Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Za`faron - jigarni quvvatlovchi, o`t haydovchi, xushbo’y va noyob dorivor sifatida ishlatiladi.  Sachratqi



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204
Bog'liq
dorivor

Za`faron
- jigarni quvvatlovchi, o`t haydovchi, xushbo’y va noyob dorivor
sifatida ishlatiladi. 
Sachratqi
- o`simligi ildizining qaynatmasi ishtaha ochuvchi, ovqat hazm
qilishini yaxshilovchi ta`sir ko`rsatadi. Sachratqi va moychechak gullari
aralashmasidan tayyorlangan qaynatma jigar , taloq, buyrak va me`da
kasalliklarida o`t haydovchi, siydik haydovchi sifatida qo`llanilib kelinmoqda. 
Do`lananing
mevasi guli va bargi ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan ekstrakt 
va damlamalar jigar , o`t -tosh kasalliklarida, yurak faoliyatining funksional 
buzilishlarida davolash maqsadida ishlatiladi . 
Limono`t -
ko`p yillik yovvoyi o`simlik. Tarkibida vitamin- C, 0,33 % gacha 
efir moyi, 0,55 % gacha flavonoidlar, organik kislotalar, qand, 16,56 % gacha 
oshlovchi va boshqa moddalar bor. Limono`t bargi damlamasi jigar, oshqozon, 
yurak kasalliklarida, kamqon kasalliklarida, tomir tortishganda va boshqa hollarda 
og’riq qoldiruvchi hamda surgi dori sifatida ishlatiladi
Sabzi -
Vitaminlarga boy, jigarda uglevod almashinuvini va ovqat hazm 
bo`lishini yaxshilaydi yurak qon tomirlar faoliyatida nuqsonlar bo`lganda tomir 
devorlarini kengaytiruvchi, tinchlantiruvchi omillar sifatida ta`sir ko’rsatadi. Yurak 
atrofida, to’sh orqasida hosil bo`ladigan og’riq xurujlaridan holi qiladi. 


322 
Olmaning
tarkibida qand moddasi, turli xil kislotalar, C, B vitaminlar, organizm 
uchun zarur bo`lgan tuzlar ham bor. Yurak va jigar kasalliklarida kamqonlik va 
bundan tashqari oshqozon ichak yo`lini yallig’lanishida ham ishlatiladi
Sarsabil 
- Lolagulllar oilasiga mansub ko`p yillik o`simlik. O`simlikning 
ildizlari, poyasi, mevasidan foydalaniladi. U qimmatli sabzavot mahsuloti sifatida 
ham foydalaniladi. Uning tarkibida organizm uchun nihoyatda zarur bo`lgan lizin 
moddasi, A vitamin, B1, B2,B6,C, PP vitaminlari bor. Qon bosimini pasaytiradi, 
yurak va jigar faoliyatini uyg’unlashtiradi, periferik qon tomirlarini kengaytiradi 
O`rik
- Xalq tabobatida yurak, jigar, xafaqon, oshqozon- ichak kasalliklarida 
ishlatiladi. Uning tarkibida kaliy, vitaminlar, mikro va makro elementlarga boy.
Zira 
- Soyabonguldoshlar oilasiga mansub ko`p yillik xushbo’y o`simlik. 
Tarkibida ko`p miqdorda efir moylari bor. Ziraning suvi bilan yuz yuvilsa tiniq 
bo`ladi. Shuningdek zira qon to`xtatuvchi, jigar va yurak kasalliklarida qon 
aylanishini yaxshilovchi, ateroskleroz kasalligida xolesterin almashinuvini 
yaxshilovchi ta`sir ko`rsatadi. Uning yovvoyisi buyraklardagi toshni maydalaydi. 
Ichak og’riqlarida, qorin dam bo`lishida ham foyda qiladi 
Chakanda 
- Jiydaguldoshlar oilasiga mansub butasimon o`simlik. Chakanda 
mevalari va undan olinadigan moy xalq tabobati hamda ilmiy medisina amaliyotida 
qo`llaniladi. Chakanda mevasi tarkibida 8 % moy, 10,5 % gliserinlar, 10,4 % steorin 
kislotasi, B1,C, B2, E vitaminlari, folat kislota bor. Chakanda mevasidan ajratib 
olingan moy va sharbatlar jigar, yurak - qon tomir, revmatizm kasalliklarida 
qo`llaniladi 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish