Moxov kasalligi
Moxov kasalligi-savdoning butun badanda yoyilishidan paydo bo`ladigan yomon
bir illatdir
Moxov:
- a`zolar mizojini
-a`zolarning ko`rinishini
-a`zolar uzluksizligini buzadi
-hatto a`zolar yeyilib, yaralanish tufayli tushib ketadi
Moxov kasalligining eng birinchi ta`sir etuvchi sababi jigar mizojining juda issiq
va quruqlikka moyil bo`lib buzilishidir. Bunda qon kuyib savdoga aylanadi yoki
butun badan mizojining buzilishidir, ya`ni bu ikkala mizoj shu darajada buziladiki,
u tufayli qon sovib quyiladi.
Moxovning moddiy sababi esa, savdoni tug’diradigan ovqatlardir: balg’am
tug’diradigan ovqatlar ham, agar ularni iste`mol qilganda ustma-ust me`da buzilsa,
ularda harorat ta`sir qilib, suyuq qismini tarqatadi va quyug’idan savdo ko`payadi.
Moxov kasalligini keltirib chiqaruvchi yordamchi sabab: teri teshiklari to`silib,
tug’ma haroratning bo`g’ilishi va qonning sovib quyulishi, ayniqsa, taloqning qonni
torta olmaydigan va uni savdo xiltidan tozalashga quvvati yetmaydigan darajada
kuchsiz bo`lishidir.
Moxov avvalo, qo`l-oyoqlar va yumshoq a`zolardan boshlanadi, shu a`zolarning
mo`yi to`kilib, rangi o`zgaradi, ba`zan esa yaralanadi, so`ngra esa moxov butun
badanga yoyiladi.
Belgilari:
-badan rangi qoralikka moyil bo`lib qizaradi
-kuzda qizg’ish xiralik paydo bo`ladi
-nafas qisiladi
-o`pka va o`pka nayining zararlanishi tufayli tovush bo`g’iladi
378
-aksirish ko`payadi
-burun do`nqillab manqalanadi
-burunda tiqilma paydo bo`lib, hid sezmaydi
-mo’y siyraklashib kamayadi
-ko`krak va yuz atrofi terlaydi
-badan sassiq hidli bo`ladi
-tentaklik va kishilarni ko`rolmaslikdan iborat savdoyi xulq paydo bo`ladi
-savdoga tegishli tushlarni ko`p ko`radi.
Quvvatning zaiflashishi, haroratni so`ndirishga bo`lgan ehtiyojning kamligi
sababli, moxov kasalligiga uchragan kishining tomir urishi zaif bo`ladi, chunki
moxov sovuq mizojdan kelib chiqadigan kasallikdir.
Davolash
1.Kasallik og’irlashishidan oldin organizmni bo`shatish, tozalash tadbirini
qo`llash
2.Kasalga qon ko`pligi aniqlansa, uning ikkala qo’lidan bo`lsa ham tezda yetarli
darajada qon olish kerak. Tomirdan qon olingandan so`ng kasalga bir hafta dam
berish, keyin Abu Jahl tarvuzining etidan tayyorlangan iyoraj bilan bo`shatish lozim.
3.Ichishga: af `o ilonidan tayyorlanadigan kulchalardan elgil o`zidan hargal bir
misqoldan olib, yo 1 uqiya quyuq sharob yoki tilo sharobi ichiladi.
4.Bunday kasallarga beriladigan ovqatlar esa tezda hazm bo`ladigan yaxshi
kaymusli narsalar, masalan, ma`lum qush go`shtlarining qaynatma sho`rvasi va
go`shti yengil hazm bo`ladigan yangi baliqdir, bularga zarur dorilar qo`shib beriladi.
Baxak
- terida yuzaga kelib, terida chuqur botadi, lekin go`sht va suyakgacha
bormaydi. Oq peslik esa teri, go`sht va suyakgacha boradi.
Kasallik sababi: quvvatning zaifligi bo`lib, u ozuqani moslashtirib o`zgartira
olmaydi.
Ikki xil baxak farqlanadi:
379
-oq baxak
-qora baxak
Ikkala baxakda ham:
-modda suyuq
-haydovchi quvvat kuchliroq bo`lib u moddani teri yuzasiga haydaydi
Peslikda esa:
-modda quyuq
-haydovchi quvvat kuchsiz bo`lib, uning ta`sirisiz tufayli modda ichkarida
o`rnashib qoladi va ichkaridagi narsaning mizojini buzadi.
-o`zgartiruvchi quvvat o`rnashgan moddani moslashtirib o`zgartira olmaydi.
Izoh: modda o`rnashib olganda o`ziga kelayotgan ozuqani o`z tabiatiga
aylantiradi. Yaxshi mizoj buzuq moddani yaxshi va moslashgan moddaga
aylantiradi. Bu esa daraxtlar bir joydan boshqa joyga ko`chirilganda ularning mevasi
zaharlikdan yeyiladigan holatga va yeyish mumkin bo`ladigan holatdan zaharli
holatga o`tishiga o`xshaydi.
Jolinusning fikricha, Lobah deb nomlanadigan mashhur bo`lgan daraxtning
mevasi Eronda zaharli bo`lib, u Misrga ko`chirilgach uning mevasi yeyiladigan
bo`lgan. Shuningdek a`zolar moddalar uchun go`yo mamlakat bo`lib sanaladi.
Ikkala baxak o`rtasidagi farq shundaki:
-oq baxak – balg’am moddasi tufayli yuzaga keladi
-qora baxak -savdo moddasi tufayli yuzaga keladi
Qora peslik - oq peslikdan tubdan farq qiluvchi kasallik bo`lib, po`st
tashlaydigan temiratki deb ataladi. Bu temiratki juda dag’al, tangali bo`lib,
qichishish belgilari kuzatiladi.
Kasallikda teri xiltni o`ziga yondosh turgan jismdan ta`sir qilish darajasidan
ortiqroq ravishda suradi. Qora peslik oq peslikdan ko`ra bexavotirroq.
Oq va qora baxak, peslik, vazax belgilari:
380
-vazax ustida mo`y qora yo qizg’ish bo`lib o`sadi
-peslikda mo`ylar doim oq bo`lib o`sadi
-peslikda teri va pastroq va cho`kkanroq bo`ladi
-vazax teri sohasiga igna sanchilganda qon chiqadi.
-peslikda teri sohasiga igna sanchilganda qon chiqmaydi, balki suvsimon rutubat
chiqadi, ishqalanganda qizarsa, sog’ayishga umid degani va u baxak bo`lishi
mumkin.
-Qora peslikda po`st tashlash, terining tanga-tanga bo`lishi, sopolsimon bo`lishi
kuzatiladi.
-Qora peslikda teri dag’al yoki silliq bo`lishi mumkin.
-ikkala oq dog’ning silliq xili xavflidir.
-ikkala qora dog’ning silliq xili xavfsizdir, chunki u baxakdir.
-chuqur o`rnashib, qizarmaydigan va qonamaydigan juda keng joyni oladigan
qora peslikda sog’ayishga umid yo`q.
Davolash
Qora baxakda:
-dastlab, tomirdan qon olish
-kuygan xilt va savdoli xilt devpechak va daraxt po`kagi, qora xalila, chilpoya va
Rum rayhoni kabilarning qaynatmalariga mayiz va anjirni qo`shib ichirish orqali
bo`shatiladi
-goho yaxshi kaymusli ovqatlarni iste`mol qilish tavsiya etiladi.
-hammomga tushib turish buyuriladi
Izoh:
Agar bemorda talog’i kasallangan bo`lsa, bu a`zo savdoni tortishda zaiflashadi.
Shuning uchun ham biz taloqni tuzatish bilan shug’ullanishimiz lozim.
Taloq tuzatilgach, po`st ko`chirilib, bemorga kuchli tozalovchi va sog’lom qonni
tortuvchi dorilar buyuriladi.
381
Suvli qavarchiq terida paydo bo`lsa, teri tushib ketguncha bemorga dam beriladi.
Agar dori qavarchiq hosil qilmasdan terini achishtirsa, u bosilguncha dori olib
qo`yilib, so`ngra yana qo`yiladi.
Sog’lom qonni tortuvchi dorilar quyidagilardir:
Tog’ gazago’tining yelimi, murch, hardal, indov, yattu` suti, chakamug’, isiriq,
turp urug’i va kovul ildizining po`sti
Kuchli tozalovchi dorilar esa: tunbosh suvi va Abu Jahl tarvuzi qaynatmasidan
tayyorlangan suyuq surtma dorilardandir.
Qora baxakda qo`llaniladigan yaxshi surtma tarkibi:
-turp urug’i yetmak bilan qo`shib yanchiladi va hammomda surtiladi (baxak
sohasiga)
-turp urug’i xardal urug’i sirkada qaynatilgan anjir bilan qo`shiladi va surtiladi
Vazax va peslikni davolash:
-tomirdan qon olish va hammomga tushishdan saqlanish lozim
-sharob ichishdan ham saqlanish lozim
-agar badan toza bo`lsa, hammomda terlash foydali bo`lib, unda qusish tadbiri
ham qo`llaniladi.
-agar badan toza bo`lmasa, balg’amni bo`shatuvchi dorilar, so`ngra siydik
haydovchi va ichni suruvchi katta iyoraj (ayniqsa, tarkibiga Abu Jahl tarvuzi eti
qo`shilgan iyoraj) iste`mol qilinadi.
-iyorajlarni xalila, devpechak, chilpoya va mayiz yoki tuz qaynatmasiga solib
ichish yaxshi foyda qiladi.
-peslik hajmi kichik bo`lsa uni dog’lash kifoya.
-badan toza va badan mizoji mo`tadil bo`lsa ichiriladigan dorilar ichirilmaydi,
chunki bu dorilar biror ofatga sabab bo`lib, ko`p qon ketishga va ruhning
kamayishiga olib keladi. Bu ikki narsa davolashda eng zaruriy manbalardandir.
382
-peslik a`zoni davolashda peslikka xos suyuq surtmalardan foydalanish bilan
davo cheklanishi lozim
Vazax va peslikda doimo:
-yopishqoqligi kam, yog’siz, tez hazm bo`ladigan ovqat buyurilishi shart
-bemor sabzavotlar, halim va unga o`xshash ovqatlardan saqlanishi darkor
Vazax va peslikda qo`llaniladigan dorilarning ta`siri:
-tozalovchi
-toza qonni kuchli tortuvchi
-Shu a`zoni qattiq qizdiruvchi
-oxirida yara qilib po`st tashlattiradigan xususiyatga ega bo`lishi kerak
Peslikda dorilarning eng afzali bu :
Yaralantiradigan yoki suvli qavarchiq paydo qiladigan dorilardir, ya`ni ular
moddani oqizib, peslikni tuzatadi va o`sha sohaning o`z rangini qayta tiklaydi.
Peslikda qo`llaniladigan kuchli dorilar:
Tog’ mayizi, cho’l qovog’i ildizi, Gentiana ildizi, archa, sanavbar yelimi,
Ro’yan, zok, yashil zok, zangor, oltingugurt kabilar.
Peslikda qo`llaniladigan surtma dorilar:
-kirmdona va sirka
-oltingugurt va Nargiz piyozi
-tuxum yog’i, chayon o`t ildizi yaxshi foyda qiladi.
Vazax uchun yaxshi surtma dorilar:
-Nilufar ildizi, po`st tashlagan qora ilon qoni, quruq anjir bargi, qora andiz
kabilar.
Peslikda qo`llaniladigan suyuq dorilar:
-sirka, maxsar, sariq tunbosh suvi, dasht piyozi suvi, dengiz piyozi suvi, samsoq
suvi (ular qortiq izidan bo`lgan peslikda foydalaniladi) qora andiz shirasi va af `o
iloni etining sho`rvasi kabilar juda foydalidir.
383
Davoning oxirida peslikda quyidagi bo’yoqli dorilar tavsiya etiladi:
-sho`ra tuzi, murr, sharob quyqasi, qizil kesak, ro`yan, achchiqtosh kabilar
Yoki
-yong’oq po`sti, xina va o`sma kabilar o`z isbotini topgan buyoqdir.
Baxak, vazax va peslik xastaliklari bir-biriga o`xshash bo`lib, ular ma`lum bir
dalillarga asosan tashxislanib, to`g’ri davolansa ijobiy natijaga erishish imkoniyati
tabib uchun juda yuqori saviyada bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |