Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204
Bog'liq
dorivor

Qalampirmunchoq
- jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Ko`ngil aynish 
va qusishni oldini oladi.
Kashnichdan
tayyorlangan damlamalar o`t haydovchi, ovqatni yaxshi hazm 
qiluvchi, qayt qilishda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 


323 
Tog’ jambili
- Bakterosid, yallig’lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, ishtahani 
ochuvchi sifatida jigar kasalliklarida ishlatiladi. 
Zirk 
–o’simligidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar jigar kasalliklarida 
yuqori nafas kasalliklarida, oshqozon-ichak kasalliklarida ishlatiladi. Uning siydik 
haydovchi terlatuvchi ,og’riq qoldiruvchi, o’t haydovchi xususiyatlari bor. 
Yer qalampir ildizi
-tarkibida uglevodlar, efir moylari, mikroelementlar, 
alkaloidlar va vitamin C ko`p bo`ladi. Jigar kasalliklarida o’tni haydovchi, ishtahani 
ochuvchi, siydik haydovchi dorivor o`simlik sifatida ishlatiladi.
 
Jumro’t
- mevalari tarkibida ko`p miqdorida qand, organik kislotalar, limon 
kislotasi va vitaminlarga boy dorivor o`simlik. Jigar kasalliklarida quvvatlovchi,
moddalar almashinuvini yaxshilovchi, zararsizlantiruvchi xususiyatga ega.
6.4. § .O`t qopi kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash . 
O’t qopi anatomiyasi 
O’t qopi jigardan me`da tomoniga qarab osilgan xaltacha bo`lib, devori bir qavat 
va asablarga boydir. Uning jigarga qaragan og’zi va yo`li bor jigarga muvofiq 
keladigan suyuq xilt, ya`ni sariq o’t shu yo`ldan tortiladi. Bu yo`l jigarning o’ziga 
va qon vujudga keladigan tomirlarga tutashadi shu yerda uning jigar tanasiga botib 
kirgan anchagina shaxobchalari bor, vaholangki bu yo`ldagi asosiy tarmoqning 
kiradigan joyi jigarning chuqur tomonidadir. Uning yana boshqa og’zi va me`da 
ham ichaklar tomoniga boradigan kanali bor, shu kanaldan, safroning ortiqchasi 
me`da va ichaklarga yuborildi. Bu kanal shaxobchalarining ko`pi o’n ikki barmoqli 
ichakka borib tutashadi. Ba`zan kichkina bir tarmoq me`daning quyisiga tutashadi, 
goho ish aksincha bo`lib, yo’g’on tomirlarga tutashgan katta qismi me`da quyisiga 
yo’naladi, kichiklari o’n ikki barmoqli ichakka tutashadi. Ko`p kishilarda bu o’n ikki 
barmoqli ichakka tutashgan bitta yo`ldan iborat bo`ladi. O’tni surib oluvchi nayning 
o’t qopchasiga kirish yo`li, siydik pufagidagi nayning pufakka kirish yo`liga 
o’xshaydi. Qadimgi tabiblar siydik pufagini odatda "katta xalta" deb ataganlaridek, 


324 
o’t qopchasini "kichik xalta" deb ataganlar. O’t qopchasining yaratilishidagi manfaat 
jigarni ko`pikli chiqindidan tozalash, jigarni qozon tagidagi olov singari isitish, 
qonni latiflashtirish, chiqindilarni tarqatish, axlatni chiqishga qo’zgatish, ichaklarni 
tozalash va ularning tevaragidagi mushakni pishiqlashidan iboratdir. Ko`p 
kishilarning o’t qopchasida me`daga tomon yo`l yaratilmagan, yaratilganda 
ichaklardagi rutubat o’t bilan yuvilganidek, me`da rutubatlari ham yuvilar edi, bunga 
sabab shuki, me`da o’tdan aziyatlanib kishi behuzur bo`ladi, ovqatga yomon xilt 
aralashuvi sababli me`da hazmi buziladi. O’t qopchasiga arteriyadan va jigarga 
tutashib turadigan asablardan juda kichik ikkita shaxobcha keladi. O’t qopchasi 
siydik pufagiga o`xshash bir qavat bo`lib, uch turli toladan tuzilgan. 
O’t qopchasi o’tni tortmasa, yoki tortsa ham jigarni tozalab turmasa, turli ofatlar 
yuz beradi. Safro o’t qopchasidan yuqorida to’xtalib qolsa, jigarni shishiradi va sariq 
kasalligini paydo qiladi, ba`zan u sasib yomon isitmalarni keltirib chiqaradi. Agar o’t 
siydik a`zolariga juda ko`p oqib borsa, yara qiladi, biror boshqa a`zoga oqib borsa, 
saramas va nazla paydo qiladi. Agar butun badanga tarqalib o’rnashib qolsa va 
qo’zgalmasa, sariq kasalligini paydo qiladi. Agar o’t ichaklarga haddan tashqari ko`p 
oqsa, safroli ich ketish va ichak shilinishini keltirib chiqaradi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish