Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   204
Bog'liq
dorivor

Qimirlaydigan tish 
Goho tish yiqilish yoki urilish kabi tashqi sabab bilan qimirlaydi, goho tishni 
mahkam tutib turuvchi asabni bo’shashtiradigan rutubat sababli qimirlab qoladi, 
lekin tish to’laligicha qoladi va mo’rt bo’lmaydi. Goho tish o’sib chiqadigan 
joylarning yeyilishi sababli qimirlaydi. Yeyilish o’sha joylarni kengaytirib 
qo’yadi va tishni kichraytirib xipcha qilib qo’yadi. Yoki tish darz bo’lgan 
bo’laklarning sinib tushishi sababli qimirlaydi. Goho qimirlash quruq 
mizojlilikning zo’rayishi sababli bo’ladigan tish ozishidan bo’ladi. Masalan, 
shunday hol kasallikdan turgan kishilarda, keksalarda, ketma-ket och qolgan va 


230 
ovqat yetishmagan kishilarda yuz beradi. Goho milk etlarining yetishmasligi
sababli bo’ladi. 
Davolash.
chaynashdan saqlanish, kam so’zlash, o’sha tishlarga qo’l va tilni 
tegiza bermaslik kerak. Umuman chaynaladigan narsalarni mumkin bo’lganicha 
qo’yib turib, ichiladiganlariga o’tish kerak. Agar qimirlashga tishning yeyilishi 
sabab bo’lsa, yeyilishga qarshi davo qilinadi: burishtirib mahkam qiluvchi og’iz 
chayiladigan, ishqalanadigan va boshqa xil tish dorilari ishlatiladi. Agar 
qimirlashga tishning ozg’inligi sabab bo’lsa, ovqatlar bilan chora qilinadi. Biroq 
buni davolash qiyin. Keyin tishni qo’llovchi dorilardan yopishtiriladigan
ishqalanadigan va gul yog’i, tol yog’i va ituzum bargining shirasi kabi quloqqa 
tomiziladiganlari bilan, hatto burishtiruvchilari bilan davolanadi. Tish oriqlagan 
bo’lsa, ovqatlarning ta'siri bo’lmaydi ular tishlarni tezlik bilan semirtira 
olmaydi.Shu paytda burishtiruvchi sovuqlik narsalar bilan davolash kerak. Tish 
qimirlashi urilishdan paydo bo’lganda ham shunday tadbir qilinadi.Tish 
bo’shashtiruvchi rutubatdan qimirlasa, burishtirib qizdiruvchi dorilar bilan 
davolash kerak. Masalan, kunor va sarv daraxtining bargi qaynatilgan suv, yoki 
achchiqtosh uning yarmisiga tuz solib qaynatilgan mayiz sharobi, yoki Eron 
qavragi qaynatilgan suv bilan og’iz chayqaladi. 
Yopishtiriladigan dorilardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: ikki dirham 
achchiqtosh va bir dirham tuzni tishning tagiga yopishtiriladi. Yoki zaytun yog’i 
bilan birga mis to’polini, yana chuchukmiya va sarv po’stining har biridan to’rt 
dirham va achchiqtoshdan bir bo’lak olib yopishtiriladi. Yoki yulg’un 
daraxtining kuli va tuzdan barobar bo’lakni, yoki tog’ echkisining kuygan shoxi, 
asal bilan qorib kuydirilgan tuz va kuydirilgan xurmoning har biridan o’n 
dirham, murr, za'faron, sunbul va mastakining har biridan ikki bo’lak; quruq 
gazago’t, tatim va anor gulining har biridan uch bo’lak olib, shu tarkibdan tishga 
ishqalanadigan va yopishtiriladigan dorilar tayyorlanadi. Shuningdek sabr, sariq 


231 
zok va to’pol bilan aralashtirilgan burishtiruvchi narsalar ham ishlatiladi. 
To’poloq gul, xushbo’y sunbul, andaron tuzi, yulg’un bujuri va tog’ echkisi 
shoxining kuydirilganidan barobar bo’laklar olib tayyorlangan murakkab dori 
ham shu xil tishlarning qimirlashiga va boshqa kasalliklarga qarshi foyda qiladi. 
Milk etining yetishmasligi sababli bo’ladigan tish qimirlashi uchun Yaman 
achchiqtoshi, kuydirilgan ud cho’pi, to’poloq, anor guli va tatimdan dori qilib 
ishqalanadi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish