Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204
Bog'liq
dorivor

Turni saqlovchi quvvatlar 
Bu quvvatlar inson turini saqlaydi va ushbu vazifani o`z navbatida ikki 
quvvat orqali bajaradi: 
Turni saqlovchi quvvatlar 
 
Shakl beruvchi Shakllantiruvchi 
Moyaklarda Bachadonda 
Erkaklarda oziqlantiruvchi quvvat moyaklarni oziqlantirgandan keyin 
moyaklarda maniy shakllanadi va u yerda yetilib tuxumlarni urug’lantirishga 
layoqatli bo`ladi.
Ayollarda esa, ularning tuxumdonlaridagi tuxumlar sifat o`zgarishi
natijasida urug’lanishga layoqatli bo`lib bachadon sathiga tushadi va jinsiy aloqadan 


64 
so`ng erlik urug’i bilan qo`shiladi. Bu yerda maniy shakl beruvchi, tuxum esa 
shakllanuvchi vazifalarni o`tab tuxum urug’lanib sifat o`zgarishi natijasida homila 
shakllana boshlaydi.
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar 
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar ham jigarda joylashgan bo`lib, u xizmat 
qilinuvchi tabiiy, ya`ni oziqlantiruvchi quvvatga xizmat qiladi. U bajaradigan 
faoliyatiga qarab besh turga bo`linadi. 
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar 
Tortuvchi 
Ushlab 
 turuvchi 
Hazm 
 Qilish 
Ajratish 
Haydash 
Ovqat hazmining jigarda kechuvchi uchinchi bosqichi shu xizmat qiluvchi 
tabiiy quvvatlarning faoliyati bilan bog’liqdir: 
Tortuvchi quvvat ovqat hazmining ikkinchi bosqichida ichaklarda hosil 
bo`lgan ximusni masoriqo( ichak tutqichi) qon tomirlari orqali jigarga tortish 
vazifasini bajaradi va bu ishni o`zi turgan a`zodan birinchi tortilgan nozik tolalar 
yordamida amalga oshiradi.
Ushlab turuvchi quvvat- organizm uchun foydali bo`lgan moddalarni 
o`zgartiruvchi va ulardan ozuqa oluvchi quvvatning hukmi ostida ushlab turish 
vazifasini o`taydi.Ushbu vazifani o`zi joylashgan a`zodagi qiyshiq tolalar
yordamida bajaradi. 


65 
Hazm qiluvchi quvvat - jigardagi o`zgartiruvchi quvvat yordamida 
ximusning sifatini o`zgartirib, yangi mizojli ozuqa, xilt va kaymusni hosil qilish 
vazifasini bajaradi. 
Ajratuvchi quvvat- ximusdan hosil bo`lgan xilt, kaymus va hazm 
jarayonining chiqindilari bo`lgan suvlik moddalarni haydash quvvatiga tayyorlab 
berish uchun xizmat qiladi. Ya`ni, quyuq narsalarni suyultirish, suyuq narsalarni 
mo`tadil quyuq holatga keltirish, yopishqoq narsalarni parchalab yetiltirish, tabiiy 
qon va balg’am xiltini, yuqori kovak vena qon tomiriga, safro xiltini bir qismini 
ajratib o`t yo`llariga, savdoni esa jigar bilan taloq o`rtasidagi yo`lga va umuman
hazm jarayonida yaroqsiz chiqindilarni suvli ajratmalar sifatida ajratadi. 
Haydovchi quvvat- iste`mol mahsulotining hazm jarayonidan so`nggi hosil 
bo`lgan oraliq va oxirgi mahsulotlarni yuqorida ta`kidlangan maxsus yo`llarga 
haydalib borishini ta`minlaydi.
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlarni harakatlantiruvchisi va boshqaruvchisi
tabiiy ruh bo`lib, ularning vazifasini to`liq bajarish uchun to`rt kayfiyat, ya`ni 
issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho`llik xizmat qiladi.
Issiqlik xizmati beshala xizmat qiluvchi tabiiy quvvat uchun umumiy 
bo`lsada, lekin har bir quvvat uchun alohida ahamiyatga ega. Sovuqlik esa o`z zotiga 
ko`ra hamma quvvatlarga qarshi turadi, chunki hamma quvvatlarning ishlari harakat 
bilan bo`ladi. Sovuqlik kayfiyati bilan barcha harakatlarga qarshi xizmat qiladi.
Ho`llik va quruqlik kayfiyatlari barcha harakatlarga bevosita emas, balki bilvosita 
ta`sir qiladi. Quvvatlarning ishlari harakat bilan bo`ladi. Bu holat tortish va haydash 
ishlarida ravshan ko`rinadi. Hazm quyuq va qattiq bo`lgan narsalarni bo`laklarga 
ayirib, suyuq va yumshoq narsalarni qo`shish bilan tugal bo`ladi. Bu ishlar ajratish 
va aralashtirish harakatlari bilan amalga oshadi.
Tortish quvvatining o`z ishini tugal bajarishda issiqlik kayfiyatiga zarurati 
ko`proq, chunki issiqlik oziq moddalarni ko`proq tortishga yordam beradi.


66 
Quruqlik kayfiyati esa tortish quvvatiga harakat uchun lozim bo`lgan 
chidamlilikni zo`rayishini vujudga keltiradi.
Ushlab turuvchi quvvat o`z ishini tugal bajarishda sovuqlik va quruqlik 
kayfiyatlari xizmat qiladi: 
Sovuqlik ushlab turuvchi quvvatning ta`sirini saqlaydi. 
Quruqlik sifati moddani tutish uchundir, ya`ni ushlab turuvchi quvvatning o’z 
ishini tugal bajarishda quruqlik kayfiyatiga zarurati ko`proqdir. 
Hazm qiluvchi quvvat faoliyatida issiqlik va ho`llik kayfiyatlari xizmat qiladi. 
Issiqlik, ta`kidlaganimizdek barcha quvvatlarni harakatlantiruvchisidir. Ho`llik 
kayfiyati esa hazmda oziqni oqizish va uni shakl olishiga yordamlashadi. 
Ajratuvchi quvvat faoliyatida issiqlik, quruqlik va sovuqlik kayfiyatlari 
xizmat qiladi. Issiqlik hamma quvvatlarning harakatlantiruvchisi bo`lish bilan 
birga hazm mahsulotlarini ayrim - ayrim guruhlarga ajratadi. Ushbu vazifani 
bajarishda unga quruqlik bilan sovuqlik yordamlashadi. 
Haydash quvvatining faoliyatida ham issiqlik, quruqlik va sovuqlik 
kayfiyatlari xizmat qiladi. Issiqlik, yuqorida izohlaganimizdek barcha 
quvvatlarning harakatlantiruvchisi bo`lib xizmat qilsa, quruqlik bu quvvatga 
hazm ajralmalarini oz miqdorda quyultirish uchun xizmat qiladi. Sovuqlik esa, 
chiqindilarni haydashga yordam beradigan yellarni sovutib, quyultiradi va 
ko`ndalang siquvchi tolalarni to`dalab zichlashtiradi. Jigardan hazm 
bosqichidagi oxirgi mahsulotlarni o`ziga xos yo`llarga haydaydi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish