208
sifatida yurak kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi. Ste-
roid saponinlar hamda steroid
alkaloidlar progesteron, kor-
tizon va boshqa steroid gormonlarni sintez qilishda ishlatiladi.
TARKIBIDA YURAK GLIKOZIDLARI (
KARDENOLIDLAR VA
BUFADIYENOLIDLAR)
BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Yurak glikozidlarining aglikonlari — geninlari bir, ikki, uch
va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil
qiladi. Bu glikozidlar, asosan, yurak muskullariga — kardioto-
nik ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki
kardiotonik
glikozidlar) deb ataladi.
Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan
bittasining hosilasi (unumi) bo‘lishi shart:
Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zoli
to‘yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo‘lsa,
kardenolidlar
(I), 6 a’zoli 2 marta to‘yinmagan lakton (kumalin) halqasi
bo‘lsa,
bufadiyenolidlar
(II) deb ataladi.
Steroid birikmalarga yurak glikozidlaridan tashqari, o‘simlik va
hayvonlar organizmida ko‘p uchraydigan moddalar: vitamin D,
ba’zi
saponinlar, sterinlar (fito-hamda zoosterinlar), o‘t kislota,
jinsiy organlarning gormonlari va boshqa birikmalar kiradi. Bu
birikmalarning asosiy skeleti siklopentanfenantren yadrosidan
iborat bo‘lsa-da, ular kimyoviy tuzilishi bilan bir-biridan katta
farq qiladi.
Yurakka, asosan, glikozidlarning geninlari ta’sir etadi. Qand
qismi ularning suvda erishini kuchaytiradi va yurak muskullarida
to‘planishiga yordam beradi. Bundan tashqari,
qand qismi
glikozidlarning organizmda shimilishi va ta’sirini tezlatadi hamda
uzoq cho‘zadi.
O‘simlikdan ajratib olingan toza yurak glikozidlari achchiq
mazali kristall holdagi birikma bo‘lib, suv va spirtda yaxshi,
boshqa organik erituvchilarda yomon eriydi yoki butunlay eri-
maydi.
Yurak glikozidlari o‘simliklar to‘qimalarida
sintezlanadi
hamda ular boshqa glikozidlar singari o‘simliklarning barcha
organlaridagi hujayra shirasida erigan holda uchraydi. Bu guruhga
kiradigan glikozidlar kendirdoshlar (Apocynaceae), sigirquy-
ruqdoshlar (Scrophulariaceae), lolaguldoshlar (piyozguldosh-
lar) (Liliaceae), ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), asklepiya-
doshlar (Asclepiadaceae), karamdoshlar (butguldoshlar) —
209
Brassicaceae (Craciferae), dukkakdoshlar (Fabaceae), jo‘ka-
doshlar (Tiliaceae), tutdoshlar (Moraceae), normushkdoshlar
(Celastraceae) va boshqa oilalar vakillari tarkibida topilgan.
Hozirgacha dunyo miqyosida o‘simliklardan 400
ga yaqin
yurak glikozidlari ajratib olingan. Ularning 380 tasi kardenolid-
larga, qolganlari esa bufadiyenolidlarga kiradi.
Ma’lum bo‘lgan yurak glikozidlarni tashkil etishda 136 ta
aglikon va 35 ta monosaxaridlar ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: