  ikkoviga  aytilsa,  bu  ismning  ikkoviga  umumiy  ekanligidan 
bo`ladi.  Agar  ikkovini  ichiga  oladigan  ma`no  topilmay,  u  narsa  maniy  deb  atalsa, 
unda  boshqacha  bo`ladi.  Agar  maniy  erlik  urug’i  ma`nosida  olinsa,  u  chog’da 
xotinning urug’i maniy bo’lmaydi. Haqiqatda ham, erkakning urug’i  issiq, quyuq va  
yetilgan  bo`ladi    xotinniki    esa  hayz  qoni  jinsidan  bo`lib,  ozgina  yetilgan,  bir  oz 


345 
 
o`zgargan va qonlikdan erlik urug’icha uzoqlashgan bo`lmaydi.  Shu  jihatdan buni 
qadimgi  faylasuf  hayz  kishi  deb  ataydi.  Faylasuflarning  aytishicha,  erkak  urug’i 
xotin urug’iga aralashganda o`z quvvati bilan ta`sir qiladi va bola gavdasining jismi 
barpo  bo`lishiga  bu  urug’  jismining  ko`p  dahli  yo`qdir,  chunki  bola  gavdasining 
barpo bo`lishi xotin urug’i va hayz qonidandir. Balki erlik urug’i bola ruhining jismi 
barpo bo`lishida ko`proq ish ko`rsatadi va erlik urug’i sutga ta`sir qiluvchi tomizgi 
kabidir.  
Xotin  urug’i  esa  bola  gavdasining  jismiga  asosdir.  Bulardan  har  biri  issiq, 
rutubatli  va  ichida  ruhi  bor  qonni  tug’diradigan  narsani  ko`paytiradi.  Bu  ikki 
ta`limotdan qaysi biri to`g’riligini bilish tabiat ilmiga havola qilinadi buni bilmaslik 
tabibga  zarar  keltirmaydi.  Buqrot  urug’  moddasining  ko`p  qismi  miyadan  quloq 
orqasidagi ikki tomir orqali tushadi degan ma`noda gapiradi; Shuning uchun bu ikki  
tomirdan qon olish naslni kesadi  va bola bo`lmaydigan qilib qo`yadi. Urug’ paydo 
qiluvchi qon sutsimon bo`ladi.  
Miyadan va unga o`xshaganlardan juda uzoqlashib ketmasligi uchun u ikki tomir 
orqa  miyaga  ulangan,  bunda  u  qonning  mizoji  o`zgarib,  uning  o`zi  ham  boshqa 
holatga  o`tadi;  balki bu tomirlar orqa  miyaga, so`ngra  buyrakka, keyin  moyaklarga 
keladigan  tomirlarga  qo`yadi.  Jolinus  bu  ikki  tomirni  kesish  naslsizlikka  sabab 
bo`lishi  yoki  bo`lmasligini  bilmaydi.  Garchi  urug’ning  tomizgisi  miyada  bo`lib, 
Buqrotning bu ikki tomir to`g’risida aytganlari to’g’ri bo`lsa ham mening fikrimcha, 
urug’ning yolg’iz miyadan kelishi shart emas. 
 Balki har bir boshqaruvchi a`zoda urug’ga tegishli bir manba bo`lishi va boshqa 
a`zolar  ham  shu    asosiy  a`zolarga  biron  ulush  berishlari  kerak.  Bu  bilan  nasliy 
o`xshashlik  hosil  bo`ladi,  shu    jihatdan  tugal  bo`lmagan  a`zodan      nuqsonli      a`zo   
tug’iladi. 


346 
 
Jinsiy  yetilish  bo`lib,  tomirlar  kengaymaganda  va  shahvat  qo`zg’alib,  yetilish 
to`liq  bo`lmaganda,  bu  narsalar  ham  bo’lmaydi.  Ba`zan  urug’ni  o`ziga  aralashgan 
yel haydaydi, bunda u  albatta yeldan oldin chiqadi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish