Ichakning yopiq bavosiri belgilari
Ichakning yopiq bavosiri, bavosirning eng og’ir ko`rinishi bo`lib, ko`pchilik
holatlarda tabiblar uni tashxislay olmaydilar, chunonchi bemorlarda bu bavosir:
irqunnaso, niqris, bel og’rig’i, buyrak, oshqozon, ichak, qabziyat, qulanj, miozit,
sariq yaraqon, rabu, folij xastaliklarining belgilari bilan namoyon bo`lganligi
sababli noto`g’ri tashxis qo`yib davolaydilar.
Bu bavosirda uning tugunlaridan hech narsa oqmaydi, uning tugunlari
Ichakichkarisida yoki tashqarisida joylashgan bo`lib, bunda beldagi og’riq kuchli
bo`ladi, ich qotish-qabziyat, qorindagi og’riq, dam bo`lishlik, ochiq bavosirga
nisbatan shiddatliroq kechadi, bemor terisining rangi oqish-kulrang yoki
qo`rg’oshin rangida, hattoki ba`zilarida boyimjon rangiga o`xshab ketadi.
Nafas olish bularda ochiq bavosirga nisbatan og’ir kechadi. Bu bavosirda
bemorlarda ho’l va oyoqning kichik bo`g’inlari shishadi va harakat qilishi qiyin
bo`ladi. Ba`zida bu bemorlar tanasining hamma joyi shishadi va ularda ziqun nafas
ko`zga tashlanib, ularni bezovta qiladi. Bu xil bavosir tugunlarining aksariyati, tabiiy
safro xiltining kuyib savdo xiltli g’aliz qondan hosil bo`ladi. Shuning uchun ularda
og’riq kuchli bo`lib, ulardan qon oqmaydi. Bavosir bodi kichik bo`g’imlarga tarqalib
shishganlik va og’riqni beradi. Terining rangi bavosirni keltirib chiqaruvchi xilt
rangiga moyil bo`ladi.
Ichak bavosirini umumiy davolash qonuniyatlari
.
Ichak bavosirni boshqa tana xastaliklarini davolashdek maxsus qonuniyat
asosida bajariladi, aks holda qilingan xato tuzalmaydigan katta asoratlarga sabab
bo`lib, inson umriga zomin bo`lishi hech gap emas.
Ichak bavosirining umumiy davolash qonuniyatlari 3 bosqichda bajariladi.
306
Bavosirni, tanani davolashdan boshlab, uni yomon sifatli g’ayritabiiy savdo xiltli
qondan tanqiya qilish maqsadida:
1. Bemorning sofin, yoki boldir paylari o`rtasidagi tomiri yoki eng yaxshisi
mobiz tomirlarini fasd qilib, to bemor qaltirab, xafaqon boshlangunga qadar yoki
bo`lmasa qora rangli qon tiniqlashib qizil tusga kirguncha qon olinadi.
2. Yoki bo`lmasa ikki yonbosh o`rtasini tilib alangali qortiq solib, bavosirga
sabab bo`ladigan savdoviy xiltli qon olinib tana tanqiya qilinadi.
Ko`pgina Buxorolik tabiblar bavosiri bor bemorlarni hijomat qilib tanqiya
qiladilar. Bu uslub ko`pincha ichki bavosirni davolash uchun qo`llaniladi va
quyidagicha bajariladi: buning uchun bemor sajdaga bosh qo`yayotgan musulmon
holatini oladi, bemor ma`qadiga alangali qortiq qo`yiladi va uning yordamida
to`g’ri ichak tashqariga ag’darilib, bavosir tugunlari tashqariga chiqariladi va bavosir
tugunlarini o`rtasidan nashtar yordamida tilib tugunlar ochiladi va qoni oqiziladi.
Bavosir tugunlarini og’riqsiz ochish maqsadida cho`pda pishirilgan piyoz yoki
gandanoni sariqyog’ bilan aralashmasini oldin bavosir tugunlariga qo`yib, keyin
ularni ochiladi. Shuningdek, bavosir tugunlarini shishib ketmasligi uchun bemorni
qaynatilgan burishtiruvchi suvlarga o`tqaziladi. Bu suvlar quyidagicha tayyorlanadi:
mis idishda anor po`stini olib sirkada qaynatib pishiriladi va uning hajmicha issiq
suv qo`shib shu aralashmaga bemor o`tkaziladi, so`ngra bavosir tugunlari ochiladi.
Hajomat qilib bavosir tugunlaridan g’ayritabiiy savdo xiltli qonlar chiqariladi so`ng
jarohatga et undiruvchi malhamlar qo`yib davolaniladi.
3. Bavosirni tanqiya qilishda zuluk ham solinadi, buning uchun yosh chaqqon
sifatli zuluklarni tanlab olib, dum suyagi ustiga qo`yib qon olinadi, zuluk solish
asosan kuchsiz va qari kishilarda qo`llaniladi.
Bemorlarni tanqiya qilishda, uning umumiy qonuniyatlariga amal qilingan holda
bajariladi.
307
Agar bavosir sababi jigar va taloq o`rtasidagi nomutanosiblik sababli paydo
bo`lgan g’ayritabiiy savdoli qon bo`lsa, unda jigar va taloq o`rtasidagi
nomutanosiblikni davolab, so`ngra bavosir xastaligi davolaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |