Jolinusning fikricha, odam gavdasining ahvoli uchtadir:
68
1) Sog’lik, inson gavdasining mizoji va tuzilishi shunday holatda bo`ladiki,
undan sodir bo`ladigan fe`l va ta`sirlar to`g’ri va sog’lom ravishda yuz beradi.
2) Kasallik, bu odam gavdasining yuqoridagi holatga teskari bo`lgan bir
holatidir.
3) Jolinusning fikricha, bo`lmagan bir holatdir, bu holatda to`la sog’lomlik yoki
to`la kasallik bo`lmaydi. Masalan, qari odamlar, kasallik sog’ayib borayotgan davr,
yoki bolalarning holatlari kabi.
Ba`zan, ushbu ahvol sog’lik va kasallikning birin ketin kelishidan paydo
bo`ladi. Masalan, shunday toifali kishilar borki, ular qishda sog’lom bo`lib, yozda
kasal bo`ladilar. Bu mavsumiy kasalliklarga xos holatdir.
Ibn Sino ta`limotiga asosan inson organizmiga ta`sir qilib, xastalikka sabab
bo`ladigan tashqi và ichki faktorlar mavjud:
1.Tashqi faktorlar: ob - havo, yil fasli, ichimlik suvlari, oziq-ovqat mahsulotlari.
2. Ichki faktorlar: emotsional holat, qo`rquv, quvonch, g’am – anduh, g’azab va
hokazolar.
Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar
Biz yuqorida bayon qilgan sog’lik, kasallik va sog’lik ham, kasallik ham
bo`lmagan hollarning sabablari uchtadir: oldin keluvchi sabab, tashqi sabab va
bog’lovchi sabab.
Oldin keluvchi va bog’lovchi sabablar organizmdagi xilt, mizoj yo tarkibga
tegishli bo`lgan umumiy sabablardir.
Tashqi sabab bu- tanadan tashqari narsalar, masalan, zarba, havoning
issiqligi, yoki sovuq ovqat kabilar....
Bog’lovchi sabablar bilan holat orasida hech qanday vosita bo`lmaydi.
Demak, oldin keluvchi sabablar gavdaga, ya`ni xilt, mizoj kabi tarkibga
tegishli sabablar birinchi bo`lmasdan, balki biror vosita orqali biror bir holatni
keltirib chiqaruvchi sabablardir. Bog’lovchi sabablar esa gavdaga tegishli sabab
69
bo`lib, vositasiz ravishda gavda holatlarini birinchi keltirib chiqaradigan sabablardir.
Tashqi sabablar birinchi bo`lib ham, birinchi bo`lmasdan ham, gavdaga xos, yoki
gavdaga xos bo`lmagan holatlarni keltirib chiqaradigan sabablardir.
Masalan: Oldin keluvchi sabablarga misol: - isitmani keltirib chiqarishda
xiltlarga to`lalik, kataraktani paydo qilishda ko`z tomirlarining to`lib ketganligi.
Bog’lovchi sabablarga misol: - isitmani paydo qilishda xiltlarning chirib
hidlanishi, ko`z tomirlarida tiqilma paydo qilishda ko`zning uzumsimon qatlamiga
rutubatning oqib tushishi, ko`rlikni keltirib chiqarishda - tiqilmaning paydo bo`lishi.
Tashqi sabablarga misol: - Quyoshning isitishi, kuchli harakat, haddan ziyod
ko`p uyqusizlik yoki sarimsoqqa o`xshagan o`tkir qizdiruvchi narsalarni yeyish
kabilar. Bularning hammasi isitmaga sababdir. Ko`z qorachig’ining kengayishiga va
kataraktaga jarohat sabab bo`ladi.
Gavdaga yetgan har bir sabab ta`sir ko`rsata olmaydi, balki yana 3 narsaga
muhtoj bo`ladi:
1.Ta`sir qiluvchi bir quvvatdan boshqa bir quvvatga o’tishi
2.Gavdaning nafsoniy quvvatidan bir quvvatga o`tishi
3.Quvvatlarning bir - biriga qarama-qarshi kelishi.
Sabablar keltirib chiqargan narsalariga nisbatan, turli hollarda bo`ladilar.
Ko`pincha sabab bitta bo`lsa ham, turli gavdalarda turlicha kasalliklarda yoki turli
vaqtlarda turli kasalliklarni keltirib chiqargan bo`ladi. Biror bir sabablarning ta`siri
kuchsiz va kuchli odamda, sezuvchan va kam sezuvchan odamda bir xil
bo`lavermaydi.
Sabablarning ba`zilari o`zlaridan keyin iz qoldiradi va ba`zilari iz
qoldirmaydi. Iz qoldiruvchi sabablar shunday sabablarki, ular ajralgandan keyin
ta`siri qoladi. Iz qoldirmaydigan sabab shunday sababki, uning ajralishi bilan
kasallik tuzalib qoladi.
70
Umuman, gavda hollarini o`zgartiruvchi va saqlovchi sabablar zaruriy yoki
zaruriy bo’lmagan jinslardan iborat. Zaruriy jinslar 6 xil bo`ladi:
1.Atrofimizni o`ragan havo
2. Iste`mol mahsulotlari
3.Harakat va harakatsizlik
4.Nafsoniy harakatlar
5.Uyqu va uyg’oqlik.
6.Bo`shalish va bo`shalmaslik.
Zaruriy bo’lmagan jinslar esa kishi tanasi bilan uchraydigan narsalardir -
havo bular jumlasiga kirmaydi, chunki u zaruriydir, masalan, hammomga tushish,
turli xil uqalashlar va boshqalar.
Odam tanasi bilan tashqi tomondan uchrashib ta`sir qiluvchi narsalar ikki
yo`l bilan ta`sir qiladi. 1) U narsalarning latif qismlari o`zlaridagi sizilish va o`tib
ketish quvvati bilan gavdadagi teshiklarga kirib ketadi, yoki a`zolar ularni tana
teshiklari orqali tortib oladi, yoki shu ikkala holat bir-biriga yordam beradi 2)
Ular gavda bilan hech bir aralashmasdan faqat uni o`zgartiradigan kayfiyatlari
bilangina ta`sir qiladilar, bu kayfiyat amalda bo`ladi, masalan, sovituvchi
surtmalar amalda sovutadi va isituvchi surtmalar amalda isitadi yoki qizdirib
qo`yiladigan narsalar amalda qizdiradi; yoki u kayfiyat quvvatda bo`ladi , lekin
tug’ma issiqlik unda ta`sir qiluvchi quvvatni qo`zg’atadi va uni amaldagiga
aylantiradi; ba`zan esa o`z xususiyati bilan ta`sir ko`rsatadi.
Badanga tekkanda o`zgartirib , yeganda o`zgartirmaydigan narsalarga
misol piyoz bo`lib, uni tashqaridan bog’laganda yara qilib, ichdan yara qilmaydi.
Buning teskarisicha ta`sir qiladigan narsalarga misol qo`rg’oshin upasi bo`ladi,
chunki u ichilsa, katta o`zgarish yasab, ustdan surtilganda hech qanday ta`sir
ko`rsatmaydi. Ba`zi bir narsalar ikkala tomondan ham ta`sir ko`rsatmaydi.
71
Ta`sir ko`rsatishlarning sababi quyidagi oltitaning biri bo`lishi mumkin,
birinchi sabab shuki, piyoz kabi narsalar gavdaning ichiga kirsalar, hazm qiluvchi
quvvat uni parchalashga va uning mizojini o`zgartirishga shoshiladi va unga o`z
ta`sirini ko`rsatib ichni yara qilish muddatigacha sog’lom qilmaydi. Ikkinchi sabab
shuki, ularning boshqa narsalar bilan aralashtirilgan holda yeyilishlaridir.
Uchinchi sabab, gavdadagi ovqat idishlarida ularning turli suyuqliklar bilan
ko`mib yuborilishi va kuchlarining sindirilishidan iborat. To`rtinchi sabab shuki,
unday narsalar gavda tashqarisida faqat bir joyda turadi, ichkarisida esa ko`chib
yuradi. Beshinchi sabab shuki - tashqari tomondan ular qattiq yopishadi, ammo
ichkaridan esa yopishmasdan faqat tegib turadi. Oltinchi sabab esa narsa gavda
ichkarisida paydo bo`lgandan keyin tabiiy quvvat uning tadbirini o`z qo`liga
oladi va u narsaning chiqindilari to`xtalib qolmasdan chiqarib tashlanadi,
yaxshilari esa qonga aylanadi.
Masalan, piyozni qo`rg’oshin upasidan farq qildiruvchi sabab shuki,
qo`rg’oshin upasining bo`laklari g’aliz bo`lib, tashqi tomondan badan teshiklariga
kira olmaydi va kirsalar ham ruh o`tadigan yo`llar va boshqaruvchi a`zolargacha
yetib borolmaydi, agar u yeyilsa, ish buning teskarisicha bo`ladi. Shuningdek,
qo`rg’oshin upasidagi zaharli tabiat bizdagi tug’ma issiqlikning unga nihoyatda
kuchli ta`sir qilganidan keyingina qo`zg’aladi. Bu xil ta`sir esa faqat tashqari
tomondan uchrashish bilangina hosil bo`lmaydi.
Odatda kasalliklarning ba`zilari sodda, ba`zilari esa murakkab bo`ladi.
Sodda kasalliklar - mizoj kasalligi navlari yoki tarkib buzilishi kasalliklari
turlaridan biri uchraydigan bir xil kasalliklardir.
Murakkab kasalliklar - ularda kasallik turlaridan ikki va undan ortig’i
to`planib, bir nechta kasallikni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |