Bavosir xastaligini tashxislashga misollar
:
1. Ko`p tomirli tutsimon tashqi ochiq bavosir.
2. Kam tomirli, tutsimon ichki yopiq bavosir.
3. Tashqi, tugunsiz yopiq bavosir.
Agar bavosir tugunchasi tut shaklida bo`lsa, u bo`sh va g’ayritabiiy qon xiltidan
paydo bo`lgan bo`ladi.
Inabi - uzumsimon bavosir yapaloq va dumaloq shaklli, arg’uvon rangli bo`lib,
ba`zida unga moyil bo`ladi, bu tabiiy qon va safro xiltining kuyib, g’ayri
tabiiy savdo xilti hosil bo`lgan qondan hosil bo`ladi.
Tini - anjirsimon bavosir, anjir, shaklida bo`lib, anjir mevasi bandiga o`xshab
bandga osilib turadi, rangi ko`kimtir bo`lib, g’ayritabiiy balg’am va savdo xiltli
qondan shakllanadi.
Tamri - xurmosimon bavosir, shakli xurmoga o`xshash bo`lib, rangi boyimjon
rangiga moyil bo`ladi va g’ayritabiiy savdo xiltli qondan hosil bo`ladi.
Sululi - so`galsimon bavosir, mayda so`gallarga o`xshaydi, bavosirni eng yomon
xili bo`lib asosan savdoviy qondan shakllanadi.
Bavosiri rehi - bavosirning tugunsiz ko`rinishi bo`lib, bunda naf Ichakichkarisida
na tashqarisida bavosir tugunlari aniqlanadi, Ichaksohasi arg’uvon rangida yoki
304
bo`lmasa ko`kimtir sarg’ish rangda bo`ladi. Bu bavosir safro xiltini kuyib g’ayri
tabiiy savdo xiltiga aylangan boddan hosil bo`ladi va bodli bavosir deyiladi.
Ichak bavosirlarining ko`rinishlari va ularning umumiy belgilari
-
Ichakning ochiq bavosiri.
- Ichakning yopiq bavosiri.
-
Ichakning bodli bavosiri.
Ichakning ochiq bavosiri belgilari
.
Ichakida ochiq bavosiri bor bemorlar ma`qadda simillovchi, kuydiruvchi,
sanchuvchi, achituvchi og’irlik sezuvchi va hokazo og’riqlarni, og’irlik, bir narsa
osilib yoki yopishib turganlik, Ichakva chov sohasida turli qichishlar, ich qotishlar,
qabziyat, qorinda shovqin paydo bo`lishi, qorinning dam bo`lishi, bemor o`tirib
turganda tizza bo`g’imlarida qisirlash tovushlarini eshitilishi, beldagi og’riq, bu
og’riqlarni tananing boshqa joylariga ko`chib turishiga ya`ni, biqinlarga, ikki kurak
o`rtasida, oshqozon va boshqa qorin a`zolari sohasida, shuningdek tohorat vaqtida
axlat bilan qon ajralishiga shikoyat qiladilar.
Bemorni ko`rganda uning teri rangi oqish-kulrang, sariq kulrang, qo`rg’oshin
hatto ba`zida boyimjon rangiga o`xshash bo`ladi. Nafas olishi og’ir, ularda havo
yetishmovchiligi, ba`zida yaqqol ko`zga tashlanadi.
Nabzi katta va qattiq bo`ladi. Siydigining rangi sariq-qoramtir, qizg’ish, ba`zida
baland binafsha - yozuv rangida bo`lishi kuzatiladi. Axlatni ko`rilganda, unda axlat
bilan aralashmagan qon yoki zardob borligi aniqlanadi.
Ichaksohasi ko`rilganda undan tashqariga chiqib turgan u yoki bu shakldagi
bavosir donalarini ko`ramiz.
Bavosir sababi qaysi g’ayritabiiy xiltdan ekanligini aniqlamoqchi bo`lsak, unda
torat boshida yoki oxirida bavosir tugunlaridan qatra-qatra tomayotgan qonni oq
305
matoga tomizib 1 soat davomida quritib, so`ngra yorug’ quyosh nurida tovlab
rangini o`rganib, xulosa qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |