Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Tishlarning uvalanishi va sinishi



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204
Bog'liq
dorivor

Tishlarning uvalanishi va sinishi 
Ko’pincha bunga tish mizojining qo’lga aylanishi sabab bo’ladi.Tish mizoji 
goho juda quruq bo’lib ham qoladi. Ularning orasidagi ayirma tishning ozg’inligi 
yoki buning aksicha bo’lishligidir. Agar tishda rang o’zgarganlik yoki 
yeyilganlik belgisi bo’lsa, bu narsa moddali ho’l mizojga dalolat qiladi. 
Davolash.
Avvalgi hol ya'ni ho’l mizojda yuqorida eslatib o’tilgan kuchli 
burishtiruvchi dorilarni ishlatib, moddaga to’sqinlik qilish va tishni kuchaytirish 
bilan davolanadi. Achchiqtoshning bu bilan kuchli ta'siri bor. Agar dorilarning 
burishtirish bilan birga isituvchi bo’lishi kerak bo’lsa, asal bilan qorilgan qora 
xarbaqdan foydaliroq narsa yo’q. 
Agar tishning uvalanishi va sinishi mizoj quruqligidan bo’lsa unga yuqorida 
aytilgan quruq mizojga qilinadigan choralarni qo’llash lozim. 
 
Tish rangining o’zgarishi 
Bu narsa goho tish ustidagi emal rangining o’zgarishi sababli bo’lib, tishda 
chirk paydo bo’ladi va u ba'zan tishlar tagida toshga aylanadi va uni ko’chirish 
qiyin bo’ladi. Tish rangining o’zgarishi goho yomon modda sababli bo’ladi, u 
modda tishning moddasiga o’tib o’zgaradi va tish rangini buzib tutun va shunga 
o’xshash narsaning rangiga aylantiradi, lekin chirk bo’lmaydi. 
Davolash.
Birinchi holda tishni yaltiratuvchi va tozalovchi dorilar bilan, 
masalan: dengiz ko’pigi, tuz, yanchilgan indov, sadaf kuli, qamish ildizining 
kuli, yumaloq aristoloxiya, kuydirilgan arpa va yendaron tuzidan barobar 
bo’laklar olib tayyorlangan tarkib bilan davolanadi. Yoki kuydirilgan 
bo’yimodarondan bir bo’lak, murchdan bir bo’lak, amomdan uch bo’lak, 


234 
sodajdan ikki bo’lak va kuydirilgan gipsdan o’n bo’lak olib, yanchib ishlatiladi. 
Agar tish rangining o’zgarishi haddan tashqari bo’lsa, asalga qorilgan zangor 
bilan tozalanadi. Chin sopolining yoki shishaning yanchilgani, yoki mas, 
huquniyoning, yo qayroqtoshning, yo olmos toshining yanchilgani tishni darhol 
oqartiruvchi narsalardan sanaladi. 
Tish rangining ikkinchi xil o’zgarishini esa moddani eritib chiqaruvchi hamda 
tishni yaltiratuvchi dorilar bilan davolanadi. Masalan, murch, bog’ yalpizi, qust, 
yumaloq aristoloxiya va anguzani yuqorida aytilgan tozalovchi dorilar bilan 
aralashtirib ishlatiladi. Yana biz bu bobdan ilgari bayon qilgan tish dorilari ham 
ishlatiladi. Yaxshi tish dorilaridan biri mana bu: bir bo’lak aristoloxiya ildizi, 
ikki bo’lak kuydirilgan tog’ echkisi shoxi, uch bo’lak mastaki va besh bo’lak gul 
yog’ini qo’shib yanchib ishlatiladi. Yana boshqa dori: jilvirtosh, qovurilgan tuz 
va gulsapsarning har biridan to’rt bo’lak, to’poloqdan besh bo’lak, sunbuldan bir 
bo’lak va murchdan olti bo’lakni olib yanchib ishlatiladi. Yana boshqa dori: 
cho’g’dek qilib kuydirilgan tuzdan uch bo’lak, sodajdan ikki bo’lak, sunbuldan 
bir bo’lak; yana sadaf kulidan to’rt bo’lak, quruq guldan besh bo’lak,to’poloqdan 
uch bo’lak va qora chayir gulidan bir bo’lak olib ishlatiladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish