Ko`zning ahvolini aniqlash (mizojini):
1.Ko`zni ushlab ko`rish: issiq, sovuq, qattiq, quruq, yumshoq, namligi
2.Ko`zning holati: holat yengil bo`lsa issiq yo quruq, holat og’ir bo`lsa, sovuq
yo ho`llik
3.Ko`z tomirlari: yo`g’on, keng bo`lsa issiq, ingichka, urinmas bo`lsa sovuq, teri
ichi bo`sh bo`lsa quruq, teri ichi quruq bo`lsa ho`l (moddasi ko`p bo`ladi)
4.Ko`z tusi (rangi): Har bir rang qaysi xilt ko`pligini bildiradi. Qizil, sariq,
qo`rg’oshin rangli, qoramtir
5.Ko`zning shakli: yaxshi shakli-ko`zning kuchliligi, yomon shakli - ko`zning
kuchsizligini bildiradi
6.Ko`zning xos ishidan: ko`z bilinar-bilinmas narsalarni yaqin-uzoqdan bir xil
ko`rsa, ko`z mizoji kuchli va mo`tadil, mayda narsalarni yaqindan ko`rib uzoqdan
ko`ra olmagan ko`z kuchsiz.
7.Ko`zdan oqadigan narsaning holiga qarab: yiringlashmagan ko`z quruq,
yiringlashadigan ko`z ho’l mizojli.
8.Ko`zning ta`sirlanishiga qarab: ko`z issiqdan aziyatlanib, unga sovuqlik yoqsa
issiq, aksincha bo`lsa sovuq, haddan tashqari yaxshi ko`ruvchi ko`z haqiqiy mo`tadil
ko’zdir.
9.Ko`z katta-kichikligiga qarab ham ko`zning tabiiy mizoji baholanadi.
184
Ko`z kasalliklari
:
- moddadan bo`ladigan sodda va murakab kasalliklar yoki umumiy kasalliklar
- ko`z pirpirashi, yumilib-ochilib qolishi, yoki oqishi bilan kechuvchi o`tkir
kasalliklar
- bosh miya, uning sirtqi va ichki pardalari, me`da, ko`zga yaqin hamkorlik
qiluvchi a`zolardan yuzaga keluvchi hamkor kasalliklar.
Belgilari:
1) ko`zning miya hamkorligi bilan kasallanishi: miyaga zarar yetkazganlik
belgilari
-agar miyaning ichki pardalari orqali hamkorlik bo`lsa: ko`z chuqurligida og’riq
va lo`qqillovchi og’riq kuzatiladi. Modda issiq bo`lsa burun qichib, aksiradigan
bo`ladi.
Modda sovuq bo`lsa ko`zdan sovuq rutubat oqadi
-agar miyaning sirtqi pardalari orqali hamkorlik bo`lsa, peshona va sirtqi
tomirlarda tortishish, qovoqqa yondosh joyda zarar ko`proq bo`ladi.
2) me`da hamkorligi bilan bo`lsa:
-ko`zga turli xildagi yo`q narsalar ko`rinadi
-og’riq boshdan boshlanib 2 kift oralig’iga tarqaladi. Me`da ochligida bu belgilar
kam, to`liqligida ko`p bo`ladi
3) kasallik qon sababli bo`lsa: ko`z og’ir, qizil, yoshlanadi, shishadi, tomirlar
bo`rtadi, ikki chakka lo`qillashi, milklar yopishib qoladi, yiringlashi kuzatiladi,
ushlaganda issiq bo`ladi.
4) balg’am sababli bo`lsa: ko`z juda og’ir, biroz qo`rg’oshin tusli, milklar
yopishadi, yiringlashadi, qovoqlar salqiydi, ko`zning yoshlanishi kam kuzatiladi.
5) Safro sababli bo`lsa: sanchish, alangalanish, sovuqqa moyil qizillik yoki
suyuq o`tkir, ko`z milkining bir oz yopishishi, ushlaganda issiq tuyuladi
6) Savdo sababli bo`lsa: ko`z og’ir, rangi xira, milklar ham yopishqoq bo`ladi.
185
7) Moddasiz, sodda bo`lsa: ko`z og’ir emas, namsiz bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |