O`pkaning yallig’lanishi ( zoturria)
O`pka yallig’lanishi - o`pkada bo`ladigan issiq shishdan iborat bo`lib,
goho dastlabdanoq o`zi paydo bo`ladi, goho o`pkaga tushgan nazlalarning, yoki
o`pkaga qarab tarqalgan tomoq og’riqlarining, yoki o`pka yallig’lanishiga aylangan
zotiljamning ketidan keladi. Bu xil shishlar bemorni yetti kun ichida o`ldiradi; agar
tabiat moddani tuflab tashlatishga qodir bo`lsa, ko`proq vaqt u sil kasalligiga
yo`liqadi. O`pka yallig’lanishi har bir xiltdan kelib chiqadi, lekin ko`proq vaqt
258
balg’am xiltidan paydo bo`ladi. Chunki o`pka kovak a`zo bo`lib, unda suyuq xilt
kam to`xtaydi. Zotiljam esa uning aksi, ya`ni ko`pincha o`t xiltidan bo`ladi; chunki
plevra qalin po`stsimon pishiq bo`lib, unga faqatgina latif va o`tkir moddagina
o`tadi. Yana o`pka yallig’lanishi goho qon xiltidan va goho saramas jinsidan bo`ladi.
U o`zining o`tkirligi va yurakka yaqin turishi, hamda ichiladigan va qo`yib
bog’lanadigan dorining kam foyda qilishi sababli ko`proq o`limga olib keladi.
Chunki, ichilgan dori unga qarshi tura oladigan sovutish quvvatini saqlagan holda
yetib borolmaydi; qo`yib bog’lanadigan dori esa shishga qarshi tura oladigan
sovutish ta`sirini u a`zoga yetkaza olmaydi. O`pka yallig’lanishidagi shish , goho
shimiltirish orqali, goho yiringlanish bilan izsiz o`tib ketadi. U goho qattiqlashadi
va ko`pincha chiqiqlarga aylanadi; ba`zan esa faronitusga ko`chadi, bu kam bo`ladi
va kam uchraydi. Goho zotiljamda aytilganidek, o`pka yallig’lanishidan keyin
uvushish paydo bo`ladi, biroq bu narsa o`pka yallig’lanishidan keyin ko`proq
bo`ladi.
O`pka yallig’lanishida burunning qonashi zotiljamdagi burun qonashidek
foyda qilmaydi, chunki ikkalasining moddasi boshqa-boshqa, hamda burun qonashi
orqali moddaning o`pkadan tortilishi ko`krak-qorin pardasi, ko`krak pardalari va
mushaklaridan tortilishiga qaraganda uzoqroq bo`ladi.
Belgilari: o`tkir isitma, chunki bu ichki a`zoda bo`ladigan issiq shishdir,
nafasning bo`g’ayotgandek qilib qattiq qisilishi, shish sababli, hamda nafas
yo`llarining siqilganligidan nafas oluvchining turib nafas olishi, nafasining juda
issiqligi, sezuvchi pardaga o`ralgan, lekin o`z moddasi sezgisiz a`zoda moddaning
ko`pligi sababli seziladigan og’irlik va o`sha sababdan butun ko`krakning tortishuvi,
ko`krak va gavda chuquridan to ko`krak suyagi va orqa umurtqagacha cho`ziladigan
og’riq, goho esa shu og’riqning ikkala kurak o`rtasida sezilishidan iborat. Goho
kurak, o`mrov suyagi va emchak tagida hamisha yoki faqat yo`tal paytida lo`qillab
og’rish seziladi. Kasal yon tomoni bilan yota olmaydi, faqat orqasi bilan yotadi,
259
agar yon tomoni bilan yotsa bo`g’iladi. O`pka yallig’lanishiga uchragan kishining
tili oldin qizaradi, keyin qorayadi. Tili shunday bo`ladiki, qo’l tekkizsang, yopishadi,
tili yana qalinlashadi.
Ba`zan to`lishib tortishishda butun yuz hamkorlik qiladi; yuz ruhlarida
qizillik va ko`pchish paydo bo`ladi, chunki ular peshona kabi teridan iborat bo`lmay,
go`shtli va g’ovak bo`lganligidan ularga bug’ ko`tariladi. Ba`zan yuzdagi qizillik
kuchayib, bo`yalganga o`xshash bo`lib turadi. Ba`zan bug’ ko`tarilib, olov
lovillayotgandek seziladi. Isitmaning kuchliligi va yetkazgan zararining zo`rligidan
qattiq harsillash, hamda tez va yuqori nafas paydo bo`ladi. Kasalning ko`zlari salqib,
qiyinlik bilan harakat qiladi, tomirlari to`lishadi, qovoqlari og’irlashadi, bularning
sababi ham bug’dir. Muguz qatlami shishgancha, ko`z g’o`lagi o`ynab chiqqanga
o`xshash bo`lib turadi, unda yog’lilik va semizlik ko`rinadi, bo`yin ham
yo`g’onlashadi.
Ba`zan ho’l bug’ning ko`pligi sababli qattiq uyqu paydo bo`ladi, ba`zan
shu bilan birga ho’l va oyoqlar soviydi. Tomir urishiga kelsak, u to`lqinsimon
bo`ladi, chunki shish yumshoq a`zo, ya`ni o`pkada va moddada qo`ldir. To`lqinli
tomir urishi birgina yoyilishdagina notekis bo`ladi, ba`zan tomir urishi uzilib qoladi,
ba`zan birgina yoyilishda ikki zarbali bo`ladi, ayrim hollarda o`sha ikki zarba ko`p
yoyilishlarda ham bo`ladi. Goho ko`p yoyilishlarda tomir urishi to`xtalib qoladi.
Goho tomir urishida "tomir zarbalari o`rtasiga to`g’ri keladigan urish" voqe bo`ladi.
Bemorning tomir urishi ehtiyojning qattiqligidan va qurol a`zo o`pkaning
yumshoqligidan ko`proq vaqt katta bo`ladi, lekin quvvat juda kuchsiz bo`lsa, katta
bo`lmaydi. Tomir urishining ketma-ketligi esa isitmaga, ehtiyojga va quvvatning
tomir urishi kattalanishiga kifoya qilishiga qarab kuchayadi va kamayadi.
Buqrotning aytishicha, o`pka yallig’lanishiga uchragan kishilarning emchaklariga va
ularning yon-tevaraklariga chiqiqlar chiqib, oqma yaraga aylansa, ular bu darddan
tez tuzaladilar, pochada chiqiqlar paydo bo`lsa ham,u yaxshilik belgisi bo`ladi.
260
Ba`zi vaqtlarda o`pka yallig’lanishi zotiljamga ko`chganda, nafas qisishi
yengillashib, sanchiq paydo bo`ladi. O`pka yallig’lanishiga uchraganlarning ham
balg’amlari zotiljam kabi turli rangda bo`ladi; u ko`pincha shilliqli bo`ladi. Saramas
jinsidan bo`ladigan yoki o`shanga o`xshash o`pka yallig’lanishida nafas qisilishi va
ko`krakda seziladigan og’riq kam bo`ladi, lekin alangalanish g’oyat darajada
kuchayadi. O`pka yallig’lanishida yiringlanishga ko`chishning belgilari zotiljamning
shunday hollardagi belgilariga yaqin bo`ladi; ya`ni isitma va og’riq pasaymaydi va
modda balg’am yoki cho`kmali quyuq siydik, yoki axlat orqali deyarli chiqarib
tashlanmaydi. Shu belgilar bilan birga kasalning tinch va kuchliligi kuzatilsa, shish
yiringlanishga yoki zotiljamda aytilgan belgilarga ko`ra yuqori yoki quyi tomonda
bo`ladigan chiqiqqa ko`chayotgan bo`ladi. Agar bemorda quvvat va tinchlik
bo`lmasa, uning o`limi muqarrar. Kasalning tupugi chuchuklashsa, shish
yiringlangan bo`ladi. O`pka qirq kun ichida tozalanishi kerak, agar tozalanmasa,
kasallik uzoqqa cho`ziladi. O`pka yallig’lanishi uzoq vaqtga cho`zilsa,
oziqlantiruvchi quvvatning kuchsizligidan ikkala oyoqda, ayniqsa oyoq uchlarida
shish paydo qiladi. Agar modda qovuqqa borsa, sog’ayish umidi tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |